Intim gigiyena
Intim gigiyena
DO`STLARGA ULASHING:
Intim gigiyenaning oltin qoidalari
Tozalik — salomatlik garovi. Barchamizga ma’lumki, inson terisi va shilliq qavatlar organizmni
xavfli infeksiyalar hamda kasallik tug‘diruvchi bakteriyalardan himoya qiladi. Jinsiy a’zolardagi shilliq qavat ham jinsiy a’zolarni kasallanishdan asraydi. Jinsiy a’zolar gigiyenasi haqida gapirganda, aksariyat ayollar uning talablari va ko‘rsatmalaridan ko‘p ham boxabar emasliklari seziladi. Sog‘lom turmush tarzini rejalashtirgan har bir ayol jinsiy a’zolarni doimo to‘g‘ri parvarishlash va ozoda saqlashni bilishi foydadan xoli bo‘lmaydi.
Tug‘urukdan keyin qorinni yo‘qotishni istasangiz…
«Tug‘urukdan keyin qorin osilib qolmasiligi uchun nima qilishim kerak?»
— Tuqqan ayol terisi maksimal darajada cho‘ziladi va ma’lum vaqtgacha o‘z holatiga qaytishi qiyin kechadi. Tug‘uruqdan keyin qorin osilib qolmasligi uchun uni katta hajmli doka yoki choyshab yordamida tortib bog‘lash tavsiya etiladi. Faqat bu muolajani tug‘urukdan so‘ng ertasiga amalga oshirish lozim.Tuqqandan 5-6 oy o‘tib qorinni bog‘lashning foydasi yo‘q.MAXSUS KO‘RSATMALAR
Inson o‘z tanasini toza saqlashda, istasa, har kuni yoki kun ora cho‘milishi mumkin.
Jinsiy a’zolar gigiyenasida kuniga necha marta yuvingan ma’qul?
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, jinsiy a’zolarni parvarishlashda kuniga ikki marta, iliq issiq suvda yuvinish tavsiya etiladi. Orqa chiqaruv yo‘li gigiyenasida maxsus yuvuvchi vositalardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Negaki ular tarkibi bunday «jiddiy» a’zolar uchun juda «yumshoqlik» qiladi. Sohani mikroblardan tozalashda (dezinfeksiya), ishqorli sovunlardan foydalangan ma’qul. Sochiqlardan foydalanishda ham e’tiborni bo‘lish foydadan xoli bo‘lmaydi. Nozik sohalar uchun sochiqlar ham toza, yumshoq va eng asosiysi, shaxsiy bo‘lmog‘i zarur. Ayolning oy kunlarida vanna qabul qilish, suv havzalarid cho‘ milish tavsiya etilmaydi. Bu kunlarda jinsiy yaqinlikdan ham yiroq bo‘lish lozim. Hayz kunlarida ishlatiluvchi tagliklarni ham sutkasiga 4 -5 marta almashtirib turish maqsadga muvofikdir.
Intim gigiyena