IPhonelar g***mi?

IPhonelar g***mi?

IPhonelar g***mi?

Ha, agarda siz faqat iPhone ishlatsangiz bundan rasvosi yo’q. Apple marketing va qurilma tomondan eng kuchli ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Aynan shu sabab ham uning qurilmalarini donalab ishlatishdan mantiq topa olmaysiz.

Apple mahsulotlarining narxlarida juda ham katta tavofut borligiga faqatgina fanat baza emas balkim o’z o’rnida sifat ham muhim rol o’ynaydi.

Macbook narxlariga qaraydigan bo’lsangiz eng arzoni 1000 AQSH dollaridan boshlanadi. Yoki oddiygina Apple watch (soat)ning o’zi ham 500$. Endi ular nega qimmatligi va odatiy foydalanuvchilar uchun doimo rasvo ko’rishiga to’xtalamiz.

Apple komfortini faqatgina undagi barcha qurilmalardan foydalansagiz tushunishni boshlaysiz. MacOS (Apple kompyuterlar operartsion tizimi) Darwin va unix asosida qurilgan. UX (user experience — foydalanuvchi tajribasi) borasida eng sodda operatsion tizim hisoblanadi. Hattoki windows ham bu borada damini oladi. Applening o’z vaqtida foydalanuvchilar tajribasini o’rganuvchi maxsus laboratoriyalari ham bo’lgan.

Birinchi navbatda aytib o’tish kerak, MacOS bepul operatsion tizim, faqatgina undan foydalanish uchun Apple mijozi bo’lishingiz kerak. Shuningdek applening o’zi juda ko’plab dasturlarni ushbu operatsion tizim uchun bepul taqdim etadi.

IOS esa IPhone qurilmalari uchun ishlab chiqilgan. Bu ham MacOSning davomchisi hisoblanadi. Agarda siz qurilmaga muhandis va dizayn tomondan qarasangiz juda ham sodda ishlab chiqarilganini ko’rasiz.

Soddaliklarni sanab bersam:

Ilovalar:

MacOS va IOS bir vaqtda bitta ilovalardan foydalanish imkoniga ham ega. Ya’ni juda ham ko’plab dasturlar bir vaqtda kompyuter, planshet va telefoningizda teng ishlaydi. App Storeda bularni analoglari bilan yetarlicha topasiz.

Hozirgi faqat Apple silicon chiplari sabab kompyuterda qo’llamaydigan IOS ilovalarni ham kompyuteringizda hech qanday emulyatorlarsiz ishlata olasiz.

Ilova o’rnatish va o’chirishlar esa sirkdagi maymun uchun ham murakkablik tug’dirmaydi. Apple mahsulotlari uchun ilovalar .app kengaytmasi bilan keladi. Applications (ilovalar papkasiga) kerakli ilovani tortib tashlashning o’zi yetadi, yoki o’chirishda ham xuddi shu ilovani «korzinkaga» tortib yuborasiz. Sizdan ortiqcha reystirlar, papkalar yoki admin prava degan narsalarni talab qilmaydi.

Sozlamalar:

Windows sozlamalariga e’tibor qaratigan bo’lsak undan rasvosi yo’q. Har xil sozlamalar har joyda joylashgan. Masalan Grafik kartani sozlash ishchi stoldagi kontekst menyuda chiqadi, disklarni boshqarish mening kompyuterim bo’limida, qolgan mayda chuydalar esa boshqaruv paneli va explorer ichida yoyilib yotadi.

Linux ham bu masalada alohida mavzu. Linuxda barcha narsani qo’lda turli fayllarga asoslanib sozlash kerak bo’ladi.

MacOS esa bu alohida dunyo. Birgina sozlamar ilovasida barchasi tushunarli qilib ko’rsatilgan.

iCloud:

Ko’pchilik uchun bloklanish masalasida qo’rqinchli mavzu hisoblanasa undan qayday foydalanishni bilsangiz juda ajoyib narsa. IPhonening rasvo emasligini ham aynan shu yerda tushunishni boshlaysiz.

Applening barcha qurilmalari iCloud xizmati orqali sinxronizatsiya qiladi. Media fayllar, ilovalar va boshqa ko’plab ma’lumotlaringizni ko’chirib yurish shart emas.

Shuningdek Apple qurilmalari o’z egasiga tegishli narsalarni juda yaxshi taniydi. Masalan telefonim boshqa xonada qolib ketsa men bundan xavotir olmasa ham bo’ladi. Kompyuterda ishlab o’tirganimda sms, qo’ng’iroq va har qanday ma’lumotlari real vaqtda kelib turadi. Divanga 5 daqiqa yotib nimanidir internetda topib shunchaki buferga olishim yoki bu ma’lumotni menga kompyuter va telefonda ko’rsat degan narsalarni qilishim ham mumkin. Ya’ni vaqtincha telegramga tashab yana kompyuterdan qayta ochish degan narsalar yo’q.

Bu qurilmalarda hattoki zaryadlash masalalari ham universal hisoblanadi. Macbookning zaryadlash moduli 5v, 9v, 12v va 20v lik rejimlarda ishlay oladi. Bitta zaryalash qurilmasi sizga yetib ortadi. Noutbook zaryadi yetmay qolganda ham oddiy telefon zaryadnigi bilan zaryadlashingiz yoki powerbankdan foydalanishingiz mumkin. Lekin macbookda doim ham bu narsaga ehtiyoj sezilmaydi. Odatiy foydalanuvchiga bir martalik zaryad bemalol 10 soatga yetadi (Kompyuter uchun bu juda katta narsa).

Retina display: Apple eng sifatli ekrandan foydalanadi. Retina displayda ishlagan odam boshqa ekranlarga ko’nikishi juda murakkab.

Operatsion tizim juda ham stabil ishlaydi. Sizdan qanchadir vaqtda qayta OS o’rnatish yoki boshqa harakatlarni bajarish talab etilmaydi. Agarda bunga ehtiyoj sezsangiz ham alohida yuklovchi fleshka yoki boshqa matah shart emas. Qurilmaning o’zida bu uchun alohida bo’lim ajratilgan. Oxirgi yangilanishdagi sistemani shu yerdan qo’yib olaverasiz.

Macbooklar barmoq izi skaneri va multitouchli sensorlar bilan jihozlangan. Ko’plab operatsilarni parollar terish o’rniga barmoq izi yoki yuz bilan hal qilishingiz, multitouchli panelda esa har qanday sichqonchadan ko’ra oson va tez ishlashingiz mumkin. Macbook pro versiyalarida touchbar qismi ham bor. Ya’ni odatiy funskional knopkalar o’rnida maxsus sensor panelli ekrancha. Bu ekranchani istagan tartibga o’zingizga moslashingiz va kerakli dasturlaringizdagi qismlarni shu blokka ko’chirishingiz mumkin.

Ovoz masalasiga alohida to’xtalmasa bo’lmaydi. Jobs musiqa eshitishni yaxshi ko’rgan. Shu sabab ham Apple mahsulotlarining barchasida ovoz masalasi yaxshi. Macbooki bor odamga qo’shimcha kolonkalar ham kerak bo’lmaydi. Kichkinagina qurilma juda katta quvvatli ovoz kalonkalari bilan jihozlangan.

Shuningdek juda ko’plab o’zgarishlar har doim Apple tomonidan boshlanadi. Ular shunchaki bir narsaga voz kechishi va yangiliklarni indamay kiritishi mumkin. Odatda ko’p vaqt o’tgach bu narsalar boshqa brendlarda paydo bo’lishni boshlaydi.

Appleni hech bir qurilmasini donalab ishlatib bo’lmaydi. Maksimal komfort uchun to’liq tarkibdan foydalanishga majbursiz. Lekin shunga arziydi bu.

Boshqalar
IPhonelar g***mi?