IPPOLOGIYA

IPPOLOGIYA

IPPOLOGIYA (yun. — ot va…logiya) — otlar toʻgʻrisidagi fan. I. ga oid birinchi yozma asarlar mil. av. bir necha yuz yil oldin Yunonistonda vujudga kelgan boʻlib, unda otning gavda tuzilishi, feʼl-atvori va otlardan foydalanish kabi maʼlumotlar bayon etilgan. Keyingi ayerlarda Ippologiya doirasi to-bora kengayib bordi. 20-a. boshlariga kelib Ippologiya otlarning evolyutsiyasi va ularni xonakilashtirish; anatomiyasi va fiziologiyasi; urchitish usullari va koʻpaytirish biol. si; zotlarni tako-millashtirish va yangi ot zotlarini yaratish, naslchilik ishlari; ot sinovlarini oʻtkazish; otda yurish sanʼati va nazariyasi; milliy ot oʻyinlari va b. haqidagi koʻpgina boʻlimlarni oʻz ichiga olgan fanga aylandi. Oʻrta Osiyo otlarni xonakilashtirishning qad. madaniy markazlaridan biri hisoblanadi (q. Yilqichilik).

Ensiklopediya.uz
IPPOLOGIYA