ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARI
ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARI — korxonadagi hali i. ch. jarayonlariga jalb etilmagan va ish oʻrniga yetib kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: I. ch. z. xom ashyo, asosiy va qoʻshimcha materiallar, yoqilgʻi, sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar, detallar, ehtiyot qismlar, asboblar va b. ishlab chiqarish vositalaridan ibo-rat boʻladi. Ishlab chiqarish zaxiralari ishlab chiqarish ja-rayonining uzluksiz kechishini taʼminlashga xizmat qiladi. Bunda ularning ortiqcha boʻlishi (i. ch. ga zarur boʻlmagan zaxiralar)ga ham yoʻl qoʻymaslik zarur. Ishlab chiqarish zaxiralari natural koʻrsatkichlar (ogʻirlik, hajm, dona, oʻlcham,) da aniqlanadi. Uning hajmi korxonada muayyan davr (kun, oy, kvartal, yil) uchun belgilanadi.
Ensiklopediya.uz
ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARI