ISFAHONIY
ISFAHONIY, Abdulfaraj Ali ibn alhusayn ibn Muhammad al-Qurayshiy alkotib al-Isfahoniy (897, Isfahon — 967, Bagʻdod) — arab mu-siqashunosi, shoiri va olimi. Ray viloyati hokimining kotibi, shahar qo-zisi, keyinchalik Halib sh. da abbosiy amirlardan Sayfuddavla saroyida no-dim boʻlib xizmat qilgan. Turli ilm sohalari boʻyicha 30 ga yaqin asar muallifi, bulardan yettitasi bevosita mu-siqaga bagʻishlangan. Falsafaga oid «Tolibiylar qatli kitobi» asari bizgacha saqlanib nashr qilingan. Bundan tashqari, mashhur arab shoir va adiblari Abu Tammom, Buxturiy va Abu Nuvoslarning asarlarini toʻplab, mukammal devon tuzgan.
Ensiklopediya.uz
ISFAHONIY