Inson organizmida kalьtsiy yetishmovchiligining alomatlari
muslim.uz/index.php/tabobat/item/2818Inson organizmida kalьtsiy yetishmovchiligining alomatlari
DO`STLARGA ULASHING:
Inson salomatligi hamda xotirjamligi uchun organizmda barcha vitaminlar va mineral moddalar meʼyorda boʼlishi zarur
U yoki bu moddaning yetishmovchiligidan inson tanasi xastalanib, bu haqda signal beradi.
Bu kalьtsiy moddasiga ham tegishlidir. Uning yetishmovchiligidan nafaqat bolalar va yoshi ulugʼ kishilar, balki mehnatga yaroqli yoshdagi aholi ham aziyat chekadi.
Bundan tashqari yoshligida yetarli miqdorda kalьtsiy moddasiga boy neʼmatlardan isteʼmol qilmaslik qariganda suyak va boʼgʼim kasalliklariga chalinishga sabab boʼladi.
Quyida keltiriladigan tanadagi oʼzgarishlar kishini bu haqda ogohlantiradi:
— Tirnoq, soch va suyaklar moʼrtligi.
— Tirnoq yupqalashib, sekin oʼsadi, lat yeyish va sinish hollari oson boʼlib qoladi. Sochlarning rangi oʼchib, koʼp toʼkiladi, uchlaridan sinishi koʼpayadi.
— Kalьtsiy yetishmovchiligidan tishlar zaiflashadi. Ular sinuvchan va shikastlanishga taʼsirchan boʼlib qoladi.
— Kalьtsiy yetishmovchiligini boshidan kechirayotgan kishi asabiy va serjahl boʼlib qoladi. Tez charchaydi, fikrlari tarqoq boʼladi. Shuningdek, badanda tez-tez titroq yuz berib turadi.
— Bolalarda oʼsishning sekinlashuvi kalьtsiy yetishmovchiligidan darak beradi.
Kalьtsiy yetishmovchiligi aniqlanganida shifokorlar bu holatni meʼyoriga keltirishga oʼtishadi. Bunda avval parhez uslubi tavsiya etiladi. Organizmda kalьtsiy moddasini koʼpaytirish uchun shifokorlar kalьtsiyga boy boʼlgan tabiiy ozuqaviy mahsulotlarni koʼproq isteʼmol qilishga asoslaniladi. Bunday ozuqaviy manbalar qatoriga sut mahsulotlari (tvorog, sut, yogurt, kefir, pishloq, qaymoq va boshqalar); yashil sabzavotlar karam, turp va rediska bargi bilan, yaproqli koʼkatlar (rayhon, petrushka, ukrop); dukkakli oʼsimliklar (noʼxat, fasolь); yongʼoqlar (pista, yongʼoq, bodom); kunjut, baliq konservalari va turli mevalarning yangi olingan sharbatlari kiradi.
Organizm kalьtsiyni oʼzlashtirishiga maʼdanli gazlashtirilgan ichimliklar, kofe va alkogolь toʼsqinlik qiladi.Jaloliddin Nuriddinov
27 aprelь 2017 yil
Inson organizmida kalьtsiy yetishmovchiligining alomatlari