INTIZOMIY JAZONI AMAL QILISH MUDDATI QANCHA ? to’liq malumot oling
INTIZOMIY JAZONI AMAL QILISH MUDDATI QANCHA ?
⚡️SAVOL;
Intizomiy jazo olgan hodimdan qancha vaqtdan keyin ushbu jazo olib tashlanadi ?
⚡️JAVOB;
Mehnat kodeksining 183-moddasiga ko‘ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab 1 yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. (Xech narsa bo‘lmaganday yuraverishi mumkin)
❗️Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko‘ra jazoni 1 yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.
❗️Intizomiy jazoga tortilishning salbiy omillaridan biri ushbu jazoga tortilgan hodimga jazoni amal qilish davrida qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari ko‘rilmaydi.
Yuridik
INTIZOMIY JAZONI AMAL QILISH MUDDATI QANCHA ?