ISHTIXON
ISHTIXON — Samarkand viloyati, Ishtixon tumanidats shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Samarkand sh. dan 68 km, yaqin t. y. stansiyasi — Katta-qoʻrgʻon (22 km). Aholisi 12,3 ming kishi (2001). Shaharda tuman hokimligi binosi, aloqa boʻlimi, 3 umumiy taʼlim maktabi, litsey, pedagogika va tibbiyot kollejlari, kutubxona, dehqon bo-zori, «Shahidlar» yodgorligi majmui, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor.
Ensiklopediya.uz
ISHTIXON