Internetda pul ishlash. Google AdSense to’liq malumot oling
Bugun biz siz bilan Google AdSense da pul ishlashni toʼliq koʼrib chiqishga harakat qilamiz. Google AdSense pul ishlashni oʼrganish oson ish boʼlmaganligi sababli 3 ta darsga, yaʼni uchta maqolaga boʼlib oʼrganamiz.
#1 Google AdSense da qanday pul ishlash mumkin
#2 Google AdSense da qanday qilib sayt roʼyxatdan oʼtkaziladi. Minimal shartlar.
#3 Google AdSense da qancha pul ishlash mumkin va qanday qilib daromad oshiriladi
Yuqoridagilardan koʼrinib turganidek bugungi maqolamizning nomi:
#1 Google AdSense da qanday pul ishlash mumkin
Google AdSense – bu saytingizning traffigini, yaʼni saytingizga tashrif buyuruvchilarning monetizatsiyalangani (foyda keltirishini)ni bildiradi. Siz Google AdSense ga ulanmagan boʼlsangiz boshqa vositalar orqali foyda olishingiz mumkin. Аmmo zamonamizning eng mashxur, saytdan daromad olishga qaratilgan platforma bu Google AdSense dir.
Google kompaniyasi ikki tomonlama dallollik bilan shugʼullanadi desam mubolagʼa boʼlmaydi. Katta katta firmalar, tashkilot va muassasalar oʼzlarning brendlarini, timsollarni yoki boʼlmasa maxsulotlarni butun dunyoga reklama qilish niyatida boʼlishadi.
Google esa dunyodagi eng mashxur korporatsiya boʼlib, ular bilan xamkorlik qilish eng odatiy usuldir.
Bu usul qanday ishlaydi?
Bir muayyan tashkilot maxsulotini internetda reklama qilish uchun
Google ga pul toʼlaydi. Google esa oʼz navbatida ushbu pullarning bir qismini foydalanuvchisi koʼp boʼlgan saytlarda yuqoridagi tashkilotning maxsulotlarini reklama bannerlari orqari reklama qilishni boshlaydi. Xar bir reklamaga bosilgan kliklar uchun esa saytning egasi foyda olishni boshlaydi.
Bir koʼrinishda Google AdSense da pul ishlash oson ishga oʼxshab koʼrinadi. Аmmo…. Siz internetda koʼplab shu mavzuga tegishli boʼlgan maqolalarni oʼqishingiz mumkin. Ularning koʼpida Google AdSense da oson pul ishlash, Google AdSense pul ishlashning eng oson usuli deb yozilgan boʼladi. Siz ushbu maqolalarga ishonmasangiz boʼladi. Bu odamlarni jalb qilishning bir usulidir.
Google AdSense da Oʼzbekistonda pul ishlash mumkinmi?
Bu savolga javob Xa! Аmmo buning uchun bir nechta toʼsqinliklar mavjud. Bu haqda “#2 Google AdSense da qanday qilib sayt roʼyxatdan oʼtkaziladi. Minimal shartlar.” maqolada koʼrib chiqamiz .
Google AdSense da pul ishlashga qoʼl urishdan oldin oldingizda turgan mashshaqatdan qoʼrqmaslikni oʼrganing. Sizning saytingizga qancha koʼp odam kiradigan boʼlsa sizning daromadingiz ham oʼshancha koʼp boʼlishi mumkin.
Google AdSense da ikki xil usulda pul topshingiz mumkin:
Oʼz saytingiz yordamida
Blogspot yordamida (Blogspot.com)
Oʼz saytingiz yordamida – yuqorida aytib oʼtiganimdek saytingizga tashrif buyuruvchilarning xisobiga daromad topasiz. Oʼz saytingiz yordamida ishlashning yaxshi va yomon tomonlari mavjud
Yaxshi tomoni:
Saytngizning xoxlagan joyida oʼzgartirishlar kiritasi
Xoxlaganchi mavzularda maqolalar yozasiz
Reklama kodlarini xam xoxlagan joyingizda joylashtirasiz
Xar xil dizaynlarni qoʼllab koʼrasiz va foydalanuvchiga yoqganini joylashtirasiz.
Аloxida domen va xosting Google AdSenseda qadrliroq xisoblanadi
Yomon tomoni:
Xosting va domen uchun toʼlovlar
Xostingda xajm muammosi
Аbonent toʼloviga bogʼliq tezlikka chegirmalar
Korib turganingizdek Oʼz saytingiz yordamida pul ishlashda tanganing ikki tomoni mavjud. Аmmo shunisi aniqki yaxshi tomoni koʼproq.
Blogspot yordamida (Blogspot.com) – bunda siz Google kompaniyasining bloglar uchun maxsus yaritilgan platfomasida ishlaysiz.
“saytingizning-nomi”.Blogspot.com deb sizning saytingiz nomlanishni boshlaydi hamda siz oʼz bolgingizni yurita boshlaysiz. Bunda siz xech qanday xarajatlarga qoʼl urmaysiz.
Yaxshi tomoni:
Xarajatsiz
Xajm muammosi yoʼq
tayyor interfeys
Yomon tomoni:
Dizayn oʼzgartirish cheklangan
Reklamalarni xoxlagan joylarda qoʼyish imkoniyati mavjud emas
Domenning 2-darajada boʼlganligi
Bepul xostinglar pullik xostinglarga nisbatan ancha obroʼsi past
Foydalanuvchilarni jalb qilish muammosi vujudga keladi
Koʼrib turganingizdek bunda yomon tomonlar yaxshi tomonlarga nisbatan koʼproq.
Аlbatta, siz koʼproq daromad olish niyatida boʼlsangiz pullik xosting va 1-darajali domenlardan foydalanganligingiz maʼqul.
Sizda sayt mavjud deylik. Google AdSense dan roʼyxatdan oʼtkazish uchun anchagina talab va shartlar mavjud. Oldingi maqolada “Google AdSense da Oʼzbekistonda pul ishlash mumkinmi?” degan savolni qoʼygan edik va XА deb javob qaytargan edik. Аmmo buning uchun bir nechta toʼsqinliklar mavjud deya gapimizni yakunlagan edik.
Xozir manashu toʼsqinliklar haqida gaplashamiz. Oʼzbekistonda pul ishlash niyatida boʼlganlarning eng katta muammosi bu Google AdSense da bugungi kunda oʼzbek tilining mavjud emasligidir! Bu ham muammo, ham toʼsiqdir. Siz aytishingiz mumkin unda qanaqa qilib pul ishlash mumkin deb. Boshqa tillarda. Xozirgi kunda onlayn tarjimon dasturlar talaygina. Siz oʼzbekchada yozgan maqolangizni bir necha soniyada xoxlagan tilingizga tarjima qilib olishingiz mumkin. Yoki oʼzingiz boshqa tilda maqolalar yozib saytingizga joylashtirishingiz mumkin.
Choʼchimang va darrov ortga chekinmang
Google AdSense ning cheklovi quyidagilarni ifodalaydi:
Sizning saytingizdagi koʼrsatilmagan tillarda reklama kodlarini joylashtirish taqiqlanadi!
Bu degani sizning saytingizda oʼzbekcha maqolalar koʼp boʼlishiga qaramasdan, siz boshqa tilda maqola yozib reklama kodlarini joylashtirish imkoniyatiga ega boʼlasiz. Oʼzbekcha maqolalaringizni yozing va turli xil tarjimonlar, plaginlar yordamida boshqa tillarga oʼgiring hamda reklama joylashtirib pul ishlashni boshlang.
Endi Google AdSense ning boshqa shartlariga oʼtsak:
Belgilangan tillardan boshqa tillardagi maqolalarda reklama kodini yozish taqiqlanadi.
Maqolalar pornografiya va boshqa shunga oʼxshash, tajovuzkorlik ruxidagi maqolalar taqiqlanadi.
Kompyuterlarni buzishga, buzgʼunchi dasturlarni tarqatish va targʼib qilishga qaratilgan maqqolalar mumkin emas
va boshqalar.
Toʼliq shartlar bilan tunishish uchun bosing!
Google AdSense da roʼyxatdan oʼtish uchun sizda Google kompanisiga tegilshi boʼlgan gmail.com pochtasi boʼlsa kifoya. Ushbu pochta orqali quyidagi manzilga oʼtasiz hamda registratsiyani bosasiz.
Shundan soʼng:
oʼz saytingiz manzilini toʼliq kiritasiz;
pochtangizni yozasiz;
Pochtangizga maʼlumotlar kelib turishini xoxlasangiz birinchisini, xoxlamasangiz ikkinchi tanlovni lanlaysiz;
Soxranit va prodoljitь tugmasini bosasiz
Shundan soʼng maʼlum bir vaqt oraligʼidan soʼng sizning saytingiz moderatorlar tomonidan oʼrganilishni boshlaydiyu Oʼrganilish yakunlangandan soʼng sizning koʼrsatgan pochtangizga maʼlumotlar yetkaziladi.
Google AdSense
qancha pul ishlash mumkin?
Аlbatta biz Ryan ToysReview ga oʼxshab 22 million dollarga intilmaymiz. Google AdSenseda qancha pul ishlash toʼgʼridan toʼgʼri sizning saytingiz traffigiga bogʼliqdir. Traffik yaʼni saytingizga muntazam ravishda tashrif buyuruvchi foydalanuvchilardir. Аmmo sizning saytingizga tashrif buyuruvchilarning koʼp boʼlishi daromadingizning ham koʼp boʼlishika kafolat bermaydi.
Daromadingizning saytga kiruvchilarga bogʼliq deganimning sababi bor. Saytingizga qancha koʼp foydalanuvchi kiradigan boʼlsa, saytingizda joylashtirilgan reklamaga bosilishining extimoli shuncha ortadi. Saytingizga tashrif buyuruvchilarning koʼp boʼlishi daromadingizning ham koʼp boʼlishika kafolat bermaydi deganimning sababi ayrim xollarda 1000 ta foydalanuvchi 20 marotaba reklamaga bosishi, ayrim xollarda esa 500 ta foydaluvchi 35 marotaba reklamaga bosishi mumkin.
Google AdSenseda bitta klik narxi qancha?
Google AdSenseda kliklar narxi belgilanmagan. Аmmo shunisi aniqki eng kam narxi 0.01 dollar, eng yuqorisi esa 14 dollarga teng. Internetda ushbu soxada pul ishlab topadigan har qanday insondan klik narxini soʼrasangiz u sizga oʼrtacha 0.01-1 dollar atrofida deb javob beradi. Bitta reklamaga bosilganlik uchun 1 dollar berish extimoli juda kam boʼlganligi sababli, bunday kliklarni yigʼishdan koʼra arzonrogʼidan koʼproq yigʼishga harakat qilish maʼquldir.
Google AdSenseda qanday qilib daromadni oshirilish mumkin?
Аvvalam bor daromadni oshirish uchun sifatli, kerakli, qiziq maqolalar yozishni oʼrganing. Maqolangizni oʼqigan inson shu saytga qayta kirishga harakat qiladigan boʼlsin.
Bundan tashqari daromadni oshirish uchun ijtimoiy tarmoqlarda faol boʼlish ham muxim axamiyatga ega. Xozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda koʼp foydalanuvchi boʼlgan insonlarning saytlariga tashriflar soni yuqori boʼlishi aniq. Ijtimoiy tarmoqlardagi faollligingiz saytingiz nomini ham mashxurroq boʼlishiga zamin yaratadi.
Maqolangizda kalit soʼzlarni ishlatishga, ulardan samarali foydalanishga oʼrganing. Bu Internetda qidiruv tizimlarida yuqoriroq chiqishingizga koʼmak beradi.
Maqolalarni muayyan bir davrda chop etishga odatlaning . Bu sizning foydalanuvchilaringiz uchun oʼsha vaqtga odatlanishni va oʼsha vaqt kelganda doimiy kirishga undashni bildiradi.
Biznes Tavsiyalar
Internetda pul ishlash. Google AdSense