ISH KUNI
ISH KUNI — sutkaning maʼlum qismida ishchi, xizmatchining korxonada mehnat qiladigan, i. ch. faoliyatida band boʻladigan vakti. 18-a. oxirida koʻp mamlakatlarda Ish kuni 16—17, 1-jahon urushi arafasida 10—12 soatni tashkil etgan. 1919-y. xalqaro miqyosda 8 soatlik Ish kuni joriy etish haqida Vashingtonda rasmiy ravishda kelishib olindi. Oʻzbekistonda hamma ishchi va xizmatchilar uchun 6 kunlik ish haftasida 7 soat, 5 kunlik ish haftasida 8 soat I. k., kon sanoatida va yer osti ishlarida yetakchi kasbdagi ishchilar va b. uchun 6 soatlik Ish kuni joriy etilgan. Oʻsmirlar uchun (15 yoshdan 16 yoshgacha) 4 soatlik Ish kuni, voyaga yetmaganlar (16 yoshdan 18 yoshgacha) uchun 6 soatlik Ish kuni belgilangan. Hozir sanoatda ish haftasi 40 soat. Ish kunining asta-sekin qisqarishi va boʻsh vaqtnpt koʻpaya borishi hoz. taraqqiyotning muhim qonuniyatlarvdan biridir.
Ensiklopediya.uz
ISH KUNI