ION ASBOBLAR

ION ASBOBLAR

ION ASBOBLAR (elektron asboblar) — elektr vakuumli gaz razryadli asboblar. Ishi siyraklashtirilgan gazlar orqali elektr toki oʻtishi na-tijasida hosil boʻladigan jarayonlarga asoslanadi. Ion asboblarning eng sodda xili anod (qizdirilgan yoki sovuq katodli) boʻlib, uning elektrodlari inert gazlarga (geliy, neon, argon, kripton, ksenon) va simob bugʻlari bilan toʻldirilgan shisha yoki keramika ballonlar ichiga joylashtirilgan boʻladi. Asbob elektrodlariga kuchlanish berilganda qizdirilgan katoddan chiqayotgan elektronlar ballondagi gaz atomlari (molekulalari) bilan toʻqna-shib oʻz energiyalarini beradi. Kuchlanishning maʼlum qiymatida elektronlar energiyasi gaz atomlarini uygʻotishga va ionlashtirishga yetarli boʻlib qoladi. Shu paytda gaz razryadlari hosil boʻladi. Hosil boʻlgan mus-bat zaryaddi gaz ionlari muxitdagi elektronlar zaryadini qoplaydi. Shu sababli Ion asboblar kichik ichki karshilik tufayli oʻzidan oʻn minglab amperli toklarni oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻladi. Ion asboblar kuchlanishni barqarorlash, elektr tokini oʻzgartirish (toʻgʻrilash), elektr energiyasini yorugʻlik energiyasiga aylantirish, elektr zan-jirlarni kommutatsiyalash (qayta ulash) va b. uchun ishlatiladi. Gazotron, ignitron, stabilitron, tiratron I. a. jumlasiga kiradi.

Ensiklopediya.uz
ION ASBOBLAR