Iroda va sabot-matonat haqida to’liq malumot oling
Har qaysimiz o‘z shaxsimizning qadr-qimmatini o‘zimiz zarb qilamiz, inson o‘z irodasiga qarab buyuk yoki jo‘n bo‘ladi.
S. SMAYLS
Faqat halol va beg‘araz faoliyatdagina insoniy fazilatlar uchun shart-sharoit mujassam, faqat iroda kuchidagina tanlagan sohamizdagi muvaffaqiyatlarimizga shart-sharoit mavjud.
V. G. BELINSKIY
Hech narsa o‘z-o‘zidan, harakat va irodasiz, qurbon va mehnatsiz yuzaga chiqmagtdi. Insoniy iroda, birgina qat’iy odam irodasi ham shu qadar buyukki…
A. I. GERSEN
Agar inson irodasi sof, maqsad sari fidokorona yo‘nalgan va o‘zida okean quyunini mujassamlashtira olgan bo‘lsa, unday iroda ko‘p narsaga qodir, u dahshatli kuchga ega, unga deyarli chegara yo‘q.
A. I. GERSEN
Insondagi nafsoniyat, o‘zini qaror toptirish uchun sarflangan iroda taqdir ezib tashlamasligi uchun qarshilik ko‘rsatishida unga kuch-quvvat beradi.
E. TELMAN
Iroda odamzodning farqli belgisidir, faqat aqlgina irodani boshqarish uchun abadiy qoidadir.
F. ShILLER
Voqealar oqimi bizning dadil irodamizga va harakatimizga bog‘liq.
G. UELLS
Jiddiy, teran, haqiqiy iroda ong avvalo maqsadga erishishga ishonch tasavvuri bilan uyg‘unlikda ifodalanadi.
I. GYoTE
Bizning shaxsimiz bog‘, irodamiz esa uning bog‘bonidir.
V, ShEKSPIR
Aql iroda yo‘lini yoritadi, iroda esa faoliyatni idora qiladi.
Ya. KOMENSKIY
Iroda yo‘q joyda yo‘l ham yo‘q.
B. ShOU
Fikrning ishga aylanishi iroda emasmi!
A. A. BESTUJEV-MARLINSKIY
Iroda iste’dodga nisbatan ko‘proq iftixor qnlsa arziydi va shunday bo‘lishi kerak. Agar iste’dod — tabiiy moyilliklarning o‘sib-ulg‘ayishi bo‘lsa, qat’iy iroda esa — bu iroda itoat ettirib, bostirib turadigan ko‘nikmalar, havaslar ustidan, u yengib o‘tadigan to‘siq va g‘ovlar ustidan, u qahramonona bartaraf qiladigan har qanday qiyinchiliklar ustidan har bir daqiqada qo‘lga kiritiladigan g‘alabadir.
O. BALZAK
Dadillik va iroda tufayli ko‘p hollarda aqli zaifroq odamlar aqllilar ustidan g‘olib chiqa oladilar.
U. VERT
To‘g‘ri xulq odam bilim yetishmasligiga qaraganda iroda yetishmasligidan ko‘proq azob chekadi.
G. SPENSER
Shunday odamlar borki, ular umidsizlangan yoki asabiylashgan holda, o‘z ahvollaridan zavqlanadilar, hatto faxrlanadilar. Bu seni pastga olib ketayotgan ot jilovini qo‘yib yuborib, yana uni qamchilashing bilan baravardir.
L. N. TOLSTOY
O‘zyamizni o‘zimizga oqlab ko‘rsatish uchui biz ko‘n hollarda o‘zimizni maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmaganday qilib ishontiramiz, aslida biz kuchsiz emas, irodasizmiz.
F. LAROShFUKO
Bizda irodaga qaraganda kuch ko‘p, biz aksari hollarda o‘zimizni o‘zimizga begunoh ko‘rsatish maqsadida ko‘p narsalarni o‘zimizning imkoniyatlarimizdan, xoli deb hisoblaymiz.
F. LAROShFUKO
Irodali kishi uchun hech qanday qiyin ish yo‘q.
ERAZM ROTTERDAMSKIY
Iechog‘li metin bo‘lmasin, dunyoda inson irodasi va tafakkuriga qarshi tura oladigan devor yo‘q.
J. AMADU
Sroda kishi qiyofasi bilan qo‘shilgan holda insonni amalda to‘g‘ri ifodalaydi.
A. V. LUNAChARSKIY
Qaysar odatni yenga olgan irodadan go‘zalroq hech narsa yo‘q.
R. ROLLAN
O‘z ustingdan qozongan g‘alabang eng buyuk g‘alabadir.
P. KALDERON
O‘z ustingdan qozongan galaba shunday bir yagona tantanaki — undagi muvaffaqiyat beminnatdir.
F. ShERIDAN
Hech narsani hal qilmaydigan iroda haqiqiy iroda emas; irodasiz odam hech qachon bir qarorga kelolmaydi.
G. GEGEL
Kurashda matonatli kishilar yutib chiqadi.
K. N. BESTUJEVRYuMIN
Qat’iyatsiz odam hech qachon o‘ziga-o‘zi xo‘jayinlik qilolmaydi.
U. FOSTER
Hamma narsani tavakkalchilikka tashlab qo‘ygan kishi o‘z hayotini qimorga aylantiradi.
T. FULLER
O‘zini tuta bilgan odam hammadan kuchlidir.
SENEKA
Tayinsiz va irodasiz odam rulsiz va kompassiz kemaga o‘xshaydi, u shamol esishiga qarab yo‘nalishini o‘zgartiraveradi.
S. SMAYLS
Ehtiyotkor bo‘ling va sovuqqonlikni saqlang. Xuddi otashin qalb singari o‘zini tuta biladigan bosh ham kerak.
J. LEBBOK
Qat’iy iroda yetishmagan odamda aql ham yetishmaydi.
V. ShEKSPIR
Irodasiz kimsalar qo‘rqoqlardir, modomiki qo‘rqoq ekan — demak, u ojiz.
I. P. PAVLOV
Kuchli iroda, bu faqat nimadir xohlab, unga erishishgina emas, balki zarur bo‘lganda nimadandir voz kechishga o‘zini majbur qila bilish hamdir. Iroda, bu shunchaki istak va uning qondirilishi emas, balki u ham istak, ham qanoat, kerak bo‘lsa, undan voz kechish hamdir.
A. S. MAKARENKO
Boshqalarni ko‘p narsada kechir, o‘zingni esa hech narsada kechirma.
PUBLILIY SIR
Hissiyot va aql iroda uchun zarurdir, zero, men faqat ular orqali nima xohlashim yoki xohlamasligim kerakligini, men nima qilishim yoki qilmasligim lozimligini bilib olaman.
L. FEYERBAX
Iroda faqat arzimas narsalarga, faqat qandaydir ma’nosiz narsalarga osilib oladigan bo‘lsa, u qaysarlikka aylanadi. Qaysarlik xarakter mohiyatiga emas, faqat uning tashqi shakliga egadir. Qaysarda — ya’ni xarakterga parodiyada — inson shaxsi nafrat tug‘diradi, qaysarlik kishining boshqalar bilan munosabatiga to‘siqlik qiladi.
G. GEGEL
Qaysarlik aqlimizning chegaralanganligi oqibatida yuzaga kelgan: biz fikrimiz doirasiga sig‘maydigap narsaga uncha ishonmayroq qaraymiz.
F. LAROShFUKO
Qat’iyat aql va iroda ittifoqi asosidagi kuchdir. Qaysarlik kuchga o‘xshab ko‘rinsa-da, asli, ojizlikdir; ojizlik iroda va aql ittifoqidagi mutanosiblikning yo‘qligidan kelib chiqadi.
V. A. JUKOVSKIY
Qat’iyatlilik aql jasoratidir, u ongli dadillikni taqozo etadi. Qaysarlik esa, aksincha, o‘z ixtiyorini yo‘qotish degan gap.
F. VOLTER
Tirishqoqlik bilan qaysarlik o‘rtasidagi farq shundan iboratki, tirishqoqlik kuchli xohishga asoslangan bo‘lsa, qaysarlik, aksincha, hech nimani xohlamaslikdan kelib chiqadi.
G. BIShER
Qaysarning eng yaxshi e’tirozlari yo‘lda yotgan toshlar bilan baravar: ularni oyoq bilan tepib yuboradilar va ustidan hatlab o‘tib ketadilar.
P. BUAST
Qaysarlik aqli qisqalik, nodonlik va o‘zbilarmonlik samarasidir.
F. LAROShFUKO
Qaysarlik — ahmoqlarning niqobi.
Ya. B. KNYaJNIN
Mushaklarimiz singari irodamiz ham muttasil kuchayib borayotgan faoliyatimiz tufayli mustahkamlanadi; mashq qildirmasangiz, siz so‘zsiz nimjon mushak va ojiz irodaga ega bo‘lasiz.
K. D. UShINSKIY
Aql to‘siqlarni yengib o‘tishda charxlanadi.
R. ROLLAN
Qiyinchiliklar kishida ularni yengish uchun zarur qobiliyat tug‘diradi.
U. FILLIPS
Irodasini kuchaytirish niyatidagi kishi to‘siqlarni yengib o‘tishga odatlanishi lozim.
I. P. PAVLOV
Hayotimiz — yashash davomida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengishga ketgan kuchimizning qiymatiga teng.
F. MORIAK
Yengil erishilgan galabalarning qadri bo‘lmaydi. Mashaqqatli kurash natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilangina faxrlansa arziydi.
G. BIShER
O‘zingga, o‘z kuchingga ishonch hosil qila borishing kerak, bunday ishonchga esa to‘siqlarni yengib o‘tish, irodani tarbiyalash, uni «mashq qildirish» tufayli erishiladi. O‘zingdagi va o‘zingdan tashqaridagi o‘tmishning yaramas sarqitlarini yenganga o‘rganishing zarur… O‘z ustingdan qozongan kichik bir g‘alabang ham kuchingga kuch qo‘shadi.
M. GORKIY
O‘z badanini mashq qildirish orqali odam chidamli, epchil bo‘la boradi, shu singari o‘z aqlingni, irodangni ham mashq qildira borishing kerak.
M. GORKIY
Ruhiy sog‘lomlik,bardamlik, aql va irodaning ijodiy kuchiga ishonch bizga hammadan ham ko‘ra zarurroqdir.
M. GORKIY
O‘zingdagi iroda sustligining eng mayda belgilari — injiqlikni, sirkasi suv ko‘tarmaslik, jizzakilikni, yig‘loqilikni, g‘ayritabiiy man-manlikni bartaraf qil. Ana shu ururlardan individualizm unib chiqadi.
V. A. SUXOMLINSKIY
O‘zingni o‘zingga bo‘ysundi-rishni, o‘z ustingdan hokimlik qilishni bolalik chogingdan o‘rgan. Senga yoqmaydigan, ammo bajarilishi zarur bo‘lgan ishlarni qilishga o‘zingni majburla. Burchdorlik irodaning bosh manbaidir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Irodasiz kishi har qanday muttaham qo‘lida o‘yinchoqdir.
N. K. KRUPSKAYa
ziyouz.uz
Hikmatli so’zlar
Iroda va sabot-matonat haqida