ISAAKIY SOBORI
ISAAKIY SOBORI — SanktPeterburgdagi meʼmoriy yodgorlik. Shaharning bosh ibodatxonasi. Soʻnggi rus klassitsizmining yirik namunasi. Rus meʼmori (asli fransuz) A. A. Monferran loyihasi asosida qurilgan (1818 — 58). Keyinchalik maxsus meʼmorlar (V. P. Stasov, A. A. Mixaylov) ishtirokidatakomiliga yetkazilgan. Umumiy tarhi — 111,5×67,6 m, gumbaz diametri 21,83 m. 4 tomonidan hashamatli 8 qoʻngʻiroqhboʻrtma naqshlar ishlangan (haykaltaroshlar I. P. Vitali, A. V. Loganovskiy, P. K. Klodt va b.). Ichki xonalar koshin, rassomlik sanʼati asarlari b-n bezatilgan (rassomlar K. P. Bryullov, F. A. Bruni, P. V. Basin va b.). Yodgorlik shaxar ansamblining muhim tarkibiy qismi. Avliyo Isaakiy Dalmatskiy nomi b-n atalgan. 1931-y. dan muzey.
Ensiklopediya.uz
ISAAKIY SOBORI