IRRATSIONAL SONLAR

IRRATSIONAL SONLAR

IRRATSIONAL SONLAR — ratsionalmas, yaʼni kasr bilan anik, ifodalab boʻlmaydigan sonlar. Irratsional sonlar davriymas cheksiz oʻnli kasrlar bilan ifodalanadi. Irratsional nisbatlarning mavjudligi (mas, kvadrat diagonalining tomoniga nisbati) qadim zamonlarda ham maʼlum boʻlgan. «Ix.» atamasi birinchi marta 16-a. da paydo boʻlgan. Ammo izchil Irratsional sonlar nazariyani 19-a. 2-yarmida nemis matematigi R. Dedekind va b. olimlar ishlab chiqqan (q. Sonlar).

Ensiklopediya.uz
IRRATSIONAL SONLAR