​Ish beruvchi va xodim o’rtasida tuzluq bo’lmaydi

​Ish beruvchi va xodim o’rtasida tuzluq bo’lmaydi

​Ish beruvchi va xodim o'rtasida tuzluq bo'lmaydi

Achtung! Post po’lniy subyektiv fikrlardan tashkil topgan.Tadbirkorlar xodimlardan doim jon kuydirib, o’zlarini shu loyihani egasidek tutib ishlashlarini kutishadi. Ayniqsa kompaniya endi oyoqqa turayotgan paytda. Tabiiyki yosh kompaniyada xodim kamroq oylikka ishlab turishi qulayroq, kompaniyani muammolari hammaga: tadbirkorga ham xodimlarga ham taqsimlanadi.

Ho’p hammasi yaxshi, qachonki, kompaniya o’zini tutib tura oladigan kun kelganda foydani, huquqlarni taqsimlash uchun kechagi — ma’suliyatlarni taqsimlashga ishlatilgan tarozi ishlatilsa.

Lekin ba’zi tadbirkorlarni bizneslarida «Mani majburiyatim bu sani majburiyating, mani foydam bu mani foydam» falsafasi doimo hukm surib kelaveradi.

Yaqinda bir tadbirkorni gapini o’qib qoldim, boshqa kompaniyaga ikki baravar ko’proq oylik taklif qilgan joyga ketib qolgan shogirddan noliyapti, uning fikricha bunday shogirdlarni ko’tiga tepib haydash kerak ekan, ketgan shogird pulga o’chlikda ayblanyapti hullas.


Unga kimdir ikki baravar oylik taklif qildimi, demak u kadrni kompaniyaga qo’shayotgan hissasini bozor shunday narxlayapti. Buyoqda bo’lsa shuni teng yarmi to’lanyotgan edi u kadrga. Buni qarab turib men pulga o’ch deb boshqa tarafni aytgan bo’lardim.
Shunaqa holatlarda yana ba’zi tadbirkorlar tuz yegan tuzlig’iga tupurib ketti deb qo’yadi. Xodim qandaydir qiymat qo’shadi kompaniyani mahsuloti yoki xizmatiga. Shuning uchun unga haq to’lanadi. U tadbirkordan birodarlarcha qo’llab turishini so’ramagan.
Tuzluq ota-o’g’il, aka-uka, amaki/tog’a-jiyan o’rtasida bo’ladi. Tuzluq hech qanday manfaat ko’zlanmasdan qilinadigan yordam.
O’zi shundog’am kapitalizmda xodimlar qo’shayotgan qiymatiga yarasha haq olishmaydi. Shu holiga endi bu gaplar ortiqcha. Bizda bizneslar o’o’o’o’ anavi yerda noto’g’ri yo’lga ketib qolgan.
Qadriyat, oliy maqsaddan gapirish uchun tadbirkor avvaliga kompaniyasida maoshni munosib hisoblashi, to’g’ri boshqaruvni yo’lga qo’yib qo’yishi kerak. Bo’lmasa u eng asosiy foydani olib chiqib ketayotgan joyida balandparvoz gaplar o’zini hurmatiniyu, xodimlarni shashtini tushirgani qoladi.
Biz kapitalizmda yashayabmiz, pul baxtni kafolatlamasa ham pulsizlik baxtsizlikni kafolatlay oladi.To’g’ri KPI qo’yib (o’zbekchasiga aytsak ishbay) pul bilan xodimni motivatsiyasini boshqarish kompaniyani o’ziga ham yaxshi.

Manba:

Boshqalar
​Ish beruvchi va xodim o’rtasida tuzluq bo’lmaydi