INSSENIROVKA

INSSENIROVKA

INSSENIROVKA (lot. in — da, scaena — sahna) — adabiy asar (roman, qis-sa, doston, hikoya)ning sahna, televideniye, radio uchun qayta ishlanishi. Dastlab Inssenirovka 19—20-y. larda Yevropada vujudga keldi va taraqqiy etdi. Oʻzbekistonda Inssenirovkaning ilk namunalari 20-a. boshlarida yaratildi, 20—80-y. larda rivojlandi. Mas, Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Oʻtkir Hoshimov va b. ning asarlari asosida yozilgan Inssenirovkalar teatrlar sahnasida qoʻyildi, televideniye orqali na-moyish etildi, radio toʻlqinlari orqali eshittirildi. Agar Inssenirovka asl nusxasidan tubdan farq qilsa, muayyan asar motivlari asosida yozilgan mustaqil pyesa hisoblanadi. Oʻzbekistonda, mas, Oʻzbekiston Milliy akademik drama teatrida «Gang daryosining qizi» (R. Tagorning «Halokat» romani asosida A. Ginzburg I. si), «Qutlugʻ qon» (Oybekning shu nomli romani asosida T. Xoʻjayev I. si) va b. I. lar qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
INSSENIROVKA