“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish

“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish
internet download manager dasturida yangilashni ochirib qoyish 65caf82300214

photo 2021 01 28 23 11 49

“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish

DO`STLARGA ULASHING:

“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish ?

Aytaylik, saytlardan turli ko‘rinishdagi fayllarni va eng asosiysi — videolarni yuklab olish uchun (https://telegra.ph/file/0fd527e612b483a4bddf9.png)xizmat qiluvchi “Internet Download Manager” (https://t.me/itspecuz/1820) dasturining kalit talab etmaydigan versiyasini (https://t.me/itspecuz_files/101) o‘rnatdingiz.

Dastur o‘rnatilganidan so‘ng, brauzerlarni ishga tushirdingiz va ushbu dasturning kengaytmalarini o‘rnatdingiz, barchasi joyida, dastur yaxshi ishlab turibdi.

Muammo shundaki, dastur Internetga ulanganingizni sezgani zahoti o‘z bazasiga murojaat etadi va yangi versiya yuklab olish uchun mavjudligini sizga taklif etadi, bilmay qolib, shoshilinchda kichik oynadagi “Обновить” tugmasini bosib yuborsangiz dastur yangilanadi, lekin login va parol talab etuvchi oynani chiqaradigan bo‘lib qoladi.

Bu esa aksariyat hollarda dasturni kompyuterdan o‘chirishni, kompyuterni qayta yuklashni va o‘rnatish uchun dastlab foydalangan versiyangizni kompyuterdan topib, qaytadan o‘rnatishga sizni majbur qiladi. Xo‘sh, dasturning versiyasini yangilash bilan bog‘liq ushbu muammoni bartaraf etish mumkinmi? Ha, albatta!

Buning uchun klaviaturada Win + R (https://t.me/itspecuz/1072) klavishlari birikmasini bosasiz va ochiluvchi “Выполнить” oynasida regedit buyrug‘ini kiritasiz va Enter klavishini yoki oynachadagi “OK” tugmasini bosasiz.

Ochilgan “Редактор реестра” oynasida quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha tegishli bo‘limlarga o‘tasiz: HKEY_CURRENT_USER → Software → DownloadManager → LstCheck (REG_SZ) → oynachadagi kodni 31/12/99’ga o‘zgartirasiz → “OK”ni bosasiz.

? Bu haqida batafsilroq esa ushbu post ostida biriktirilgan rasm orqali bilib olishingiz mumkin. ??

“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish