INVERSIYA
INVERSIYA (lot. unversio — oʻrnini almashtirish) (tilshunoslikda) — ran boʻlaklari odatdagi tartibining oʻzgarishi. Tidda Inversiya ikki xil vazifa bajaradi: semantik va asemantik. Inversiyaning semantik vazifasi gapning biror boʻlagini alohida taʼkidlash yoʻli bilan nutqqa emotsional-ekspressiv ruh baxsh etishda (mas, Bu chol shu ahvolda qayoqqa boradi? — Shu ahvolda qayoqqa boradi bu chol?!), asemantik vazifasi esa surok, ran (ayniqsa, roman va german tillarida), sheʼriyatda kompozitsiya, ritm, vazn, qofiya hosil qilishda na-moyon boʻladi (mas, ketdimi u?; ilk bor rozilik soʻrashim mening). Inversiya, faqat uslubiy emas, balki sintaktik-uslubiy (sintaktikpoetik) hodisadir. U jonli soʻzlashuv tilida, badiiy adabiyotda, ayniqsa, sheʼriyatda koʻp uch-raydi.
Ensiklopediya.uz
INVERSIYA