ISHSIZLAR TЕMIR DAFTARGA KIRITILADIMI. to’liq malumot oling
ISHSIZLAR TЕMIR DAFTARGA KIRITILADIMI.
⚡️SAVOL;
Men xechqayerda ishlamayman. Ikki nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Farzandlarim yosh bo‘lganligi sababli turmush o‘rtog‘im xam biror joyda ishlashga imkoniyati yo‘q. Moddiy tomonlama yetishmovchiliklar bo‘layotganligi sababli ish topib berishlarini so‘rab bir-necha marta mehnat organlariga murojaat qildim lekin menga mos keladigan ish bo‘lmaganligi sababli ishga xam kirolganim yo‘q. Hozirda temir daftarga kiritilgan oilalarga davlat tomonidan imtiyozlar berilayotgan ekan. Men ishsizligim sababli o‘sha temir daftarga kiritilishim mumkinmi. Mahalladan so‘rasam siz to‘g‘ri kelmaysiz dedi.
⚡️JAVOB;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.2021 yildagi 250-son qarorining birinchi ilovasida keltirilgan «Temir daftar»ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Vaqtinchalik tartib»ning 2-bobida qanday oilalar temir daftarga kiritilishi mumkinligi keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra, mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar xam ushbu daftarga kiritilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
✏️ Yuqoridagi asosga ko‘ra, Siz ehtiyojmand oilaning mehnatga layoqatli ishsiz a’zosi bo‘lganingiz uchun oilangiz temir daftarga kiritilishi kerak. Sizni to‘g‘ri kelmaysiz deb qaytarib yuborgan o‘sha bilog‘onlarga ko‘rating shu yozganlarimizni.
Yuridik
ISHSIZLAR TЕMIR DAFTARGA KIRITILADIMI.