INSULIN
INSULIN (lot. insula — orolcha) — hayvon va odamning oqsil tabiatli gormoni. Meʼda osti bezining Langergans orolchalarida ishlab chiqariladi. Kanadalik olimlardan F. Banting bilan Ch. Best birinchi boʻlib ajratib olishgan (1921— 22). Mol. m. 6000. I. moleku-lasi disulfid bogʻlari bilan birikkan ikkita polipeptid zanjirdan tuzilgan boʻlib, 51 aminokislota qoldigʻidan tashkil topgan. Insulinda aminokislo-talar qoldigʻining ketma-ket joylashuvini ingliz biokimyogari F. Sanger aniqladi (1945—56). Bu I. ni kimyoviy yoʻl bilan sintez qilishta imkon berdi. Insulin kimyoviy va gen injenerligi yoʻli bilan sintez qilingan. Insulin aminokislotalar tartibi birinchi boʻlib aniqlangan oqsil moddadir.
Ensiklopediya.uz
INSULIN