ISHONTIRISH

ISHONTIRISH

ISHONTIRISH, suggestiya (tibbiyotda) — bemor (yoki gurux. bemorlar)ga uygʻoqlik yoki gipnoz xrlatida soʻz bilan taʼsir qilib, uni tasavvurlar, xattiharakatlar yordamida davolash. Bemorlarni Ishontirish oliy nerv faoli-yatining xususiyatlariga va ularning Ishontirish paytidagi holatiga bogʻliq (gipnoz holatida Ishontirish koʻproq taʼsir koʻrsatadi). Hissiyotga va taassurotga tez beriladigan yoki holdan toydiruvchi kasalliklar, intoksikatsiyalar (alkogolizm va b.) natijasida quvvatdan ketgan, oʻta charchagan kishilarni odatdagi sharo-itda koʻproq Ishontirish mumkin. Ishontirishning bevo-sita (mas, vrachning bemorga shu doridan tuzalib ketasiz) va bilvosita (mas, bemorning shu dorini ichsam yoki shu muolajani qabul qilsam tuzalib ketaman degan ishonchi) xillari bor. I. ning bevosita xili juda muhim, chunki bunda bemor shu dori darddan forigʻ qiladi deb oʻz-oʻzini astoydil ishontiradi. Tibbiyot amaliyotida oʻzoʻzini ishontirishning yomon (ayniqsa isterik nevrozlarda shu kasallik menda bor deb badgumon boʻlaverishi) va yaxshi (shu kasallikdan tuzalib ketaman deb ishonch va ixlos bilan karashi) tomonlari bor.

Ensiklopediya.uz
ISHONTIRISH