Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi
Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Iordaniya, Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi (arab. المملكة الأردنية الهاشمية, Al-Mamlaka al-Urduniuah al-Hashimiuah) — Yaqin Sharqda, Osiyoning gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 91,8 ming km2. Aholisi 7,859,932 kishi (2018). Poytaxti — Amman shahri. Maʼmuriy jihatdan 12 muhofaza (viloyat)ga, muhofazalar tumanlarga boʻlinadi. Iordaniya — konstitutsiyali monarxiya. 1952-yil 8-yanvarda qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi (keyingioʻzgarishlar bilan). Davlat boshligʻi — malik (podshoh) boʻlib (1999-yildan Abdulloh II bin Talol), u qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyat sohasida katta huquqqa ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — podshoq va Millat majlisi (parlament); u senat va deputatlar palatasidan iborat. Senatni podshoh 4 yil muddatga tayinlaydi (senat tarkibining yarmisi har 2 yilda yangilanib turadi). Deputatlar palatasi toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yilga saylanadi.Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi
DO`STLARGA ULASHING:
المملكة الأردنية الهاشمية
Al-Mamlakah al-Urdunniyyah al-Hāšimiyyah
Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi