Iqro kitob do’koni

Iqro kitob do’koni

Карта рақами: 8600 0604 3217 5447 (Турсунов М).
Нархи: 80 000 сўм
Манзил: Олмазор тумани, Фаробий кўчаси, “QAMAR” китоблар дўкони
Мўлжал: “Тўхтабой ота” масжиди.
Тел: +998946063540
Телеграм:@Faqir_91

Iqro kitob do’koni

“Qamar” китоблар дўкони сиз азиз ҳаридорлар учун яна бир чегирмани эълон қилади. Эндиликда Туркияда чоп этилган, 17/24 ўлчамли 120 000 сўмлик Қуръони Каримни 80 000 сўмдан сотиб олишингиз мумкин. Мусҳафнинг турли рангдаги кўриниши мавжуд.

Яқинларингизга, Қуръони Карим ўқий оладигану, сотиб олишга имкони йўқ бўлган толиби илмлар учун олиб беринг, масжидларимизга Аллоҳ учун вақф қилинг, ўтган яқинларимизнинг номидан садақаи жория қилинг, эҳтиёжи борларга Қуръони Каримга қалби ошно бўлган кўнгилли инсонларга ҳадя қилинг. Аллоҳ ажрингизни кўпайтириб берсин.

Харидлар нақт пул ва пул кўчириш (Сlick, PayMe) йўллари орқали амалга оширилади.

Карта рақами: 8600 0604 3217 5447 (Турсунов М).
Нархи: 80 000 сўм
Манзил: Олмазор тумани, Фаробий кўчаси, “QAMAR” китоблар дўкони
Мўлжал: “Тўхтабой ота” масжиди.
Тел: +998946063540
Телеграм:@Faqir_91

Тошкент (шаҳар ичида)етказиб бериш:
(Хизмат 10 000 сўм)
+998997971618

Iqro kitob do’koni

Holati Amalda Ro’yxatdan o’tkazildi 12.07.2021 Muddati tugashi 04.02.2031 Transliteratsiya, o’zbek/ingliz tilida IQRO KITOBLAR DO’KONI Transliteratsiya, rus tilida ИҚРО китоблар дўкони Tovar belgisi Bog’lanish uchun manzil Buxoro shahar M.Iqbol ko’chasi (Karavan restorani oldida) 998919252722

Patent egasi

Nomi “GOLDEN BOOKS DILSHODBEK” mas’uliyati cheklangan jamiyati Manzili Buxoro shahar M.Iqbol ko’chasi (Karavan restorani oldida) 998919252722 Turi Yuridik shaxs

Talabnoma beruvchi

Nomi “GOLDEN BOOKS DILSHODBEK” mas’uliyati cheklangan jamiyati Manzili Buxoro shahar M.Iqbol ko’chasi (Karavan restorani oldida) 998919252722

Eslatma: Yuqorida keltirilgan ma’lumot 06.03.2023 kun uchun aktual. Eng so’nggi ma’lumotlarni ima.uz saytidan olishingiz mumkin

Eslatma: Saytda berilgan barcha ma’lumotlar norasmiy. Rasmiy ma’lumotlarni tegishli davlat tashkilotlari saytlaridan olishingiz mumkin

Diniy adabiyotlar

Qadimdanoq diniy adabiyotlar qimmatli bilim manbayi bo‘lib kelgan. Muqaddas bitiklar badiiy romanlar va hikoyalardan ancha oldin yuzaga kelgan. Bugungi kunda ham diniy yo‘nalishdagi kitoblar ruhiy va axloqiy kamolot manbayi hisoblanadi. Ular turmushdagi qiyinchiliklarni yengishda madad beradi. Ruhoniylar og‘ir hayotiy vaziyatlarda muqaddas bitiklarga murojaat etishni maslahat berishlari bejiz emas. Ulardan donishmandlik va xotirjamlik topish mumkin. Dinga oid har qanday kitob dunyoga yangicha nigoh tashlashga yordam beradi.

O‘zbekistondagi e’tiqodlar haqida qisqacha

Aksariyat davlatlarning dunyoviy yo‘nalishda ekaniga va texnologik taraqqiyotga qaramasdan, mamlakat hayotida din muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Aholining katta qismi islomga e’tiqod qiladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat ahlining 89 foizi musulmonlardir. Har bir iymonli kishi Qur’on xarid qilishdan iftixor tuyadi. Ushbu islomiy kitob ko‘pincha ajdodlardan avlodlarga qoldiriladi. Ammo O‘zbekistonda boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham yashaydi. Mamlakat aholisining taxminan 4 foizi pravoslav mazhabidagi nasroniylar hisoblanadi. Bular asosan immigrantlar – ruslar, ukrainlar, beloruslardir. Yana 3 foizi esa lyuteranlar, baptistlar, yettinchi kun adventistlari, katoliklar va boshqalardir. Aholining juda kam qismi yahudiylik va buddizmga e’tiqod qiladi.

O‘zbekiston bozorida turli dinlar va mazhablar haqida turfa kitoblar taqdim etilgan. Biroq hamisha ham shunday bo‘lmagan: sho‘rolar tuzumida e’tiqod ta’qib ostida bo‘lgan. Ko‘plab muqaddas qadamjolar buzilgan edi. Pravoslav va islom adabiyoti kamyob edi, chunki ko‘pincha badiiy asarlar chop etilardi. Bu borada vaziyat 1950-yillardan keyin o‘zgara boshlagan. Ibodatgohlar qurilgan va ta’mirlangan, yangi diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan, pravoslav hamda islomiy kitoblar nashr etilgan va hokazo.

Butun dunyodan kelgan diniy adabiyotlar Asaxiy internet-do‘konida

Asaxiy katalogida taqdim etilgan dinga oid kitoblarni bir nechta toifaga bo‘lish mumkin:

  • Islomiy adabiyot – bosh muqaddas matn Qur’oni karim hisoblanadi. U musulmonlar aqidasi va huquqining asosiy g‘oyalarini o‘z ichiga olgan. Islomning asosiy kitobi 114 ta suradan iborat. Ulardan ayrimlari yirik, ba’zilari esa atigi bir nechta oyatdan tashkil topgan. Islomdagi ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi adabiyot – Hadislar hisoblanadi. Unda payg‘ambar Muhammad (S.A.V) haqidagi naqllar aks etgan. Islomiy bitiklarning asosiy tili – arabcha. Biroq boshqa tillardagi islomiy adabiyotlarni ham topish mumkin.
  • Nasroniy adabiyoti – O‘zbekistonda uning bir nechta konfessiyalari rasman ro‘yxatdan o‘tgan: pravoslav, katolik, lyuteranlik va boshqalar. Mazkur e’tiqodning bosh bilim manbayi – Bibliya. Mazkur to‘plam Qadimiy Ahd hamda Yangi Ahd qismlaridan tashkil topgan.
  • Buddizm adabiyoti – O‘zbekistonda mazkur dinning bittagina tashkiloti ro‘yxatdan o‘tgan. Uning asosiy muqaddas bitigi esa Tripitaka hisoblanadi.
  • Iudaizm adabiyoti – mazkur e’tiqod egalari uchun bosh diniy adabiyot Tanah hisoblanadi. Mazkur bitikni yahudiylar Bibliyasi deb ham atashadi. U uchta bo‘limdan iborat – Tavrot, Neviim va Ktuvim. Mazmuniga ko‘ra ko‘p jihatdan nasroniylarning Qadimiy Ahd kitoblari bilan bir xil.

Din haqidagi kitoblarning boshqa tasniflari

Umuman olganda, dinlarga oid adabiyotlarni klassik hamda bolalar kitoblariga ajratish mumkin. Masalan, pravoslavlik bilan tanishuv bolalar Bibliyasidan boshlanadi. Unda syujetlar maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan. Bu kabi nashrlarning asosiy o‘ziga xosligi – chiroyli rasm-bezaklardir. Qur’onni esa tahrirlash mumkin emas, tarjimalari odatda izohlar bilan beriladi. Islomiy adabiyotlar dunyoning ko‘plab tillarida tarqalmoqda:

  • arab tilida;
  • o‘zbek tilida;
  • ingliz tilida;
  • rus tilida;
  • tojik tilida;
  • turk tilida;
  • fransuz tilida;
  • ispan tilida.

Shu tariqa, siz islomiy adabiyotlarni o‘zingiz egallagan har qanday tilda o‘qiy olasiz. Nashrlar yordamida esa nafaqat aqidani yanada chuqur o‘rganishingiz, balki xorijiy tilni ham yaxshiroq o‘zlashtira boshlashingiz mumkin.

Kitobning formati

Nashrlar faqat mazmuniga ko‘ragina farqlanmaydi. Kitoblar har xil formatda bo‘lishi mumkin. Bu jihatiga ko‘ra kitoblar ikki toifaga ajratiladi:

  • Yumshoq muqovali – uning asosiy afzalliklari narxi pastroq hamda vazni yengilroq ekanidir. Bunday nashrlarni yoningizda olib safarga chiqish, ularni samolyotda, poyezdda, avtobusda o‘qish qulay. Ular ko‘pincha ixcham o‘lchamda bo‘ladi, shuning evaziga qo‘l yuklari orasida ko‘p joy olmaydi.
  • Qattiq muqovali – bunday jild nashrning xizmat muddatini uzaytiradi. Shuningdek, u chiroyli yasatilgan bo‘lishi mumkin; bu esa Qur’on yoki Bibliyani kutubxonangizning haqiqiy bezagiga aylantiradi. Lekin bunday format qimmatroqqa tushadi.

Asaxiy do‘konidan siz istalgan yo‘nalishdagi diniy adabiyot namunalarini topa olasiz. To‘lovning turli usullari mavjud – naqd pulda, naqd pulsiz, onlayn usulda, bank kartasi orqali. Mamlakat bo‘ylab yetkazib berish bir necha kun ichida amalga oshiriladi. Toshkentda esa tovarni buyurtma kunining o‘zidayoq qo‘lga olishingiz ham mumkin.

Qiziqarli malumotlar
Iqro kitob do’koni