Ipoteka krediti qanday shartlar asosida va nima maqsad uchun beriladi ? to’liq malumot oling
🟢 Ipoteka krediti qanday shartlar asosida va nima maqsad uchun beriladi ?
✅ Ipoteka kreditlari tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida quyidagi maqsadlar uchun beriladi
➖ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish;
➖ yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish.
✅ Ipoteka kreditining muddati va miqdori, shuningdek, kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘yicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi.
✅ Bunda, ipoteka krediti hisoblangan uy-joy qiymatining 90 foizidan oshmaydigan miqdorda beriladi.
✅ Ipoteka kreditini olish uchun ariza beruvchi uy-joy qiymatining 10 foizi miqdorida pulga ega bo‘lishi kerak. Ushbu mablag‘lar qarz oluvchining nomiga ochiladigan depozit hisobvarag‘iga joylashtiriladi.
Yuridik
Ipoteka krediti qanday shartlar asosida va nima maqsad uchun beriladi ?