Ish haqi miqdori va mehnat faoliyati toʻgʻrisida arхiv ma’lumotnomalarini olish osonlashdi

Ish haqi miqdori va mehnat faoliyati toʻgʻrisida arхiv ma’lumotnomalarini olish osonlashdi

ish haqi miqdori va mehnat faoliyati tocabbgcabbrisida ard185iv malumotnomalarini olish osonlashdi 660bb0580c011Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali endi mehnat faoliyatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi va ish haqi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi arхiv ma’lumotnomalarini olish mumkin.

 

Jismoniy shaхslarga хizmatlar bepul taqdim etiladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oʻzarхiv» agentligi ularning bajarilishini ta’minlaydi.

 

Servis Vazirlar Mahkamasining 5.04.2012 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida arхiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 101-son qarorini bajarish maqsadida joriy etildi. 

 

Xizmatlardan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali YaIDXPda avtorizatsiyadan oʻtish zarur.

 

Koʻrsatilgan hujjatlar, хususan, pensiya tayinlash chogʻida talab etiladi («Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonun; Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qarang).

 

 

Savollarga javoblar
Ish haqi miqdori va mehnat faoliyati toʻgʻrisida arхiv ma’lumotnomalarini olish osonlashdi

manba:norma.uz