INYEKSIYA
INYEKSIYA (geol.) — magmaning turli togʻ jinslari, yer boʻshliklari, darzlari va choʻkindi jinslarning kotlami oraliqlariga joylashishi. Inyeksiya terminini birinchi boʻlib amerikalik olim R. O. Deli (1914) ishlatgan. Magma slaneslarning oraliqlarini toʻldirib, inyeksion gneyslar hosil qiladi. Inyeksiya tokembriy jinslariga xos boʻlib, Oʻzbekistonning magmatik jinslar keng tarqalgan r-nlarida uch-raydi.
Ensiklopediya.uz
INYEKSIYA