INSON UCHUN ZARUR DARMONDORILAR haqida to’liq ma’lumot oling

INSON UCHUN ZARUR DARMONDORILAR haqida to’liq ma’lumot oling

DO`STLARGA ULASHING:

INSON UCHUN ZARUR DARMONDORILAR

✅ A darmondorisi
Agar inson organizmida bu darmondori yetishmasa, ko‘rish qobiliyati pasayadi, jumladan, qorong‘i bo‘lganida ko‘ra olmaydigan yoki shabko‘r bo‘lib qoladi, bolalar, o‘smirlar organizmi o‘sishi susayadi.
👉🏼 A darmondorisi sabzi, pomidor, o‘rik, ko‘k no‘xat, qovun, apelsin, baliq yog‘ida bo‘ladi.

✅ V, V1 darmondorilari
V, V1 darmondorilari organizmda kamayib ketsa, inson ko‘zlari hadeb yoshlanaveradi, kamqonlik sezila boshlaydi, kishi darmonsizlanadi, lablari bichilib ketadi, lablar ustida ajinlar paydo bo‘ladi.
👉🏼 Bu darmondori tuxum, qo‘y go‘shti, guruch po‘stlog‘i, yong‘oq, mol jigari, xamirturush, pishloqda bo‘ladi.

✅ V6, V vitaminlari
V6, V guruhiga kiruvchi darmondorilar inson organizmida kamayishi natijasida yurak o‘ynaydigan bo‘lib qoladi.
👉🏼 Bunday darmondorilar karam, sabzi, qovoq, suzma, baliqda bo‘ladi.

✅ S darmondorisi
S darmondorisi inson tanasida kamayib ketsa, unda milk og‘rig‘i paydo bo‘ladi, bo‘g‘imlar og‘riy boshlaydi, yaralar tez bitmaydi, odam birpasda charchaydigan bo‘lib qoladi.
👉🏼 S vitamini ho‘l mevalarda, ko‘katlarda, sabzavotlarda, ayniqsa, limon, apelsin, mandarin, karam, pomidor, piyoz tarkibida ko‘p bo‘ladi.

✅ D vitamini
D darmondorisi organizmda kamayib ketishi oqibatida kishini tez-tez oftob uradigan bo‘lib qoladi, sochlari to‘kila boshlaydi.
👉🏼 Bu darmondori baliq yog‘ida, tuxum sarig‘ida, sut, sut mahsulotlarida ko‘p bo‘ladi. Shuningdek, quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida odam terisida ham hosil bo‘ladi.

✅ K vitamini
K darmondorisi yetishmasligi sabab odam jigar, buyrak, ichak xastaliklariga chalinadi, qoni yaxshi ivimaydi.
👉🏼 Bu darmondori piyoz, qovoq, ko‘k no‘xat, loviya, jigar, tuxumda ko‘p bo‘ladi.

✅ N vitamini
N darmondorisi inson organizmida kamayib ketishi oqibatida tananing yog‘ bezlari xastalikka chalinadi, faoliyati buziladi, sochlari tez oqaradi, to‘kiladi.
👉🏼 Bu darmondori guruchli ovqatlar, jo‘xori go‘ja, jigarda ko‘p bo‘ladi.

✅ RR vitamini
RR yetishmasligi tufayli odam ichak, jigar, buyrak dardiga tez chalinuvchan bo‘lib qoladi.
👉🏼 Shuning uchun karam, piyoz, qovoq, ko‘k no‘xat, loviya, ko‘katlar iste’mol qilib turish tavsiya etiladi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, odam organizmidagi barcha hayotiy muhim fiziologik jarayonlar normal o‘tishida, bolalar o‘sishida vitaminlar muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kundalik ovqat bilan vitaminlarga boy mahsulotlarni, ayniqsa, ko‘katlarni, mevasabzavotlarni yangi uzilgan holda, sut, sut mahsulotlarini, tuxum, no‘xat, loviya kabilarni muntazam iste’mol qilib turish zarur.

Malumotlar
INSON UCHUN ZARUR DARMONDORILAR