ISʼHOQ SHAYX MASJIDI
ISʼHOQ SHAYX MASJIDI — Naman gandagi meʼmoriy yodgorlik. Isʼhoq Shayx mablagʻiga, uning rahbarligida qurilgan (1912—14). Masjid toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (24,0×25,6 m), 5 ustunli xonaqoh (18,10×13,60 m), 19 ustunli ayvon hamda jan. da biri gumbaz tomli, ikkinchisi tekis tomli kichik xonalardan iborat. Xonaqohning ichki devorlari har xil oʻlchamdagi boʻlaklarga boʻlinib, ular orasi oʻyma va qirma uslubidagi turli naqshlar bilan toʻldirilgan. Isʼhoq Shayx Masjidi 19—20-a. larga xos Fargʻona milliy meʼmorlik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan yodgorliklardan.
Ensiklopediya.uz
ISʼHOQ SHAYX MASJIDI