Inson qadri haqida maqollar
Inson qadri haqida maqollar
DO`STLARGA ULASHING:
Arzon beillat bo’lmas,
Qimmat — behikmat.Arzon oldim — armon oldim.
Arzonning sho’rvasi tatimas.
Arpa-bug’doy osh bo’lar,
Oltin-kumush tosh bo’lar.Asl parchaning bahosi bo’lmas,
Ota-onaning — qarisi.Baliq — oyda, kalla — yilda.
Baxmal bilan banotning ko’hnaligi bo’lmas,
Ota bilan onaning — qariligi.Baqa botqog’ini qo’msar,
Baliq — ko’lini.Baqiroq tuya — noring,
Baqiroq ota — madoring.Baqiroq tuyaning bori yaxshi,
Baqirib turgani yana yaxshi.Bedananing ham o’ziga yarasha botmoni bor.
Bemaza qovunning urug’i ko’p.
Bemor bemorning qadriga yetar.
Boylik murod emas,
Yo’qlik uyat emas.Bol ham bol,
Bahosi ham bol.Bolni bol deydi,
Bolni tanigan yeydi.Borar yerga kechikma,
Bormas yerga ichikma.Bosh — boshqa, bo’rk — boshqa.
Bosh ketdi, tana — hayron.
Boqmasang moling ketar,
Xo’rlasang — xotining.Bog’bon bo’lmay bilmas gulning qadiini,
Ari boqmay bilmas bolning qadrini.Bog’da bitgan gilosim,
Otamdan qolgan merosim.Bulbul uchgandan so’ng
Oltin qafasni o’t olsin.Gavhar balchiqqa tushgan bilan
Qimmati o’zgarmas.Gavhar yerda yotmas.
Gavhar ko’p bo’lsa, qadri qolmas.
Gavhar qadrini ko’r bilmas.
Gugurt arzon bo’lsa ham, o’ti — qirnmat.
Gul qadrini bulbul bilar.
Gul g’unchaligida xordir,
Ochilsa, o’zgalarga yordir.Davlat ketgandan keyin
O’zingni somonxonada ko’r.Davlatingni sinasang, kunjut ek,
Obro’yingni sinasang, ko’makka ayt.Dam — g’animat, diydor — g’animat.
Dard chekmagan dori qadrini bilmas.
Dardlining dardini dardsiz na bilar.
Dunyo moli — qo’lning kiri.
Yer ovloq bo’lsa, to’ng’iz tepaga chiqar.
Yetim bo’lmay, ota qadrini bilmas.
Yetti yashar safardan kelsa,
Yetmish yashar ko’rgani kelar.Yo er bo’l,
Yo ering xizmatida bo’l.Yoli qalin eshakdan
Yag’ir bo’lsa ham ot yaxshi.Qadr bilmas qarindoshdan
Yaqindagi yot yaxshi.Yomonning o’zi nima-yu, so’zi nima.
Jafo chekmagan safo qadrini bilmas.
Jon-jon, o’zimning jonim.
Jon jonga kuyar,
Bejon kimga kuyar.Zamona oxir bo’lsa,
Pir muridini izlar.Zamona oxir bo’lsa,
Echkining oti — Abdukarim.Zamonani xo’rladilar,
O’tib ketgach maqtadilar.Zar qadrini zargar bilar,
Dur qadrini — savdogar.Zar qadrini zargar bilar,
Chilangar neni bilar.Zargar ishini misgar o’ng’ay sezar.
Zarrani qadr etmagan
Zarni ham qadr etmas.Zimiston ko’rmagan bulbul
Guliston qadrini bilmas.It izzatga arzimas,
Eshak — tarbiyaga.It iskagan suvni yo’lbars ichmas.
Itdan bo’lgan qurbonlikka yaramas.
Itli mehmon ovulga sig’mas.
Itning ovqati — yuvindi.
Ich yog’i yog’ o’rniga o’tmas.
lchkuyovdan it afzal.
Yo’l uzoq, ko’ngil yaqin.
Yo’rg’aning qadri yelganda bilinar,
Yaxshining qadri o’lganda bilinar.Yo’qolgan bisot topilar,
Yo’qolgan baxt topilmas.Yo’qolgan buzoqning arqoni — qimmat.
Yo’qolgan molning egasi — vali.
Yo’qolgan pichoqning sopi — oltin.
Yo’qotganingni yo’qlab topasan.
Karvonsiz yo’l xarob,
Oqsoqolsiz el xarob.Kelishiga yarasha ketishi.
Kerakli molning bahosi yo’q.
Kerakli toshning og’iri yo’q.
Kimxob to’ning bo’lguncha,
Oltin beshiging omon bo’lsin.Kichikni yosh dema,
Kesakni — tosh.Ko’lda yurgan qo’ng’ir g’oz
Cho’l qadrini na bilsin.Cho’lda yurgan tuvaloq
Ko’l qadrini na bilsin.Ko’lmak suvning qadri yo’q.
Ko’ngil pulga topilmas.
Ko’rlikka ko’ngan xo’rlikka ko’nmas.
Ko’tara sumbat — bir pulga qimmat.
Ko’chada qolgan suyakni qaysi it g’ajimas.
Maydonda sinalgan elda aziz.
Marvarid igna emas.
Mast keldi — past keldi.
Mastlik — pastlik.
Men — aziz, otam — mendan aziz.
Ming ignani yig’nasang, tugma bo’lmas,
Ming ammani yig’nasang, ona bo’lmas.Minnat yerda qolsa ham,
Mehnat yerda qolmas.Minnatli asaldan beminnat kasal yaxshi.
Minnatli tuyadan beminnat to’qli afzal.
Minnatli tilladan beminnat chaqa yaxshi.
Moy sasimas, qiz qarimas.
Mol-dunyo topilar, odam topilmas.
Mol topguncha, qadr top.
Moldan molning farqi bor,
O’ttiz ikki narxi bor.Moling ketsa-ketsin, qadring ketmasin.
Molingga achinma, qadringga achin.
Mulla bo’lding — tilla bo’lding.
Muqaddas joy bo’sh yotmas.
Nimani qilsang xor,
O’shanga bo’lasan zor.Noz qil bardoringga,
Xarid qil xaridoringga.Nozni ko’targanga qil.
Non bolasi — non ushoq.
Non bo’lsa bas,
O’zgasi havas.Non qadrini och bilar,
Kiyim qadrini — yalang’och.Non qon bo’lsa, qon — jon.
Non ham non, ushog’i ham non.
Nonvoyga non aziz,
Tegirmonchiga — un.Nonga e’tibor — elga e’tibor.
Nonga hurmat — elga hurmat.
Ovloq ko’lda baqa — xon.
Odam bolasi — elning lolasi.
Odam bordir, odamlarning naqshidur,
Odam bordir, hayvon undan yaxshidur.Odam — odam bilan,
Yer — suv bilan.Odam odamga g’animat,
Jon — gavdaga.Odam — omonat, diydor — g’animat.
Odamning kuyugi bo’lguncha,
O’rmonning kiyigi bo’l.Oladigan mol oltin bo’lib ko’rinar.
Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q.
Olmos yerda qolmas.
Oltin — balchiqda ham oltin.
Oltin boshli xotindan
Chelak boshli er yaxshi.Oltin yerda qolmas,
Yaxshilik — yo’lda.Oltin yerda qolsa ham,
Bilimli yo’lda qolmas.Oltin yerda, hunar cho’lda qolmas.
Ona — olam faxridir.
Ona tilim — dono tilim.
Ot otdan qolsa, qulog’ini kesar.
Ot xo’rlagan toy minar,
Toy xo’rlagan — tayoq.Ot qadrini bilmagan yayov o’tar,
Yor qadrini bilmagan — yesir.Ot qadrini bilmasa, yayov ko’rar jazosin,
El qadrini bilmasa, yovlar berar jazosin.Ot qarisa, devonaga tushar.
Ota bo’lmay, ota qadrini bilmas,
Ona bo’lmay, ona qadrini bilmas.Ota-ona — davlating,
Farzandlaring — savlating.Ona-onang o’lsa-o’lsin,
Qadrdoning o’lmasin.Otangning mol-dunyosi bilan qolguncha,
Onangning pilta-savati bilan qol.Otini ayagan yo’lda qolmas,
Elini siylagan — cho’lda.Ochlik azobini chekmagan,
Non qadrini bilmas.Osh — avliyo, non — payg’ambar.
Osh har yerda bor,
Kayvoni bir yerda bor.Og’il to’la eshakdan
Oriq bo’lsa ham ot yaxshi.Og’riq qadrini sog’ bilmas,
Och qadrini — to’q.Og’riqsiz bosh yer ostida kerak.
Puli borning nozi bor.
Pulni odam topar,
Odamni pul emas.Sepli kelib kerildim,
Sepsiz kelib sidrildim.Somon-u xashakning bozori bor,
Lola-yu gulning xaridori bor.Sonda bor, sanoqda yo’q.
Sog’ sog’ning qadriga yetmas.
Sulton suyagini xo’rlamas.
Sutsiz sigir — siysiz sigir.
So’z qadrini bilmagan o’z qadrini bilmas.
So’zi o’lganning o’zi o’lar.
So’zing qaytar joydan o’zing qayt.
Talabing bo’lmasa-da, talabgoring bo’lsin.
Tashlaganga tosh tegmas.
Tez kelgan davlatning qadri yo’q.
Tezakchining tengi bor,
O’roqchining o’rni bor.Teshik munchoq yerda qolmas,
Yerda qolsa, kirnlar olmas.Tirigiga kuyguncha, o’ligiga kuy.
Tirigini siylagan biy bo’lar,
O’ligini siylagan boy bo’lar.Tirik ilon insiz qolmas,
Po’lat pichoq — qinsiz.Toshdan toshning farqi bor,
La’1-yoqutning narxi bor.Tulkining o’zi emas, terisi pul.
Uvol bilmasning uvoli yo’q.
Umr qarzga berilmas,
Oltinga sotilmas.Ustoz — otangdan ulug’.
Fil o’lsa ham, tishi o’lmaydi.
Xo’rlik o’limdan yomon.
Chaqirilgan yerning uzog’i yo’q.
Chaqirmasa, boruv yo’q,
Chaqirilsa, qoluv yo’q.Chiroq ko’targan to’dadan orqada yunnas.
Shoqolga yem bo’lguncha,
Bo’rining og’ziga tush.Shoh-gadoning farqi yo’q,
Inson — ulug’, narxi yo’q.Egasi urgan it kechasi sanqir.
El olmasa ellik yil yotar.
El siylagan eshikda o’tirmas.
El qadrini bilmagan,
O’z qadrini bilmas.El qadrini el bilar,
Suv qadrini — yer.El qadrini er bilar,
O’rmon qadrini sher bilar.El qaramasa, er qaramas.
Elda obro’ying bo’lsa,
Yo’lda yuking qolmas.Er aytilgan joyda aziz.
Er yigitni el suyar.
Er yigitning so’zi o’lguncha,
O’zi o’lgani yaxshi.Er tilagan yerda aziz.
Er elida aziz,
Gul — yerida.Er qadrini og’asi emas, el bilar.
Er qadrini er bilar,
Er bilmasa, el bilar.Erlik ko’rsatganni el unutmas.
Eski choponni it qopar.
Eski shoyi eshakka ham to’qim bo’lmas.
Echki egasiga qo’ton yo’q.
Echkining boshi bo’lguncha,
Qo’yning quyrug’i bo’l.Yuk ko’targan yuzaga chiqar.
Yuk ko’targanning yuzi — yorug’.
Yaxshilik — yog’och boshida,
Yomonlik — oyoq ostida.O’z qadrini bilmagan,
O’zga qadrini na bilsin.O’zi yo’qning ko’zi yo’q.
O’zing topmagan molning qadri yo’q.
Uyida hazi yo’qning
Tuzda salobati yo’q.O’ligida azasi yo’q,
Tirigida — mazasi.O’lik bo’lib go’rda yo’q,
Tirik bo’lib to’rda yo’q.O’lik bo’rini it tishlamas.
O’tin ayirgan bolta maydonda qolar.
Qadr-qimmat sotilmas.
Qadr qomatga qaramas.
Qadrdon — qirq yillik,
Qimmatdon — qirq kunlik.Qadring qochgan joydan qoch.
Qadringga yetganni bil,
Qadrlabdi, hurmat qil.Qadrlasang qadring oshar,
Qadrsizdan hamma qochar.Qaytgan so’zning qadri yo’q.
Qamish bosh ko’tardi — bo’yro bo’ldi.
Tuproq bosh ko’tardi — to’tiyo bo’ldi.
Qarshining arpasini yegan eshak,
Samarqanddan hangrab kelar.Qarg’a qafasda boqilmas.
Qatorda noring bo’lsa,
Yuking yerda qolmaydi.Qiz qalini — qirq yilda.
Qiz qalinsiz bo’lsa ham,
Qa’dasiz bo’lmas.Qizi borning nozi bor,
O’g’li borning — o’rni.Qizni so’raganga ber,
Qimizni — suvsaganga.Qopning gardi ketsa-ketsin,
Odamning burdi ketmasin.Qornimga yig’lamayman,
Qadrimga yig’layman.Qulonga qoqning qadri o’tar.
Qumdan qo’rg’on bo’lmas,
Kuyovdan — o’g’il.Qo’ldagi oltinning qadri yo’q.
G’arib bo’lmay, bilmas elning qadrini,
Mehnat qilmay, bilmas pulning qadrini.Har narsa o’z yerida qadrli.
Har narsa o’z yerida qadrsiz.
Inson qadri haqida maqollar