INVAZION KASALLIKLAR

INVAZION KASALLIKLAR

INVAZION KASALLIKLAR — odam, hayvon va oʻsimliklarda eng sodda parazit jonivorlar (chuvalchang, kana va b. baʼzi boʻgʻimoyoqlilar) qoʻzgʻatadigan kasallik. Ayrim parazitlar oʻz rivojlanishining maʼlum bir bosqichida, boshqalari esa butun hayoti davomida xoʻjayin (odamda — antroponozlar, hayvonlarda — zoonozlar) organizmda parazitlik qilib Invazion kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Parazitlar xoʻjayin organizmiga zararlangan teri (aktiv) va oziq-ovqat orqali (passiv) kiradi. Odamlarda uchraydigan Invazion kasalliklarga gelmintozlar, protozoozlar (qoʻzgʻatuvchisi sodda parazitlar; mas, amyobiaz), akarozlar (qoʻzgʻatuvchisi kana; qoʻtir), entomozlar (parazit hasharotlar qoʻzgʻatadigan bitli-qilik) kiradi. Asosan, askaridoz, bezgak, toksoplazmoz, trixomonoz, enterobioz va b. koʻp kuzatiladi.

Ensiklopediya.uz
INVAZION KASALLIKLAR