IORDAN
IORDAN (485—?) — tarixchi. Asli ostgotlardan boʻlgan. 505—536-y. larda Vizantiyaning yirik sarkardasi Guntigis Baza huzurida kotib boʻlib ishlagan. Iordanning mashhur «Getika» («Getlarning kelib chiqishi va faoliyati») (551-y.) asarida Sharqiy Yevropa, Qora dengizning shim. qirgʻoqlarida 4—6-a. larda yashagan got, bir qator turkiy, slavyan qabilalari toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlar berilgan. Ayniqsa, gun-nlar, kuturgʻurlar, uturgʻurlar va b. turkiy qabilalar, ularning kelib chiqi-shi, tarixi toʻgʻrisida maʼlumotlar eʼtiborga sazovor.
Ensiklopediya.uz
IORDAN