IQTISODIY TARAQQIYOT MODELI

IQTISODIY TARAQQIYOT MODELI

IQTISODIY TARAQQIYOT MODELI (frans. modele — oʻlchov, namuna) — mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish va rivojlantirishning strategiyasi, maqsadlari, umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui. Iqtisodiy taraqqiyot modeli tushunchasi 20-a. ning 50-y. larida paydo boʻldi. Bu davrga kelib koʻpchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar oʻz mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yoʻliga oʻtgan edilar. Bu vaqtda asosiy 3 yirik taraqqiyot yoʻli boʻlishi mumkinligi haqidagi qarashlar bor edi [(kapitalistik, so-sialistik va sotsialistik yoʻnalish (oriyentatsiya)]. 20-a. oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qatʼiy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yoʻllari (modellar) ancha keng koʻlam va maq-sadga egaligi, ulardan birini tanlashda xar bir mamlakat oʻz ichki shartsharoitlaridan kelib chiqmogʻi zarurligi maʼlum boʻldi. Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar Iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiyiqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yoʻli deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi, huquqiy, maʼ-muriy hamda xoʻjalik mexanizmlari orqali boshqariladi. Bunday munosabatlarning subyekti mulk egalari, xoʻjalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tar-moklar hisoblanadi. Albatta, Iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy meʼyorlar oʻz taʼsirini maʼlum dara-jada oʻtkazadi.

Ensiklopediya.uz
IQTISODIY TARAQQIYOT MODELI