iOS uchun Swift tilida dasturlash. Kirish
Assalomu alaykum.
Ushbu maqolada iOS (Mac OS, watchOS,) dasturlash uchun yangi va rivojlanib borayotgan dasturlash tillaridan biri bo’lgan Swift haqida qisqacha ma’lumot berib o’taman.
Swift (tez, ildam) — 2014 yil Apple tomonidan ommaga taqdim etildi. Apple tizimlarida shu davrga qadar Objective C dasturlash tili native va yakka til edi. Swift yaratilgach u ham native til hisobiga kiritildi. Swift Apple dasturchi muhandislari tomonidan yaratilgan. Uning yaratilishi Apple qurilmalariga dastur yaratilishini juda keng ma’noda o’zgarish yaratdi.
Yutuqlari:
- Soddalik;
- Tezkorlik;
- Barcha qurilmalar uchun yagona qo’llash uslubi;
- Tiplash majburiy emas (ammo tip degan tushuncha mavjud va uni qo’llay olish ham);
- Sodda integratsiya qilish (Objective C dasturchilari bemalol Swiftda qiynalmasdan code yoza oladi);
- Cocoa frameworki Swift uchun mavjud;
- Playground mavjudligi (ushbu tilni o’rganish uchun muhit);
- Yagona IDE Xcode.
Swift tili C tillar oilasiga mansub. Bu degani uni sintaksisi C ga juda yaqin. Shu bilan birga, Swift Objective-C’dan juda ko’p imkoniyatlar olingan bo’lib, ammo u ko’rsatkichlar bilan emas, balki turlar bilan aniqlanadi. Ularni esa o’z navbatida kompilyator ishlaydi. Huddi shu tamoyil bilan ko’plab skript tillar ishlaydi. Bu dasturlash tilining ba’zi funksiyalari boshqa tillardan ko’ra tezroq ishlaydi. Masalan, kompleks obyektlarni tartiblash Pythonga nisbatan 3.9 marta tezroq ishlaydi. Objective-C’dan esa 1.5 barobar tezroq bajarilishi kuzatilgan. Swift tili funksional va obyektga yo’naltirilgan dasturlashga mo’ljallangan. Hozircha yozmoqchi bo’lganlarim shulardan iborat. Keyingi maqolalarda Swift tilida dasturlash bo’yicha ilk va eng kerakli tushunchalarni yoritishga harakat qilamiz!
Mobil Dasturlash
iOS uchun Swift tilida dasturlash. Kirish