Investitsiyalarning qanday turlari mavjud?
Investitsiyalarning qanday turlari mavjud?
DO`STLARGA ULASHING:
Investitsiyalarning qanday turlari mavjud?
Investitsiyalar sarmoya obyekti bo‘yicha quyidagi turlarga ajratiladi:
🗄 moddiy – real obyektlarga kiritiladigan sarmoyalar: ko‘chmas mulkka (qayta sotish maqsadida bo‘lishi ham mumkin), ishlab chiqarish sohasiga (asbob-uskunalar sotib olish, korxonalar qurish), transport.
🗄 moliyaviy – moliyaviy instrumentlarga kiritiladigan sarmoyalar: qimmatli qog‘ozlar, bank omonatlari, kreditlar, korxonalar ustav fondida ulush sotib olish.
🗄 nomoddiy – intellectual mulk obyektlarini sotib olish (litsensiyalar, texnologiya, patent, tovar belgisi yoki mualliflik huquqi va h.k.)
intellektual – ta’limga kiritiladigan sarmoya.Shuningdek, investorlar investitsiyalarning sarmoya vaqtiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratishadi:
🗄 Qisqa muddatli – 1 yilgacha
🗄 o‘rta muddatli – 1-3 yilgacha
🗄 uzoq muddatli – 3 yildan ko‘p muddatga➡️ Investitsiyalarni diversifikatsiya qilish ham bir nechta turga bo‘linadi. Akviy turlari bo‘yicha diversifikatsiyada, masalan, investor turli xil qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi va oltin quymalar, oltin va kumush tangalar yoki ko‘chmas mulkka sarmoya kiritadi.
Investitsiyalarning qanday turlari mavjud?