ISʼHOQOVA

ISʼHOQOVA

ISʼHOQOVA Malohat (1925.15.1, Mar-gʻilon) — oʻzbek raqqosasi, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Yangiyoʻl teatrida (1942—49), Muqimiy teatrida (1949—54) yakka raqqosa. Andijon teatrida raqqosa va bosh baletmeyster (1954 — 80; 1989-y. dan). 1980—84 y. lar Andijon viloyat filarmoniyasining direktori. Usta Olim Komilov, M. Turgʻunboyeva, I. Oqilov, R. Karimova va b. dan raqs sirlarini oʻrgangan. Ijodining shakllanishiga M. Turgʻunboyevaning raqs yoʻli katta taʼsir koʻrsatgan. Raqslari nafis va nazokatli, shodon va mardonavorligi bilan ajralib turadi. «Tanavor», «Munojot», «Siynaxiroj», «Goʻzal tong», «Nay navosi», «Gulruh», buxorocha, tojikcha, xorazmcha, hindcha va b. raqslarni mahorat b-n ijro etgan. «Aziz va Sanam», «Nurxon», «Vatan ishqi», «Nodira», «Ravshan va Zul-xumor» kabi spektakllarning raqslarini sahnalashtirgan. Andijon vilo-yatida «Qirq qiz», «Andijon samosi», «Baxt», «Yoshlik» ashula va raqs ansambllari, Andijon sh. 2madaniyat uyi qoshidagi «Maqomchilar» xalq ansamblining tashkilotchisi.

Ensiklopediya.uz
ISʼHOQOVA