IQTISODIYOT INSTITUTI
IQTISODIYOT INSTITUTI, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot instituti — Oʻzbekistonda iqtisodiy tadqiqotlar olib boradigan yirik ilmiy markaz. 1943-y. 3 noyab. da Oʻzbekiston FAning Iqti-sodiy tadqiqotlar byurosi negizida tashkil etilgan. Toshkent sh. da joylashgan. In-tda 5 boʻlim bor (oʻtish davri iqtisodiyotining umumiy nazariya-si; investitsiyalar samaradorligi muammolari; tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy ragʻbatlantirish muammolari; oʻtish davri iqtisodiyotining ijtimoiy muammolari; iqtisodiy integratsiya muammolari) (2002). Dastlabki yillarda 2 sektor va 2 boʻlim boʻlib, respublika miqyosida tarixiy-iqtisodiy tadqiqotlar olib borilgan. 50-y. larda respublika iqti-sodiy r-nlarining iqtisodiy maj-mualari muammolari, xalq xoʻjaligi tarmoqlari, sanoat va q. x. sohalarini rivojlantirish masalalari, sanoat iqtisodiyoti, mehnat resurslari hamda mehnat iqtisodiyotiga oid ilmiy ishlar olib borildi. 60-y. lardan boshlab in-tda yirik ilmiy yoʻnalishlar va maktablar shakllandi: Oʻzbekiston iqtisodiyotining 20-a. ning 20-y. lardan keyingi davrda rivojlanishi va Osiyo xamda Afrika mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolari (O. B. Jamolov); xoʻjalik mexanizmini takomillashtirish, xom ashyo resurslarini qayta ishlash samaradorligi, iqtisodiy integratsiya masalalari (I. I. Iskandarov); investitsiyalar samaradorligi, tabiiy-texni-ka fanlari yutuqlarini joriy qilish samaradorligi, Oʻzbekiston iqtisodiyo-tining jahon iqtisodiy tizimiga qoʻshilishi muammolari (O. Hikmatov); aholi va mehnat resurslari muammolari (R. A. Ubaydullayeva); i. ch. ni hududiy tashkil qilish metodologiyasi (K. N. Bedrinsev), Oʻzbekiston iqtisodiyoti tarixi, sanoat majmuining shakllanishi va rivojlanishi muammolari (O. M. Aminov) oʻrganildi. In-t faoli-yati O. M. Aminov, K. N. Bedrinsev, O. B. Jamolov, S. K. Ziyodullayev, I. I. Iskandarov, K. I. Lapkin, R. A. Ubaydullayeva, O. Hikmatov va b. olimlar nomlari bilan bogʻliq.
Ensiklopediya.uz
IQTISODIYOT INSTITUTI