IQTISODIYOT

IQTISODIYOT

IQTISODIYOT — 1) kishilar tomonidan mehnatni qoʻllagan holda inson uchun zaruriy boʻlgan neʼmatlar, hayot sharoitlari va vositalarini yaratish orqali tirikchilikni taʼminlash, ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladigan xoʻjalik, vositalar, obyektlar, jarayonlar majmui. Ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot, isteʼmol sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni qamraydi; 2) muayyan mamlakatning milliy xalq xoʻjaligi yoki uning bir tarmogʻi (transport I. i, qishloq xoʻjaligi I. i va b.); 3) xoʻjalikning u yoki bu tarmogʻini, mintaqa xoʻjaligini, i. ch. ni tashkil etish usullari va shakllarini, shuningdek, i. ch. ni boshqarishni oʻrganadigan iqtisodiyot fanlari (sanoat I. i, savdo I. i va b.).

Ensiklopediya.uz
IQTISODIYOT