ISKANDAR MUNSHIY

ISKANDAR MUNSHIY

ISKANDAR MUNSHIY, Iskan darbek Turkman (1561/62 — 1634) — tarixchi, Eron shohi Abbos I ning munshiysi. Oliy devonda xizmat qilguniga qadar moliyaviy ishlar boʻyicha kichik amaldor, soʻngra devoni inshoda xizmat qilgan; 1587-y. boshida harbiy xizmatga lashkarnavis sifatida qabul qilingan va Abbos I ning harbiy yurishlarida qatnashgan. 1592/93 y. dan va-fot etguniga qadar shohning shaxsiy kotibi boʻlib xizmat kilgan. Iskandar Munshiyning «Tarixi olam oroyi Abbosiy» («Abbosiyning jahon ziynati tarixi», 1616—taxm. 1630) asari safaviylarnit Abbos I davridagi tarixining asosiy manbasi hisoblanadi. Unda Ozarbayjon tarixi, Abbos I ning harbiy islohotlari, safaviylar qoʻl ostidagi mamlakatlar (Gruziya, Kurdiston, Shirvon)dagi xalq harakatlari, shuningdek, Movarounnahrning 16-a. oxiridagi siyosiy ahvoli, Xorazm bilan Eron oʻrtasidagi siyosiy aloqalar va b. haqida muhim maʼlumotlar bor.

Ensiklopediya.uz
ISKANDAR MUNSHIY