ISAYEV Aleksey Mixaylovich
ISAYEV Aleksey Mixaylovich [1908.1 1. (24).10, Peterburg — 1971.25.6, Moskva] — rus konstruktori, aviatsiya va raketa dvigatellari mutaxassisi, Moskva konchilik in-tini tugatgan (1932). Yirik qurilish va loyihalash tashkilotlarida, aviatsiya sanoatida ishlagan, 1944-y. dan konstruktorlik byurosining bosh konstruktori. Isayev suyuqlikli raketa dvigateli oʻrnatilgan birinchi rus samolyotini yaratishda qatnashgan, raketa dvigatellari ishlab chiqish bilan shugullangan. Isayev raxabrligida raketalar va kosmik texnika uchun dvigatellar yaratildi. «Vostok», «Vosxod», «Soyuz» va b. kosmik kemalarga shun-day dvigatellar oʻrnatilgan.
Ensiklopediya.uz
ISAYEV Aleksey Mixaylovich