Iroq Respublikasi

Iroq Respublikasi
iroq respublikasi 65cb12105ee88

photo 2020 12 16 22 45 26

Iroq Respublikasi

DO`STLARGA ULASHING:

Rasmiy nomi — Iroq Respublikasi (Al-Jumxuriya al Iroqiya). Poytaxti — Bag’dod. Hudu­di – 435,1 ming km.kv. Aholisi – 28,2 mln kishidan ortiq (2012). Rasmiy tili — arab. Dini — islom (95%), xristianlar (3%). Pul birligi- iroq dinori.
Geografik joylashuvi va tabiati. Iroq Osiyoning janubi g‘arbiy qismida joylashgan davlat. Shimolda Turkiya, janubda Saudiya Arabiston va Quvayt, g‘arbda — Iordaniya va Suriya, sharqda Eron bilan chegaradosh. Mamlakatning janubiy sohillari Fors qo‘ltig‘i bilan tutashgan. Mamlakatning shimoliy qis­mi-Al-Jazra Arman tog’liklari va Turkiya bilan chegaradosh hududlarda joylashgan. Bu hududning eng baland nuqtasi — 2135 m. Dajla va Frot daryolari oralig‘ida keng vodiy yastanib yotadi. Frotning g‘arbiy tarafidan vodiy Suriya cho‘llariga tutashib ketgan.
Iqlimi-kontinental. Mamlakatning markaziy qismida xurmo va terak daraxtlari o‘sadi. Iroqning katta qismini chalacho‘l va cho‘llarga o’tib boruvchi tekisliklar egallagan. Tog‘li hududlarda ignabargli butalar bor. Iroq hayvonot dunyosi.

Iroq Respublikasi