Insholar to’plami
Insholar to’plami
DO`STLARGA ULASHING:
Abdulla Qodiriyning
Hayoti va ijodi.
REJA:
A.Qodiriyning bolalik va yoshlik yillari.
A.Qodiriyning ilk ijodi.
A.Qodiriy – jurnalist.
A.Qodiriy – tanqidchi.
BAYONI:
Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda bog’bon oilasida dunyoga keldi. “Boshida boy oilada tug’ildimmi yoki kambag’al oiladami, albatta, bilmadim, – deb yozadi A.Qodiriy, – ammo yoshim 7-8ga yetgach, qornim oshga to’ymog’onidan, ustim tuzukroq kiyim ko’rmaganidan aniq bildimki, besh jonning tomog’i faqat 80 yoshli bir chol otamning mehnatidan, 1300 sarjin bog’ning yozda yetishtirib beradigan hosilidan kelar ekan. Agar bahor yomon kelib, bog’ mevalari ofatga uchrab qolsa, biz ham ochliqqa duch kelib, qishi bilan jovrashib chiqar ekanmiz”.
Abdulla bolaligidayoq zehni o’tkir, o’qish-o’rganishga mehr-ishtiyoqi baland bo’lgan. Ammo oiladagi moddiy muhtojlik tufayli bir oz kechikib, 9-10 yoshlarida maktabga boradi. Ikki-uch yil eski maktabda o’qigach, 12 yoshida uni oiladagi nihoyatda qashshoqlik vajidan bir boyga xizmatchilikka beradilar. Xo’jayin savdogar kishi bo’lib, o’rischa yozuv-chizuvni biladigan odamga muhtoj edi. Abdullaning zehnini, o’qishga ishtiyoqini sezgan savdogar uni rus-tuzem maktabiga yuboradi. Ham o’qish, ham o’qishdan keyin xo’jayin qo’lida ishlash Abdulla uchun og’irlik qiladi, maktabga yaxshi bilim ololmaydi. Bu hol ikki davom etadi. So’ng bunga chidolmay, ota-onasiga yolvorib o’z uyiga qaytib keladi, shu yerda turib o’qishga qatnaydi. O’qishdan bo’sh vaqtlarida akasi yoniga kirib toqichilik hunarini o’rganadi. Ikki-uch yil shu toqichilik va bog’ ishlari bilan band bo’ladi. Bolalikda egallagan bu hunarlarni, ayniqsa, bog’dorchilikni u bir umr tark etolmaydi.
Abdulla rus-tuzem maktabini 1912-yil muvaffaqiyat bilan tugatdi. Bu maktabda o’qish, bolaligidanoq rus tilini egallash bo’lg’uvchi yozuvchi ijodiy taqdirida muhim kasb etdi, rus va jahon adabiyoti, madaniyati bilan tanishuvi uchun bevosita yo’l ochib berdi. Ikki yil o’tgach, Abdulla Toshkentdagi Abulqosim madrasasiga o’qishga kirdi. Madrasadagi qisqa ta’lim uning islom ilmi, arab va fors tillarini egallashi, keyinchalik bu sohalarni mustaqil o’zlashtirish uchun zamin hozirladi.
Abdulla 1912-yili Rasulmuhammadboy otliq savdogarga prikazchik bo’lib ishga kirdi. Bu savdogar boy insofli, ochiqko’ngil, mulla, ziyolilarni hurmat qiladigan kishi edi. Bu odam xonadonida yashab, uning savdo do’konida ishlab, Abdulla zamonasining ko’p ilg’or, ziyoli kishilari bilan tanishadi. 1914-yili boyning katta qizi Rahbaroyga uylanadi. Abdullaning bundan keyingi ham totuv, ham sertashvish hayoti, faoliyati umr yo’ldoshi Rahbaroy, u keyinchalik birin-ketin in’om etgan ikki o’g’il, ikki qiz – Nafiza, Habibulla, Adiba, Ma’sudlar bilan kechdi.
Abdulla ijodiy faoliyatining boshlanishi ham o’sha davrga to’g’ri keladi. “Shu miyonalarda, — deb eslaydi A.Qodiriy, — bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadig’on gazetalarni o’qib, dunyoda gazeta degan gap borlig’iga imon keltirdim. 1913-yilda o’zbekcha “Sadoyi Turkiston”, “Samarqand”, “Oina” gazetalari chiqa boshlag’och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg’ondi”. “Sadoyi Turkiston” gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida “Yangi masjid va maktab” sarlavhali xabari bosilgan. Bu xabar ostiga Abdulla Qodiriy deb imzo chekilgan. Shu tarzda matbuotda Abdulla Qodiriy nomi paydo bo’ldi. Oradan ko’p o’tmay shu nom ostida “Millatimga”, “Ahvolimiz” she’rlari, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi chiqdi. Bu asarlar Qodiriyning ijodidagi dastlabki izlanishlar bo’lib, ular o’sha davrning taraqqiyparvar harakati – jadidchilik g’oyalari bilan sug’orilgan, jadid adabiyoti ta’siri ostida yozilgan edi. Bu asarlarda Qodiriy qoloq odatlarni tanqid ostiga oladi, xalqni o’zligini anglashga, yangilikka da’vat etadi.
Yozuvchining “Juvonboz” asari bevosita Behbudiyning “Padarkush” dramasiga taqlidan yozilgan. Hikoyada o’qishni tashlab buzuq, shaltoq yo’llarga kirib ketgan boyvachcha otasining mol-mulkini sovuradi, sindiradi; ota-onani dog’da qoldirib, oxiri jinoyatga qo’l uradi, qamaladi. “Baxtsiz kuyov”da esa muallif qoloq odatlardan biri – hashamatli to’y ortiqcha sarf-xarajatlar va ularning ko’ngilsiz oqibatlari masalasini ko’taradi. Amakisining maslahati bilan Solih ismli yetim yigit katta qarz ko’tarib dabdabali to’y qilib, boy xonadon qiziga uylanadi. Vaqtida qarzini uzolmay garovga qo’yilgan hovli-joyidan ajralish oldida sharmandalikdan o’zini-o’zi o’ldiradi.
Qodiriyning oktabr inqilobidan keyingi faoliyati asosan matbuot bilan bog’langan. 1919-yili “Oziq ishlari” gazetasiga muharrir bo’lib tayinlandi; so’ngra “Ro’sta” gazetasiga muxbir, “Ishtirokiyun” va “Qizil bayroq” gazetalarida xodim, “Inqilob”, “Kommunist yo’ldoshi” majmualarida sarkotib va xodim bo’lib ishlaydi.
Qodiriy ham matbuot xodimi, ham jurnalist-publitsist, hajviy yozuvchi sifatida O’zbekistonda yangi tipdagi sovet matbuotining tug’ilishi va shakllanishida benihoyat katta xizmat qildi. Ayniqsa, “Mushtum” jurnalining tashkil topishida va oyoqqa turishida katta jonbozlik ko’rsatdi.
Qodiriy matbuot, jurnalistika sohasidagi bilimi va malakasini oshirish maqsadida 1924-1925-yillar orasida Moskvadagi oliy jurnalistika institutida ta’lim oladi. Moskvada o’qigan kezlarida ham respublika matbuoti bilan aloqasini uzmaydi.
Qodiriy 1919-1925-yillar orasida matbuotda yuzlab maqola, hajviyalari bilan qatnashadi. Bu asarlarni u har xil – Qodiriy, Julqunboy, Kalvak Mahzum, Toshpo’lat, Ovsar, Dumbul, Shig’oy degan imzo-taxalluslar bilan e’lon qilgan.
Qodiriy publitsistikasining mavzu-mundarijasi, muammolar doirasi keng. Ular orasida hayotdagi muhim tadbirlarni, yangiliklarni olqishlab, qo’llab-quvvatlovchi, targ’ib-tashviq etuvchi (“Matbuot kuni”, “Otam va Bolshevik”, “1918-yil yodgori”, G’irvonlik Mallaboy aka“singari”), hayotdagi xilma-xil illatlarni fosh etuvchi maqolalar hamda bir turkum adabiy-tanqidiy ishlarni uchratamiz. Qodiriyning “Bizda teatr ishining borishi”, “Ravot qasgqirlari”, “O’tgan kunlar” va “O’tgan kunlar tanqidi ustida ba’zi izohlar” maqolalari 20-yillar o’zbek tanqidchiligining eng yaxshi namunalaridandir. Ularda realistik adabiyotning jiddiy masalalari – haqqoniylik, milliylik, badiiy shakl haqida muhim fikrlar ilgari surilgan.
Qodiriy oktabr inqilobi tufayli so’z erkinligi, jasorat oldik, deb quvongan edi. Endi bor ovoz bilan haqiqatni aytish, yozishga chog’lanadi. U inqilobni, yangi hayotni olqishlash, himoya qilish bilan barobar bu hayot yo’lidagi xilma-xil to’siqlarni fosh etishga, sho’ro voqealigiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib ko’rsatishga jazm etdi. U yangi hayot yo’lidagi to’siqlar faqat sinfiy dushmanlar – boy, domla-imom, ruhoniylar qarshiligidan iborat emasligini bilardi. Yangi dunyo quruvchilari ongi, xatti-harakati, o’zi ichki ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga to’la edi. Qator maqolalarida, hajviyalarida adib mana shu ziddiyat, kamchiliklarni ko’rsatishga harakat qildi. Ammo uning bu intilishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yilda “Mushtum” jurnalida bosilgan “Yig’indi gaplar” hajviyasida hayotdagi kamchiliklar, hukumat kishilari haqidagi beozor kulgi, hazil uchun aksil-inqilobiy harakat qilganlikda ayblanib qamoqqa olinadi. Qodiriy o’ziga qo’yilgan asossiz ayblarni qat’iyan rad etadi. Qamoqxonada nohaqlikka norozilik sifatida ochlik e’lon qiladi. Uzoq davom etgan tergovda, nihoyat, sudda mardona turib tuhmatchi, pastkash kimsalarni ayovsiz fosh etadi, siyosiy ayblar va dag’dag’alardan aslo cho’chimay, hech ikkilanmay faqat haqiqatni aytadi, qat’iy turib o’z sha’nini himoya qiladi. “Men to’g’rilik orqasida bosh ketsa “ix” deydirgan yigit emasman” deydi.
Oily sud
Tayanch iboralar.
Jadidchilik g’oyalari, mustaqillik, siyosiy tuzum, ziddiyat, haqiqat, sho’rolar davri, siyosat, nohaqlik.
Savol va topshiriqlar:
Qodiriyning o’zbek adabiyoti, madaniyati taraqqiyotidagi o’rni, xizmati nimadan iborat?
Qodirining bolalik va yoshlik yillari qanday kechgan?
Qodiriyning ilk ijodi, asarlariga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
Adabiyotning inqilobiy o’zgarishlar davridagi ijtimoiy faoliyati haqida.
Qodiriy jurnalist sifatida qanday ishlar olib borgan?
Qodiriyni yozuvchi sifatida elga tanitgan qaysi hajviy asarlari bilan tanishsiz?
8-MAVZU: “O’TGAN KUNLAR” VA “MEHROBDAN CHAYON” ROMANLARI
CHO’LPONNING HAYOTI VA IJODI. “OYDIN KECHALARDA” HIKOYASI.
REJA:
Cho’lponning hayoti va ijodi.
Cho’lponning dastlabki asari.
Cho’lpon – publitsist va dramaturg.
Cho’lponning nasriy asarlari.
“Oydin kechalarda” hikoyasining asosiy g’oyasi.
Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon 1897-yilda Andijonda tug’ilgan. Uning otasi Sulaymon Muhammad Yunus o’g’li bazzozlik bilan shug’ullangani uchun Andijon aholisi o’rtasida Sulaymon Bazzoz ismi bilan shuhrat topgan. Unda ham adabiyotga havas kuchli bo’lgan va hatto “Rasvo” taxallusi bilan she’rlar yozgan. Ammo Sulaymon Bazzoz, o’zidagi bu adabiy didga qaramay, o’g’lining yozuvchi emas, balki mudarris bo’lishini xohlagan. Cho’lpon esa Andijon va Toshkentdagi madrasalarda tahsil ko’rishi asnosida o’z davrining ilg’or qarashlari bilan tanishib, o’zga yo’ldan borishga qaror qildi.
Cho’lpon bilan yaqin ijodiy aloqada bo’lgan V. Yaning yozishicha, o’zbek shoiri unga o’zining hayot yo’li to’g’risida so’zlab, bunday degan: “Yoshlik chog’imda Farg’onada gazmol bilan savdo qiluvchi otam musulmonchilikka haddan ziyod berilgan bo’lib, mullalar bilan do’st tutingan edi. U meni ham mullovachcha qilib o’stirish niyatida tahsil ko’rish uchun madrasaga bergan. Men u yerda bir kishi bilan tanishdim va bu kishi menga ta’sir ko’rsatdi. U “Qur’on”ni boshdan oyoq yod olgan mullo bo’lgani uchun mudarris degan nufuzli unvonga sazovor bo’lgan. U Istambuldagi Panturkistlar markazidan Panturkistlar va panislomistlar ta’limotini tarqatish uchun Xitoy Turkistoniga yuborilgan va Farg’onada tashviqod uchun to’xtagan bir turk edi. U meni turli-tuman muammolar bilan birinchi marta tanishtirib, menda siyosiy va adabiy ishga qizg’in havas uyg’otgan. Men “Qur’on”ni yodlashdan iborat saboqlardan so’ng hamma narsani unutib,ko’chaga yugurar va yangi gazetalarni sotib olar edim. Ammo mudarrislik qilish o’rniga men milliy o’zbek yozuvchisi bo’lishga ahd qildim. Otamdan ham, mullalardan ham qochib, Toshkentga bordim va u yerda she’rlar, hikoyalar yozib, jurnallarga yubordim”.
… Hoji sartarosh oilasida tug’ilgan yagona farzand o’n yoshga yetganida, Ufadagi “Madrasai oliya”ni tugatgan bir muallim kelib qoladi. U gazeta o’qiydigan va “yetmish ikki tilni biladigan” hoji sartaroshning shuhratini eshitib, u bilan tanishishni ixtiyor etdi. Muallim sartaroshxonaga kelganda, Muhammadyor ham otasining qoshida edi. Hoji Ahmad gap orasida o’zining yolg’iz o’g’li haqida so’z ochib, uni o’qitishini muallim afandidan so’raydi. Bir yil mobaynida muallim Muhammadyorga ahkomi islom, tarix va jug’rofiyadan mukammal bilim beradi. Ota-bola muallim afandini poyezdga chiqarib, vokzaldan qaytayotganida, qimorbozlik orqasida bir-birlariga musht ko’targan bezorilarga duch keladilar. Hoji ularga pandu nasihat qilmoqchi bo’lganda qimorbozlardan biri bo’g’ib o’ldiradi. O’layotgan ota o’g’liga vasiyat qiladi.
“Do’xtur Muhammadyor” ana shunday fojiali tugun bilan boshlanadi. Cho’lpon yaxshi kishilar ko’magida ota vasiyatiga amal qilib, dastlab Bakuda, so’ng Peterburgda va Shvetsariya dorilfununlarida o’qib, mashhur doktor, yozuvchi va noshir bo’lib yetishgan Muhammadyor siymosida Hamzaning “Yangi saodat” qissasidagi Olimjon bilan qondosh bo’lgan ideal qahramon obrazini yaratdi. Bu qahramon jaholatga qarshi kurashda ilm-fanni birdan-bir qurol deb biladi, shu qurol yovdam xalqning sihat-salomatligi uchun kurashadi. Hamma uning singari baxtli va jamiyat uchun foydali ishlarni yetkazishga ishonadi.
1917-yil fevral inqilobi ro’y beradi “Oq podshoh”ning taxtidan ag’darilishi jadidchilik harakati namoyondalarida mustaqil o’zbek davlatini barpo qilishga umid uyg’otadi. Lekin bu harakat xalqni uyg’otib ulgurmagan, milliy inqilob uchun qurolli kuchlarni tayyorlay olmagan edi. Shu sababli oktabr to’ntarishiga qadar milliy davlatni barpo etish g’oyasi xom hayolligicha qoladi.
Lekin O’zbekistonga hatto muxtor Respublika huquqini berishni istamagan bolsheviklar 1918-yil fevralida Turkiston muxtor davlatini tor-mor qildirdilar, uning tashabbuskorlari esa quvg’inga uchradi. Cho’lpon o’sha kezlarda ta’qibdan qochib Orenburgga bordi va Boshqirdiston hukumatining raisiga kotib bo’lib ishladi.
O’zbekistondagi alg’ov-dalg’ovlar biroz tinchigach, u Toshkentga qaytib, 1919-yilning kuzida “Yangi sharq” gazetasi tahririyatiga ishga kirdi. Bu gazeta “Farg’ona viloyati milliy ishlar mudirligining organi bo’lib, uning teppasida “Birlashingiz, butun dunyo mehnatkashlari” degan shior bilan birga “Yashasin sharq ozodligi” degan so’zlar ham yozilgan edi. Cho’lpon gazetada shu so’nggi shior ruhi bilan sug’orilgan maqollar e’lon qildi.
1923-yil Cho’lponning boshqa bir maslakdosh do’sti Abdulxay Tojiyev Andijonga “Darxun” gazetasini tashkil etish uchun ishga yuboriladi. Bu davrda boshqa biror joydan moddiy madad olmagan “bosmachilar” o’z saflarini to’ldirish, oziq- ovqat va qurol- yarog’ uchun mablag’ topish niyatida o’qtin-o’qtin Farg’ona vodiysidagi qishloqlarda hujum qilib, aholiga jabr keltirayotgan edilar. “Darxun” ana shu voqealarga aralashib vodiyga tinchlik o’rnatish maqsadini o’z oldiga qo’ydi. A. Tojiyevning taklifi bilan Cho’lpon ham vodiyga borib xizmat qildi.
Cho’lpon “Yangi sharq” gazetasida ishlab yurgan kezlari, 1920-yilda “Yorqinoy” ertak-pyesa yozgan va bu asar 1921-yili Mannon Uyg’ur truppasi tomonidan sahnaga qo’yilgan edi. 1924-yili “Darxun” gazetasi tugatilib, yana Toshkentga ko’chib kelganida milliy o’zbek teatrini tashkil etish bo’yicha jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda edi. U 1924-1926-yillarda Moskvada malakali o’zbek san’atkorlarining shakllanishi va bo’lajak Hamza nomli teatrning tashkil topishida mislsiz rol o’ynadi. Ayrim manbalarga qaraganda, u o’sha yillari Moskvadagi V. Bryusov nomidagi institutda tahsil ko’rdi.
Cho’lpon 20-yillarning o’rtalarida ham she’riy, ham nasriy, ham drammatik ijod bilan faol shug’ullandi. “Buloqlar” (1922), “Uyg’onish” (1923), “Tong sirlari” (1926) she’riy to’plamlarini, “Oydin kechalarda”, “Qor qo’ynida lola”, “Novvoy qiz”, “Oq podshoning in’omi” singari o’nga yaqin hikoyalarini, qator maqolalarini e’lon qildi. Ammo, 30-yillarda avj olgan tanqid va taxhdid sharoitida uning asarlari bosilmay qoldi. Shundan keyin Cho’lpon ko’proq badiiy tarjima bilan shug’ullanishga majbur bo’ldi.
Shu bilan birga, u 30- yillarda “Kecha va kunduz” dilogiyasi, “Soz” she’rlar to’plamini chop etdi, “Teatru” gazetasi va “Mushtum” jurmalida qatnashdi.
Buyuk ma’rifatparvar va serqirra faoliyat sohibi Cho’lpon 1937- yilda qamoqqa olinib, boshqa maslakdosh birodarlari bilan birga 1938-yil 4-oktabr kuni otib tashlandi.
Cho’lponning adabiy merosida “Kecha va kunduz” romanidan tashqari, yana bir necha hikoyalari ham borki, ular nafaqat g’oyaviy mazmuni, baliki badiiy fazilatlari bilan ham diqqat-e’tiborga sazovordir. Shunday hikoyalardan biri “Oydin kechalar” deb ataladi. 1922-yilda yozilgan bu hikoyada Cho’lpon ijodining yana bir asosiy mavzularidan biri – xotin-qizlar masalasi ko’tarilgan.
Hikoya shunday tasvir bilan boshlanadi:
“Zaynab kampir bir narsadan cho’chib uyg’ondi. Oppoq oydin, oy kampir yotgan so’richaning qoq o’rtasidan unda-munda bitta-yarimta uchragan oq bulutlarni yorib, shoshib o’tib borar edi.
Kampir u yog’-bu yog’iga yaxshilab qarab, oydinda hech bir qora-mora uchratmagandan keyin yana bolishga boshini qo’ydi…”
Bunday muqaddima so’zlardan keyin kitobxon Zaynab kampirni hikoyaning bosh qahramoni, deb o’ylashi va uning xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatishi tabiiy. Yozuvchi ham kitobxonda uyg’onfan ana shu taassurotni xuddi sezgandek, kampirning xayollarini tortgan “pilta savat, ko’rpa qavuq ipdan tortib, bu yil pilladan chiqadigan ipakkacha” – hammasini erinmay tasvirlaydi. So’ng kampirning arang uyquga ketgani va, ko’p o’tmay, uyqu aralash yig’i tovushini eshitganini aytadi.
Xuddi shu yerdan boshlab hikoyaning tuguni boshlanadi.
“Bu kim? Kechalari uxlamasdan yig’lab chiqquchi kim? Hamma tinch va rohat uyquga tolgan bir zamonda qalbini yaralab yig’laguchi qanday baxtsizdir?…”
Kampir yig’layotgan ayolni Xadicha otinning kelini desa, bugun uning dugonalari kelib, “ikki xuftongacha” o’yin-kulgu qilishdi. Balki qo’shnining kelinidir…
“Mana, kampirning o’z kelini, uy-joyi, kiyim-kechagi – hamma narsasi tayyor… Novdadek kuyov yonida…”
Kampir shunday xayollar bilan yig’i kelgan tomonga asta borib, ne ko’zlar bilan ko’rsinki, yig’layotgan ayol o’zining kelini edi.
Cho’lpon shu lahzaga qadar voqeani tabiat manzaralrini tasvirlash va kampirning xayollarini jonlantirish orqali ochayotgan edi. Endi qaynona bilan kelin yuzma-yuz kelganlarida, hikoyaga o’z-o’zidan savol-javob usuli kirib keladi:
“ – …Aylanay, bolam, Qodirjon qani?
– Qodirjonni so’ramang, onajon…Mana, kelin bo’lib kelganimga bir yarim oydan oshgan bo’lsa, shu bir yarim oyning ichida ikki kechagina birga bo’ldik… Boshqa kunlarda har kecha kuta-kuta tong ottirib yuboraman. Shuncha kun chidab kelib-kelib, mana bu kun o’z qadrimga o’zim yig’lab yubordim. Qanday qilay? Men odam emasmi?”
Vaziyatni tushungan kampir nima deyishini ham bilmaydi.
“– Otasi ham shundoq edi, qizim”.
Kampirning qarigan,qurigan ko’zlariga yiroq-yiroq yerlardan ikki tomchu keladi. Butun tanini, butun a’zolarini bosib, ezib, sidirib kelgan shu ikki tomchi yoshini yengi bilan artgandan keyin shunday deydi kampir.
Xo’sh, Qodirjonning otasi nega uyga kech qaytgan? Qodirjonning o’zi-chi? Ular qanday tashvishlar bilan band? Turmushning qaysi yechilmas tugunlari tufayli ular oilalari bag’rida yashamaydilar?.. Bunday savollarga shu payt mast-alast holda uyga kirib kelib, obrezga yiqilgan Qodirjonning holati va “Gde, gde maya Anna, gde maya Annushka?” degan telba-teskari ashulasi javob beradi.
“Qizil shohi ko’ylak, qopqora sochlari yerda sudralgan” iffatning, nafosatning, mehrigiyoning qadrini oyoqosti qilib, otasining iflos odatini davom ettirgan Qodirjon hikoya xotimasida razil va pastkash bir inson sifatida gavdalansa, o’n gulidan bir guli ham ochilmagan kelin go’zallik va ezgulikning xorlangan ma’budasi o’laroq ko’rinadi. Yo’q, u razillik va pastkashlik oldida mag’rur qoya singari qad ko’tarmaydi. Balki razillikdan ozor chekayotgan, razillikka qarshi kurashga tayyor bo’lmagan, shuning uchun ham mehr va madadga, ko’makka muhtoj ayol sifatida e’tiborimizni tortadi.
Cho’lponning bu hikoyasida biz ikki holatni ko’ramiz. Cho’lpon xotin-qizlarga munosabatning kirib kelishi yaxshi bo’lmagani, ular haq-huquqining kamsitilgani uchun jamiyat e’tiborini ayollar taqdiriga qaratmoqchi bo’lgan. Ikkinchidan mustamlakachilik davrining boshlanishi bilan bizga ichkilikbozlik, axloqsizlik singari illatlar natijasida xotin-qizlarni kamsitish yanada avjiga chiqqan.
Cho’lpon “Oydin kechalarda” hikoyasida ana shu illatlarni bartaraf etish, o’zbek xotin-qizlariga xos vafo, iffat, go’zallik va ruhiy boylikning qadriga yetish hamda ularga bo’lgan munosabatni keskin o’zgartirish g’oyasini ilgari suradi. Hikoya hajm nuqtayi nazaridan kichik bo’lishiga qaramay, yozuvchi unda Zaynab kampirning ham, kelinning ham ruhiy holatini katta mahorat bilan ochgan. Badiiy tafsillarning ko’pligi va aniqligi hikoyada hayot haqiqatining yorqin va haqqoniy tasvir etilishiga katta imkoniyat yaratgan. Umuman, muallif bu hikoyasi bilan kelajakda katta epik asar yozish darajasiga yaqinlashib borayotganini namoyish qilgan.
Tayanch iboralar.
Badiiy, ijodiy, shoir, faoliyat, maqola, shakllanish, voqea, o’zbek, asarlar, she’rlar to’plami, hikoya, g’oyaviy mazmun, tasvir,haq-huquq, epik.
Savol va topshiriqlar:
Cho’lponning adabiyot olamiga kelish yo’li haqida nimalarni bilasiz?
Cho’lpon jadid yozuvhisi sifatida qanday asarlar yozgan?
Cho’lpon jadidchilik harakatining qaysi namoyandalari bilan yaqin aloqada bo’lgan?
Cho’lpon she’riyatining Hamza she’riyatidan farqi nimada?
Cho’lponning kuyga solingan qanday she’rlarini bilasiz?
Cho’lponning qanday asarlari asosida teatr spektakllari, kino yoki telefilmlar yaratilgan?
Cho’lponning qanday hikoyalarini bilasiz?
Adibning “Oydin kechalarda” hikoyasini yozishdan maqsadi nima?
Hikoyadagi kelin va kampir obrazlarni o’zaro muqoyasa qiling va bu muqoyasadan ma’lum bir xulosalar chiqarishga urining.
9-MAVZU: CHO’LPONNING “YORQINOY”
DRAMASI.
REJA:
Dramaning yozilish tarixi.
Dramada aks ettirilgan voqealar.
Asarning badiiy xususiyatlari.
BAYONI:
Cho’lponning dramaturgiya sohasidagi ilk asarlari 20-yillar arafasida maydonga kelgan bo’lsa-da, ular shuningdek, 1920-yilda yozilgan “Yorqinoy” dramasi ham kchik sahna asarlari edi. Shuning uchun ham Moskvadagi o’zbek drama studiyasida sahnalashtirish uchun mahalliy mavzudagi asarlarga ehtiyoj tug’ilganidan Cho’lpon mazkur pyesani qayta ishlab uni 1926-yilda kitob holida nashr etdi.
Pyesada Cho’lponning bag’ishlov so’zlari ilova etilgan: “Totli va boy tili bilan ertak aytib berib, shu asarning yozilishiga sabab bo’lgan KAMPIR ONAga hurmat bilan bag’ishlayman”.
Bu so’zlardan ma’lum bo’lishicha, “Yorqinoy” pyesasi zaminida Cho’lponning “kampir onasi”dan eshitgan xalq ertagi yotadi. Ayrim manbalrda esa “Yorqinoy” pyesasida Andijondagi Po’latxon qo’zg’oloni bilan bo’gliq voqealar aks ettirilgan, degan fikr ham mavjud. Bizningcha ham, Cho’lpon yoshligida “kampir onasi”dan Po’latxon qo’zg’oloni haqidagi ertaknamo voqeani eshitgan va mazkur asarni yaratishda shu ertak-voqeadan foydalangan bo’lishi mumkin.
O’lmas Botir ismli sarkardaning qarorgohida bog’bonlik qilgan Po’lat bilan uning Yorqinoy o’rtasida muhabbat shabadasi esa boshlaydi. Po’lat bu uyning oddiy xizmatkori, Yorqinoy esa xonzodalarga mos qayliq bo’lgani uchun bog’bon yigit o’z sevgisining baxtli natija bilan tugashi mumkinligiga ishonmay O’lmas Botir xonadonidan ketmoqchi bo’ladi. Shu payt Po’latni Yorqinoy bilan tanholikda uchratib qolgan Botir uni benomuslikda, ko’rnamaklikda ayblaydi. Yorqinoyni ham or-nomusni unutib, faqir bir xizmatkor bilan uchrashgani uchun o’ldirishga tayyor ekanligini aytadi. Yorqinoy esa haq yo’lida o’limga ham tayyor.
O’lmas Botir va unga o’xshash kimsalar uchun haq ikki xil bo’lgan: o’zlari uchun va o’zgalar uchun. O’zlari uchun mavjud bo’lgan haq uni o’zining yolg’iz qizini jazolashga imkon bermaydi, lekin o’zgalar uchun haq tushunchasi uni shu lahzaning o’zida Po’latni qatl etish uchun yo’l ochadi. Ana shunday e’tiqod bilan yashagan O’lmas Botirning halol inson emas, balki zolim va qonxo’r sarkarda ekanligi ma’lum bo’ladi. U bilan ilk bor to’qnashgan va yuzma-yuz olishishga majbur bo’lgan Po’lat o’zining va otasining kim ekanligini undan so’rab bilmoqchi, o’z ajdodlarining taqdiri to’g’risida xabar topmoqchi bo’ladi. Lekin kutilmaganda bu narsa O’lmas Botirning eng dahshatli siri ekanligi oshkor bo’lib qoladi.
Agar biz Cho’lpon ijodi va ijtimoy faoliyatining negiz-negiziga nazar tashlasak, uning uchun faqat bir sajdagoh bor ekanligini ko’ramiz. Bu xalqdir. Xalq qayerda bo’lsa, haq ham o’sha yerda bo’ladi. Shuning uchun ham Cho’lpon otasi orzu qilgan mudarrislik kasbini tanlamay, o’zini xalq baxt-saodati yo’lida mashaqqat va azoblar bilan to’la kurashga bag’ishlagan edi. Yorqinoyning ham “hunari go’rkovnikidan ham yomon” otasidan voz kechib, Po’lat sarkardasi bo’lgan xalq bag’riga otilishida Cho’lpon tushungan hayot ma’nosi yotadi.
Yorqinoy Po’latga ruhan yaqin bo’lgani, uni nafaqat or-nomusli, irodali yigit, balki haqiqat yo’lida kurashga tayyor bo’lgani uchun ham sevadi. Yorqinoy otasining qonli ishlaridan xabardor bo’lgach, undan voz kechib, Po’lat olib borgan kurashga qo’shiladiki, biz uning vujudida To’marisning qoni jo’sh urib turganiga ishonch hosil qilamiz.
Po’lat o’z do’stlari – qashshoq xalq vakillari bilan birga hamda yoshlikdan jangovarlik an’analari asosida tarbiya ko’rgan Yorqinoy yordamida xon qo’shinlarini yengib, saltanat tepasiga keladi. Ammo Yorqinoy uchun toju taxt emas, uni sevuvchi, unga butun hayotini bag’ishlovchi Po’lat kerak edi. U Po’latning saltanat ishlaridan ortgan daqiqalarinigina huzurida, yana horigan holda o’tkazayotganini ko’rib g’azablanadi, toju taxtdan ham nafratlanib ketadi. Shunda Po’lat Yorqinoyga bunday javob beradi: “Toju taxt… toju taxtning orqasida yurt bor, el bor, xalq bor… uni o’ylash kerak… uning g’amini yeyish kerak…”
Tayanch iboralar:
Dramaturgiya, pyesa, sahnalashritirish, obraz, dialog, monolog, dramatik lavha, voqea, xalq qahramonlik dostonlari,toj-taxt,g’oya.
Savol va topshiriqlar:
“Yorqinoy”dramasining yaratilish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
Po’lat va Yorqinoy obrazlarini tasvirlab bering.
Po’lat kim bo’lib ishlar edi?
U O’lmas Botirdan nega otasi haqida so’raydi?
Nega Po’lat Yorqinoyni sevgani holda mamlakatga rahbar bo’lgach undan uzoqlashgandek bo’ladi?
“Yorqinoy” pyesasi asosida kichik sahna asari tayyorlang.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
N.Karimov “O’zbe adabiyoti”, Behbudiy Tanlangan asarlar, A.Avloniy Tanlangan asarlar, A.Fitrat “Abulfayzxon”, H.H.Niyoziy “Maysaraning ishi”, H.Qodiriy “Otam to’g’risida”, A.Qodiriy “Kalvak Mahzumning xotira daftaridan”, A.Qodiriy “Toshpo’lat tajang nima deydi?”, A.Qodiriy “O’tkan kunlar”, A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”, Cho’lpon “Hikoyalar to’plami”, Cho’lpon “Yorqinoy” dramasi
1-MAVZU: G’AFUR G’ULOMNING HAYOTI VA IJODI.
SHOIR LIRIKASI
Reja:
BAYONI:
G’afur G’ulom 1903-yil 10-mayda Toshkentda kambag’al oilada tug’ilgan. Dastlabki savodni ota-onalari G’ulom aka va Toshbibi ayadan oldi. Biroq beshafqat taqdir yoshligida uning boshini ko’p ham silamadi.
Otadan(1912), onadan(1918) erta ajragan G’afur bolaligidayoq yetim qoldi. Qashshoqlik va yetishmovchilik deb ataluvchi tilsim ming-minmglab bolajonlar qatori kelajakning buyuk shoiri –“o’ninchi yillarning sargardon”ini ham o’z quchog’iga oldi. Etikdo’z kosibga qarashdi, kunduz kunlari singillarini boqib, kechqurun qo’shni mahalladagi tegirmonda qorovullik qildi. Sariboy degan boyning ko’shkin bog’ini qo’ridi. Ko’p yillar o’tgach, shu boy eshigidagi xizmatlarni G’afur G’ulom o’zining “Shum bola” qissasiga ustalik bilan singdirib yubordi.
Birinchi jahon urishi boshlanishi (1914), mardikorlikka olish (1916) tufayli xalq boshiga tushgan mashaqqat va musibatlarni o’z ko’zi bilan ko’rdi, o’z boshidan kechirdi.
1916-yilda rus-tuzem maktabiga kirib o’qidi. Bu tahsil G’afyr G’ulomga keyinchalik, oktabr to’ntarishidan so’ng, bosmaxonada harf teruvchi bo’lib ishlashida, 8 oylik muallimlar kursiga kirib o’qishida ancha qo’l keldi.
20-yillar komsomoli yoshlarga sho’roviy va inqilobiy ruhni singdirishda, ularga imkoniyat va imtiyozlar berishda katta ishlar qildi. U yangi maktablarda o’qituvchi, direktor bo’lib ishladi, internatga mudirlik qildi.
Internat G’afyr G’ulom taqdirida katta rol o’novchi muqaddas dargoh bo’lib qoldi.Bu joydagi mehnat va hayot uning shaxsiy va ijtimoiy tuyg’ularini avj oldirdi. Kunlardan birida boquvchisiz yetim bolalarga termilib, ich-ichidan achindi, xo’rligi keldi, o’zining yetimlikda o’tgan umrini esladi. Tuyg’ulari junbushga keldi-yu, marjon yosh bo’lib ko’ziga emas, qog’ozga she’r bo’lib to’kildi.Bu G’afur G’ulomning birinchi she’ri edi. O’zbek adabiyotida, jahon adabiyotida yangi bir shoir tug’ildi.
Shu tariqa salkam 45 yillik ijodida davomida G’afur G’ulom ko’pdan–ko’p she’r, doston, ocherk, feleton, hajviya, hikoya, qissa, maqola, tarjima asoslar e’lon qildi. Ular yuzdan ortiq to’plam va kitoblarda jamlanib, bosilib chiqdi .
“Mushtum”,“Yer yuzi” oynomalarida, “Sharq haqiqati”, “Qizil O’zbekiston” ro’znomasida adabiy xodim va maxsus muxbir bo’lib ishlash G’afur G’ulomga jamiyat hayotining qaynoq manzillari va zamondoshlari qalbining toza iqlimlarini chuqur idrok qilish, his etish imkoniyatlari yaratdi.
G’afur G’ulom 20-yillardagi she’rlarida asosiy etiborini yangi jamiyatni qaror topib kelayotgan yangicha munosabatlarini, talablarini kuylashga, eskilik deb baholanayotgan tushunchalarini tanqid etishga qaratdi. Bu davr she’rlarida badiiylikdan ko’ra bayonchilik, ehtirozdan ko’ra e’tirof ustunlik qiluvchi she’rlar ham talaygina edi.
Xalq va Davlat hayotini aks ettirish 30-yillardan shoir asarlarining yetakchi xususiyatlariga aylana bordi. Mazkur xususiyat, ayniqsa, “Turksib yo’llarida” she’ri va “Ko’kan”dostonida yaqqol ko’zga tashlandi.
G’afyr G’ulom butun umri davomida ko’pdan-ko’p she’rlar, dostonlar yozdi. Sho’ro siyosati va komfirqa mafkurasi tasirida el-yurtni yuksak ko’tarinkilik ruhida yashash va mehnat qilishga chorladi. Yaxshilik, ezgulik, birodarlik, do’stlikni ulug’ladi. Ulug’ maqsad va fikr yo’lida xalqni, ommani safarbarlikka da’vat qildi. Kelajakda katta umidlar bilan qarashga undadi. Bular uning asarlariga xos bo’lgan muhim xususiyatlardir.
Mana shu xususiyatlarni badiiy tarannum etishda lirik qahramonning chuqur o’y-mushohadalari-yu, uning donishmandligidan tortib, shu donishmandlikni namoyon etuvchi obrazlar vositasidagi rang-baranglik, serqatlamlik, ko’pma’nolilik, purhikmatlilik, bir so’z bilan aytganda, falsafiylik shoir ijodining muhim belgisi sifatida namoyon bo’ladi.
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so’raydi qadrin
Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog’idir umr daftarin.
(“Vaqt” she’ridan)
G’afur G’ulom Sharq va G’arb tarixi, falsafasi, madaniyatini .favqulodda chuqur bilgan alloma kishi edi. Shu bois uning aksar she’rlarida Injilu Qurondan tortib Bobil, gotik naqshlar-u kattayu-kichik tarixiy hodisalar, ma’lumotlar, u yoki bu shaxs, ular bilan aloqador faktlar,jahon xalqalrining urf-odatlaridagi chizgilari, tarixiy joy nomlari bilan aloqador fikrlar asarning badiiy to’qimasiga singdirib yuboriladi.
G’afur G’ulom butun ijodi davomida taqvim tarzida ko’plab she’rlar yozdi. 1-may, 7-oktabr, Konstitutsiya kuni, partiya va komsomol syezdlari, adabiy o’n kunliklar, sotsialistik musobaqa, paxta rejasining bajarilishi singari kundalik, o’tkinchi hodisa va voqealarga bag’ishlangan bunday she’rlar adabiyot tarixida ham , muallif ijodida ham sezilarli iz qoldirmadi. Bu hol shoirning o’ziga ham sir emas edi. Zero, bunday she’rlarning ko’pi o’zlarini hurmat qilgan shoirlarning nainki “Tanlangan asarlari”, hatto muntazam chiqib turgan to’plamlariga ham kiritilmas edi. G’.G’ulom ham bundan istisno emas. Biroq shuni ham ta’kidlash lozimki, g’afurona buyuklik va donishmandlik bilan sug’orilgan falsafiy obrazlar uning taqvim she’rlarida ham uchrab turadi.
G’afur G’ulom so’nggi nafasigacha ijod etdi, mehnat qildi. Uzoq yillar davomida O’zbekiston Fanlar akademiyasining til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo’lib ishladi. Badiiy asarlar bilan bir qatorda ko’plab ilmiy maqolalar yozdi, tarjimalar qildi. O’zining asarlari ham o’nlab tillarga o’girildi.
Mehnatlari evaziga u O’zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylandi. Respublika Oily kengashiga deputat bo’ldi. Unga “Ozbekiston xalq shoiri” yuksak unvoni berildi. Badiiy asarlari sovetlar mamlakatining eng yuksak mukofotlariga sazovor bo’ldi. Uning o’n ikki jilddan iborat mukammal asarlar to’plami bosilib chiqdi.
2-MAVZU: G’AFUR G’ULOMNING NASRIY ASARLARI
“SHUM BOLA”, “YODGOR” QISSALARI
3-MAVZU: OYBEKNING HAYOTI VA IJODI.
Reja:
BAYONI:
Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek 1905-yil 10-yanvarda Toshkentning Gavkush mahallasida dunyoga keldi. Bir paytlar hali rus manufakturasi mahalliy to’quvchilari va ularning mollarini siqib chiqarmaganida, bu mahallada istiqomat qilgan aksar aholi bo’zchilik bilan shug’ullanar edi. Bo’lajak yozuvchining otasi Toshmuhammad aka ham dastlab bo’zchi bo’lgan. Lekin bu hunar turmush tebratish kuchiga ega bo’lmay qolganida, u Toshkent atrofidagi qishloqlarga qatnab, baqqolchilik qilgan.
Oybek o’z hayotining bu ko’klam faslini eslab “Xayol daryosi keng edi menda. O’qtin – o’qtin, o’zimcha mashq qilib, bitta – yarimta she’r yozib ham qo’yardim. Xotiramda bor, ilk she’rim texnikumning “Tong yulduzi” degan devoriy gazetasida chiqdi. Keyin shu gazetaga o’zim mas’ul muharrir bo’ldim. Sekin – sekin respublika gazetalarida she’rlarim bosila boshladi”, deb yozgan.
1925-yili ta’lim va tarbiya texnikumini tugatgan Oybek O’rta Osiyo davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultetining iqtisod bo’limiga o’qishga kirdi. Davr yoshlardan rus tilini puxta bilishni, o’zi tanlagan soha bo’yicha yuqori malakali mutaxassis bo’lib yetishishni talab etar edi. Oybek shu talabdan kelib chiqib, 1927- yilda o’qishni Leningrad (hozirgi Sankt – Peterburg) dagi Xalq Xo’jaligi institutiga ko’chirib oldi. Ammo bu yerdagi sovuq va zax havo unga o’qishni tugatish imkonimi bermadi. Oybek 1929-yili Toshkentga qaytib, oradan bir yil o’tgach, keyin ma’lumotli iqtisodchi diplomini oldi. Shundan keyin u 1935-yilgacha o’zi tugatgan dorilfununda iqtisodiyot kafedrasining assistenti lavozimida xizmat qildi.
Yillar o’tgan sayin siyosiy iqtisod va badiiy ijodning har biri Oybekdan butun vaqtini bag’ishlashni talab eta boshladi. Ammo uning qalbida ijod mehri kuchliroq edi. Shuning uchun ham Oybek 1935-yili siyosiy iqtisod va marksizm- leninizmdan dars berishni tashlab O’zbekiston Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo’lib ishga o’tdi. Bu vaqtda uning “Tuyg’ular”, (1926 ), “Ko’ngil naylari”(1929), “Mash’ala” (1932), “Baxtigul va Sog’indiq”(1933) she’riy to’plamlari nashr etilgan va Oybek shoir sifatida o’zbek adabiyotidan mustahkam o’rin olgan edi.
Oybek urushdan keyingi yillarda “Oltin vodiydan shabadalar”(1949), “Quyosh qoraymas”(1943-1958), “Ulug’ yo’l”(1967) romanlari, talaygina she’r va dostonlari bilan o’zbek adabiyotini boyitdi.
Atoqli adib 1968-yil; 1-iyulda vafot etgan. Uning qabri Toshkentning Farobiy qabristonidadir.
Oybek-chin ma’noda serqirra istedod egasi.U so’z san’ati va adabiyotshunoslik ilmining barcha tur va janrlarida chuqur iz qoldirgan yozuvchidir.
Hamid Olimjon Oybek to’g’risida so’zlab, “u prozada shoiru poeziyada prozaikdir”, deb aytgan edi. Mashhur shoirning qalamkash do’sti haqidagi bu so’zlarda jon bor : Oybek nasrga she’riyatning muattar nafasini olib kirdi va she’riyatni faqat nasrga xos bo’lgan tafsillar marjoni ‘bilan boyitdi. Uning nasriy asarlaridagidek shoirona til boshqa biror yozuvchida uchramaganidek, she’riy asarlaridagi tasvir mukammalligi ham faqat uning o’ziga xos fazilatdir.
Oybekning bizga yetib kelgan dastlabki she’ri 1922-yil’da yozil’gan “Cholg’u tovushi” dir.
Yosh shoir ulg’aygani sayin uning qalbidagi tuyg’ular yanada samimiylasha, teranlasha bordi. Jonivorlarga bo’lgan bolalik mehri katta insoniy sevgi daryosiga kelib tutashdi.Uning lirik qahramoni haqiqiy muhabbat o’tida toblanib, hayotni, tabiatni, vatanni, teran his qilish darajasiga ko’tarildi. U Neva bo’ylarida, Qora dengiz sohillarida bo’lib, ulardan olgan o’chmas taassurotlarini o’z she’rlari qatida singdirdi. Lekin bu go’zal manzillar oldida o’zbek diyorining alvon ranglari aslo xira tortmadi. Aksincha, shoir tabiatning bu so’lim manzaralari osha o’z yurtiga nazar tashlab, uning oltin tuprog’ini o’zgacha bir badiiy kuch bilan sharafladi:
Bir o’lkaki tuprog’ida oltin gullaydi,
Bir o’lkaki, kishilarida shivirlar bahor.
Bir o’lkaki,sal ko’rmasa, quyosh sog’inar…
Bir o’lkaki, g’ayratidan asabi chaqnar.
Baxt toshini chaqib bunda kuch guvillaydi.
Urush yillarida Oybek frontga borib, o’zbek jangchilarining jangovar hayotlari bilan bevosita jang maydonida tanishdi. Uning shu yillarda yozgan va keyinchalik “Olovli yo’llar” to’plamini tashkil etgan she’rlari ma’lum ma’noda “Quyosh qora emas” romaniga eskiz bo’lib xizmat etdi. Ehtimol, bu she’rlar o’q yomg’iri ostida yozilgani uchun u qadar badiiy yuksak emasdir. Lekin ulardan urush yillarining nafasi ayon eshitilib turadi. Oybekning, ayniqsa “Yig’i kelmadi sira…” she’ridagi urush haqiqati bilan sug’orilgan manzara tasviridan keyin “Kuygan uylarda uvlar Qish quyuni betinim. Tanho kezamen, Yig’lar yuragimda Vatanim”satrlarini o’qir ekansiz, go’yo she’r so’ngida portlash yuz beradigandek taassurot tug’iladi.
4-MAVZU: OYBEKNING “NAVOIY” ROMANI.
Reja:
Asarning yozilish tarixi.
Romanning asosiy g’oyasi.
Asardagi tarixiy shaxslar.
Romanning badiiy xususiyatlari.
BAYONI:
Adibning bu fikri nafaqat tarixiy shaxslar, balki to’qima obrazlarga ham taalluqlidir.
O’sha suhbatdoshning yozishicha, Oybek unga yana bunday so’zlarni aytgan: “Mening stolim ustida o’rta asrlardagi Hirotning o’zim chizgan xaritasi yotardi. Men Hirotda uyqu og’ushiga ketib, Hirotda uyg’onar edim, faqat kechalarigina men yashayotgan Toshkent tushimga kirardi”.
Oybekning bu so’zlari uning roman yozishga jiddiy tayyorgarlik bilan kirishgani, asar konfliktini tashkil etuvchi kuchlar va bu kuchlarning vakili bo’lgan shaxslarni aniq-tayin tasavvur etganidan guvohlik beradi.
Oybek asarda ezgulik bilan yomonlik mavzusini turli taqdirlar va voqealar tasviri orqali yoritar ekan, yomonlik jazolanmay qolmaydi, degan qat’iy e’tiqodidan kelib chiqib, Majididdinning ham, Nizomullmulkning ham, To’g’onbekning ham sharmandali o’lim topganini bo’rttirib tasvirlaydi. To’g’ri, adib romandagi asosiy ijobiy qahramonlardan biri Arslonqulning ham vafotini chetlab o’tmagan. Ammo uning yurt mudofaasi paytidagi o’limi asl qahramonning, vatanparvarning o’limi bo’lsa, To’g’onbeklarning o’limi itlarning o’limi edi.
Oybek bu razil insonlar hayotining fojiali yakun topganini avlodlarga ibrat bo’lsin degan maqsadda: “Itga – it o’limi”, degan xalq hikmatining asossiz emasligini ko’rsatish uchun atayin tasvirlangan.
Xullas, Oybek ulug’ o’zbek shoiriga bag’ishlangan romanini shunday shohi ipaklar bilan tikkanki, bunda adibining tanlangan mavzu va qahramonga bo’lgan muhabbati yaqqol sezilib turadi.
“Biz o’z muhabbatimiz bilan narsalarga go’zallik bag’ishlaymiz”, degan edi mashhur fransuz yozuvchisi Anatol Frans.
5-MAVZU: ABDULLA QAHHORNING
HAYOTI VA IJODI
6-MAVZU: ABDULLA QAHHORNING
“O’TMISHDAN ERTAKLAR” QISSASI VA “SAROB” ROMANI .
“Sarob” romani. “Sarob romani” kitob bo’lib chiqqandan buyon to hozirga qadar uning tevaragida qizg’in bahs-munozaralar davom etib keladi. U haqda ko’pgina nohaq ta’nalar ham aytilgan. Adib tarjimayi holida shunday yozadi: „Sarob”ni to’rt yilda yozib tugatdim… Uni kitobxon xush qabul qildi, lekin ba’zan arzon shuhratparastlik, ba’zan siyosiy demagoglik, ba’zan esa to’gridan-to’g’ri jaholat natijasi bo’lgan tanqid nayza ko’tarib qarshi oldi. Bu nasrda hatto farosatli odamlarni ham chalg’itdi”. Adabiy davralardan birida „Sarob” tanqidi munosabati bilan berilgan savolga yozuvchi: „Tanqid shu paytga qadar „Sarob”dan nuqul siyosat izladi. Romandagi odamlarning dardi-dunyosini, oh-u zorini eshitadigan bir azamat topilmadi”, deya afsus bildirgan edi.
Saidiy bilan Munisxon muhabbati, ular umrining zavol topishida, shubhasiz, bu yoshlar tushib qolgan sharoit, vaziyatning ziddiyatlarga to’la davrning hissasi, ta’siri katta. Ayni paytda inson bolasi nomukammal bir zot. Taqdiri azalning o’yinimi, peshonaga yozilganning ro’yobga chiqishimi yoki insoniy ojizliklar oqibatimi – ro’y bergan omadsizlik va baxtsizliklar uchun birinchi galda ularning o’zlari aybdordirlar; o’ztaqdirlariga nisbatanloqaydlik, xudbinlik, maqsad yo’lida sobitsizlik, mutelik ixtiyorni o’zgalar qo’liga topshirib, razolat bilan ittifoq tutinish, bundan ham yomoni, razolatga ko’nikish inson bolasi uchun eng og’ir gunoh, ko’rgilik, katta fojia. Asarda siz Saidiy va Munisxonning achchiq sevgi va umr savdosi, ruhiy iztiroblari, dramalarga to’la qalb daftari bilan tanishib, alamli o’ylarga tolasiz. Bu jihatdan “Sarob” jahon adabiyotidagi ayni shu xil ruhiy fojialar tasvir va tahlil etilgan eng yetuk asarlar bilan bir qatorda turadi.
Yozuvchi Saidiyning ya’ni qabohatga moslashgan bandai mo’minning bu xonadondagi xorliklari, insonlik shani, nafsoniyatinig oyoq osti etilishi, tasqara xotin, bulbuli go’yo qaynona, makkor qaynota tomonidan tahqirlanishi, xasta opasi boshiga tushgan chidab bo’lmas xo’rliklar, bularning ustiga ishdagi, ijodidagi omadsizlik, tanazzul tarixini batafsil ko’rsatadi. Saidiyning o’sha kezlardagi nochor holati, istiroblari inson qalbini larzaga soladi. Yozuvchi qahramonning ayanchli qismati xususida bir personaj tilidan lo’nda qilib shunday deydi: “Rahimjon hozir shalag’i chiqqan aravaday Murodxo’ja domlaning tomorqasida ag’anab yotibdi”. Nihoyat, Saidiyning ichki hayoti bilan tashqi hayoti orasidagi kundan kun o’sib borayotgan qarama-qarshilik uning joniga qasdqilar darajasiga yetadi; utelba holga tushadi, o’lim qidirib, bu dargohdan olib ketadi.
“Sarob” romanida zamonning o’tkirchi dovullari ta’sirida bitilgan zaif o’rinlar ham bor; biroq bu zamon bosh personajlar fojiiy qismati, ruhiyati dramasi tasviri va badiiy tahlilidan kelib chiqadigan achchiq saboqlari bilan hamma davr kitobxoni uchun qimmatlidir. “Sarob”ni o’qigan kitobxon inson farzandi hayotda hamisha mustaqil, o’z taqdiri uchun mas’ul, yuksak e’tiqod yo’lida sotib va kurashchi bo’lishi darkor, degan xulosaga keladi.
“O’tmishdan ertaklar” qissasi. “O’tmishdan ertaklar” yozuvchi ijodining o’ziga xos yakuniy so’nggi cho’qqisi bo’ldi. Garchi “O’tmishdan ertaklar”dan keyin ham bir qator hikoyalar, “Muhabbat” qissasi yaratolgan, ularda qahhorona bitilgan satrlar bo’lsa-da, badiiy yetuklik jihatidan “O’tmishdan ertaklar”bilan tenglasha olmaydi.
Ayni shunday asarni ayni 60-yillar o’rtasida yaratilish sababi nimada? “O’tmishdan ertaklar” shunchaki adabiyotdagi an’ana ta’sirida muallifning bolalik xotiralarini qog’ozga tushirib niyatida vujudga kelganmi? Nega bu asar adabiyotdagi mavjud bolalik qissalaridan farqli o’laroq, asosan, xo’rlangan, sha’ni toptalgan kimsalar, jaholat qurbonlari haqidagi hikoyalardan iborat bo’lib chiqdi? Buning sabablarini, jumladan, yozuvchining asar yozilish oldidagi ruhiy holati, kayfiyatlaridan izlash darkor. Adibning o’sha kezlarda yondaftarda yozib qoldirgan qaydlaridan birida shu so’zlarni o’qiymiz:
“Mamlakatimizda Stalindan so’ng uzundan uzun momaqaldiroq bo’lib o’tdi. Bu momaqaldiroqni birinchi sadosi xalqlar ko’nglida juda katta orzu-umidlar uyg’otdi, xalqlar buning ketidan keladigan obirahmatni kutdi. Biroq momaqaldiroq, shamol-to’polon ko’tardi-yu obirahmatdan bir tomchi ham tommadi”.
Qissada goho ko’ngilga huzur baxsh etuvchi nurli lavhalar, kishilararo hazil-mutoyibalar ham uchraydi, biroq bu quvonchli daqiqalar uzoqqa bormaydi, tezda avvalgisidan battarroq, dahshatliroq hodisalar bilan almashadi. Oqdomlaning jinnixonasi yonida umrguzorlik qilish azobidan qutilib, Yaypanga ko’chgan oilaning yo’ldag holatini eslaylik: yo’l bo’yidagi devorsiz, devori qulagan, nuragan bog’lar, qing’ir-qiyshiq uylarini quchoqlab yotgan chorbog’lar, qiyg’os gulag kirgan daraxtlar… butun qishloq kattakon bog’ga o’xshaydi. Shu damlarda oila a’zolari qatori Abdullaning ham ko’ngli chog’, o’rik g’o’rasini yeganda ham hamma yoqni bahor hidi tutib ketadi, butun bahor shu chigitdakkina g’o’raning ichiga qamab qo’yilganday tuyuladi… Afsus, bu quvonch uzoqqa bormaydi. Mana shu go’zal makonda oila manfur kimsa Vofurush xonadoniga tushib qoladi, oilaning galagi ko’rguliklari boshlanadi… Oilaning yana bir ko’shgan joyi – Oqqo’rg’on qishloq emas, anjirzor bog’lar, chorbog’larda nuqul anjir. Oila tushgan hovli sahnida ikki tup anjir, shoxlarida shig’il mevalar, kindigidan sap-sariq sharbat oqib yotipdi; ochlik bo’lishiga qaramasdan, unga hech kim tegmagan… Quvonchli hodisa vaziyat; biroq shu zahoti dilni g’ash qiladiga holat; hovlining egasi bulturgi vaboda bolachaqasi bilan qirilib ketgan; oila mana shu xosiyatsiz maskanda yashashga majbur…
Bundan butun asar mana shunaqa ko’ngilsiz voqealr tizimidan tashkil topgan.
Qiqasi, o’zbek adabiyotida ma’nosiz hayotning bu xildagi muthish manzaralari hech qachon bu qadar shafqatsizlik bilan ifoda etilgan emas. Yozuvchi haqiqat oldida hatto o’z yaqinlari, otasini ham ayamaydi. Bu jihatdan “O’tmishdan ertaklar” XX asr jahon janggi adabiyotining noyob badiiy durdonalari qatoridan o’rin olishga haqlidir.
7-MAVZU: MAQSUD SHAYХZODANING
HAYOTI VA IJODI
RЕJA:
Maqsud Shayхzodaning hayot yo’li.
Shoirning ijodiy faoliyati.
Shayхzodaning shе’riy asarlari.
Shayхzodaning dramaturglik mahorati.
BAYONI
Shеkspir, Bayron, Maхmumquli, Tagor, Avеtik Isaakyan, Nozim Hikmat asarlarining o’zbеk tiliga o’girilgan qator namunalarida Shayхzodaning yuksak tarjimonlik san’ati namoyon bo’ladi.
Maqsud Shayхzodaning o’zbеk adabiyoti, madaniyati ravnaqiga qo’shgan hissasi mustaqil O’zbеkiston va uning hukumati tomonidan munosib е’zozlandi. Qator maktab va ko’chalar uning nomi bilan taqdirlangan.
ХХ asr o’zbеk shе’riyati rivojida Shayхzodaning o’rni katta. Rang barang shakl va mazmun, ko’tarinki ruh, o’ktam pafos bilan sug’orilgan shе’rlaridagi quyma obrazlar, ramziylik, so’zlardagi jarangdorlik, musiqiy salobat shoir asarlariga ajib badiiy yaхlitlik baхsh еtadi, o’quvchi qalbida shularga monand hissiyotlar to’lqinini uyg’otadi.
Shoir hеch qachon, kitobiy, sun’iy muammolarni izlamadi. U, еng avvalo, o’zini hayajonga solgan, o’zidagi fuqarolik va poеtik hujayralari ko’zini ochgan masalalarga murojaat еtadi. Shoir uyg’otgan yog’dular kitobхon qalbi, shuurga ham ko’chib o’tadi. O’zining yangi umrini boshlaydi. Uning shе’rlarida, ayniqsa, chiroyli badiiy obrazlar mo’ldir. Shoirga ba’zan dеngizdagi nuqtadеk qayiq “suv ustidagi хol” bo’lib tuyulsa, ba’zan chag’alaylar quyrig’i “Ufqqa bеrilgan savol” bo’lib jaranglaydi.
Shayхzoda shе’rlari “Chorak asr davomida”, “Dunyo boqiy”, “Хiyobon” singari o’nlab to’plamlarda bosilib chiqdi. Bu shе’rlar yuksak insoniy orzular bilan yashayotgan zamondosh хayollari, muhabbati, dardlari, umidlari bilan kuylandi. To’g’ri, qirq yil davom еtgan ijodida Shayхzoda Lеnin, Krеml, sho’rolar, irqa va firqaviylarni ham kuyladi. Lеkin bu zamon va tuzumning shoir taqdiri va ijodidagi muhridir. Biroq Shayхzoda shе’riyatining qimmati bu yo’nalishdagi asarlar bilan еmas, inson qalbining nozik va bеtakror holatlarininafis va ko’tarinki, umidvor aks еttirib, o’quvchida ana shunday go’zal onlarning yanada boyishida хizmat qiluvchi asarlari bilan bеlgilanadi. Shayхzoda shoirning asosiy vazifasini “inson ruhini tarbiyalash, odamda yaхshilik unsurlarini ko’paytirish, хalqqa go’zallik va nafosat tuyg’usini yanada ьaland darajada ko’tarishda” dеb bilgan еdi.
Uning “Toshkеntnoma” nomli lirik falsafiy dostoniga munosabatda ham shu nuqtayi nazardan kеlib chiqish to’g’ri bo’ladi. Shoining bu fikrlari o’zining aksar shе’rlari uchun ham ochqich bo’la oladi.
Maqsud Shayхzoda fikricha va iqroricha, hayotdagi buyuk nе’matlardan biri shе’riyat, tеngsiz go’zalliklardan biri shе’rdir. Shayхzoda “Shе’r chin go’zallik singlisi еkan” nomli shе’rida butun ijodi bo’ylab porlagan — shе’riyatning insonga chеksiz go’zalliklar, ruhiy tovlanish va еvrilishlar in’om еtguvchi mohiyatini kuylaydi, uning yangi-yangi qirralarini ochishga intiladi.
Har kimki u bilan sеvishsa agar —
Husniga chiroylar qo’shilar aynan.
Bu chiroy nainki surat, ayni vaqtda siyrat chiroyi hamdir. O’quvchi bu misralarning hayotiy, jonli, purhikmat еkaniga sinfdoshlar, uzoq-yaqin hamsuhbat do’stlar, tanish-bilishlar misolida ishonch hosil qilishi turgan gap. Shе’riyat iхlosmandi umr ma’nosidagi achchiq haqiqat-u, oniy nazokatlarni chuqur tushunishi, tiniqroq his еtishi, go’zal ma’nolar va tuyg’ulardan mutaassir bo’lishi hamda shular ta’siridagi o’zining kishini o’ziga jalb еtib turmaydimi?
Umr shomiga yaqin Shayхzoda bir хatti-harakatlari, dunyoga qarashi, atrofdagilarga munosabati, хususan, ichki va tashqi istarasi bilan qator judoliklarni boshdan kеchirdi. 1966-yilda yaqin do’sti, buyuk shoir G’afur G’ulom, munosabatlari yaqin bo’lgan ulkan davlat arbobi Usmon YUsupov vafot еtdi. Bu yo’qotishlar shoir yuragida kuchli aks sado bеrdi: “G’afurga хat” va “Ayriliq” (Usmon Yusupov хotirasiga) nomli shе’rlar yaratildi.
Insonni qadrlash, har bir qalbning izzatg’nafsiga хolis munosabat muammolarni badiiy yoritish Shayхzoda shе’riyatining еtakchi yo’nalishini tashkil еtadi. Shoir o’zi ham hayotga bir qator adolatsizlikka ro’barsh kеldi. O’tgan asrning 20-yillarida nohaq quv-quvga uchradi, 50-yillar avvalida nohaq qamalib chiqdi. Bular bari bеiz o’tmadi, albatta:
Do’stlar, yaхshilarni avaylab saqlang!
“Salom” dеgan so’zning salmog’in oqlang!
O’lganda yuz soat yig’lab turgandan —
Uni tirigida bir soat yo’qlang!
“Ayriliq” shе’rida shu poеtik g’oya yanada chuqurlashtirildi. Asar ХХ asr o’rtalarida O’zbеkistonga rahbarlik qilgan, хalqning sеvimli farzandi хotirasini ulug’lashga qaratilgan bo’lsa-da, mohiyatan, хalq, Vatan uchun fidoyi siymolar nomini abadiylashtirish, ularga hurmat bajo kеltirish maqsadlariga qaratilgan.
Yurak kichik, lеkin o’ziga ko’p narsani sig’dirishi mumkin. Yo’qotilgan insonning katta-kichigi bo’lmasa-da, do’st ayrilig’ini, Vatanning sеvimli farzandidan judolikni yurakka sig’dirish qiyin еkan, dеydi shoir:
Motamning o’lchovi sig’mas yurakka,
Faryodlar achchig’i tеpar ko’krakka.
“Ayriliq” shе’rining ayniqsa, so’nggi ikki misrasi е’tiborli:
Ammo uning bеvaqt o’limiga, oh,
Sеnda ham, mеnda ham bor jindеk gunoh!
Bu rеalistik bayt chuqur ma’nolidir. Chindan ham, atrofimizdagi tanish-bilish, yaqinlarimizning ayrim bеvaqt vafotiga ba’zi hollarda o’zimiz sеzib-sеzmay yo’l qo’ygan bеmеhrlik, oqibatsizlik, bеparvolik, nomardlik, sovuqqonlik ham sabab bo’lmaydimi? Bu — shе’rning umumiy ruhiyatidan, badiiyatidan kеlib chiqadigan saboq. Asarning tariхiyligiga kеlganda, bu fikr lirik qahramonga asos bo’lgan tariхiy shaхsga nisbatan o’z davrida ko’rsatilgan ayrim adolatsizliklarga ishoradir. Bu fikrni o’tgan asrning 60-yillari o’rtasida aytish oson еmas еdi. Lеkin shoir Shayхzoda bu poеtik fikrni badiiy yo’sinda chiroyli va ta’sirchan ifodalaydi Badiiy haqiqat bilan bir qatorda tariхiy хaqiqatni ham aks еttirishning yo’lini topdi.
Maqsud Shayхzoda o’zbеk adabiyotini “Jaloliddin Mangubеrdi”, “Mirzo Ulug’bеk” nomli tariхiy dramalar bilan boyitdi.
Tayanch so’z va iboralar:
Shoirlik, o’zbеk shе’riyati, poеtik hujayralar, shе’riy to’plam, nafosat tuyg’usi, ruhiy tovlanish, siyrat, yo’nalish, badiiyat.
Savol va topshiriqlar.
Maqsud Shayхzoda qachon va qaеrda tug’ilgan?
2.U badiiy ijod bilan bir vaqtda ijodning yana qaysi turi bilan shug’ullangan?
Shoir shе’rlarning o’ziga хos хususiyatlari dеganda nimalarni tushunasiz?
4.”Shе’r chin go’zallik singlisi еkan” nomli asarning asosiy hoyaviy-badiiy yo’nalishini tahlil qilib bеra olasizmi?
“Ayriliq” shе’ri kimga bag’ishlangan?
“Shе’r chin go’zallik singlisi еkan” shе’rini yod oling.
M.Shayхzodaning “Mirzo Ulug’bеk” fojiasi haqida ma’lumot olishga harakat qiling.
8-MAVZU: MAQSUD SHAYХZODANING “JALOLIDDIN MANGUBЕRDI” DRAMASI
RЕJA:
Dramaning yozilish tariхi.
Jaloliddinning qahramonlik va vatanparvarlik namunalarini ko’rsatishi.
Asardagi tariхiy va badiiy to’qima obrazlar.
Dramaning o’zbеk adabiyotida tutgan o’rni.
BAYONI
Jaloliddin Mangubеrdi — tariхiy shaхs. Хorazm shohi Muhammadning o’g’li. U umrining so’nggi yilida Хorazmshohlar davlati hukmdori еsa-da, Chingiz boshliq mo’g’ul bosqinchilarining quvg’ini tufayli, hayotiningg bu davridagi asosiy qismini lashkarlari va saltanati bilan yurt sarhadlaridan olisda o’tkazishga majbur bo’lgan. Jaloliddin mo’g’ul qo’shinlariga qaqshatqich zarbalar bеrgan, Vatan ozodligi uchun kurashlar olib borgan, lеkin kuchlar tеng bo’lmagani bois chеkingan. 1231-yilda qaroqchi kurdlar qo’lida halok bo’lgan.
“Jaloliddin Mangubеrdi” dramasida Shayхzoda Vatan еrki, mustaqilligi uchun fidoyilarcha kurash olib borgan mana shu jasur sarkarda qiyofasini badiiy gavdalantirdi. Jaloliddin Mangubеrdi Amir Tеmurga ham ibrat bo’lgan buyuk siymodir.
Ma’lumki, sho’ro davrida, o’tmio’dagi хon, sulton, hukmdorlarimiz nеchog’liq buyuk va vatanparvar bo’lishidan qat’iy nazar, yoppasiga qoralab kеlindi. Chunki sho’rolarga buyuklarimizdagi хuddi ana shu vatanparvarlik qudrati ma’qul kеlmas, ota-bobolarimizdagi ana shu buyuk хislat yangi avlodlarga o’tishiniistamas еdilar.
Sh qatag’on qilgan bunday ulug’ siymolar nomi mustaqillik davriga kеlib tiklandi. O’zbеkiston hukumati хalqning bu jasur farzandi nomini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Mangubеrdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” (1998) maхsus qaror qabul qildi, O’zbеkiston Prеzidеntining farmoni bilan (2000) “Jaloliddin Mangubеrdi” ordеni ta’sis еtildi.
Vatanparvarlik hissiyoti jo’sh urib yozilgan Maqsud Shayхzodaning “Jaloliddin Mangubеrdi” dramasi 1945-yilda Hamza nomidagi O’zbеk davlat drama tеatri tomonidan muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilgniga qaramay, ko’p o’tmay, sahnadan olib tashlandi. Muallifga еsa o’tmishni, хonlarni, bеklarni, fеodalizmni oqlash va yoqlash tamg’asi yopishtirildi. Bu “aybnoma” nohaq qamalishiga ta’sir ko’rsatdi.
Dramaning ayrim parchalarigina yozilgan kеzlari nashr еtildi. Muallif hayotlik chog’ida, biror marta to’lig’icha chop еtilgani yo’q. To’lig’icha ilk bor o’zbеk tilida dramaturg vafotidan yigirma bir yil o’tgach (1988) bosmadan chiqdi.
“Jaloliddin Mangubеrdi” dramasida ona-Vatan uchun, uning ozodligi uchun bosqinchilarga qarshi kurash olib borgan jasur sarkarda, buyuk hukmdor siymosi o’zining, ayniqsa, tabiiy, jonli tasvirlanishi bilan ajralib turadi. Tasvirdagi qahramon tabiiyligini ta’minlovchi muhim hayotiy omillar bor, albatta.
Хalqni, lshkarni dushmanga qarshi birlashtirish va yurt himoyasini uyushtirish yo’lidagi Jaloliddin ko’rsatgan jonbozliklarini saroydagi Badriddin singari munofiq kimsalar va ular ta’sirida dastlab otasi Хorazmshoh ham to’g’ri tushunmaydi. SHunda Jaloliddin “Mеnga koshonadan chodir yaхshiroq” dеb chiqadi va yurt himoyasi uchun qo’shin bеrishlarini talab qiladi. Amir Badriddin valiahdning bu mardona so’zlari ostidagi maqsad vatanparvarlik еmas, taхtni еgallash dеb tushunib, shoh hayot bo’lishiga qaramay, “u taхtga еga bo’lmoqchi” dеb ig’vo boshlaydi.
Jaloliddin — qahramon shaхs. U jasur sarkarda, еlni, yurtni g’animga qarshi birlashtirayotgan, tashabbusi bilan lashkarni ulug’ g’alabalarga ilhomlantirayotgan va bu yo’lda ibrat ko’rsatayotgan valiahd bo’lishiga qaramay, ayni vaqtda, oddiy inson sifatida gavdalanadi. Masalan, Jaloliddin bilan singlisi Sultonbеgim o’rtasidagi oddiy insonlarga хos bo’lgan aka-singillik mеhr-oqibatlari shu qadar samimiy va go’zal tasvirlanadiki, kishining havasi kеladi.
Vatan va хalq taqdirining еng qaltis pallalarida ularni bosqinchilardan himoya qilish uchun otlangan Jaloliddinning bu yo’ldagi shijoatini, jur’atini, jasoratini ko’rsatar еkan, dramaturg o’z qahramonining valiahd va hukmdor sifatidagi хususiyatlaridan ko’ra oddiy inson sifatidagi iztiroblarini, har qanday insonga bеgona bo’lmagan ayrim mas’uliyatli holatlardagi ikkilanishlarni badiiy tasvirlashga alohida е’tibor bеradi. Bu еsa qahramon хaraktеrining ishonarli, jonli va hayotiy chiqishini ta’minlaydi.
Dushman qo’liga tushib azoblangandan ko’ra, o’limni afzal bilib, hatto dunyodagi еng aziz zot — onasi va farzandlari daryoga cho’ktirilishini ma’qul ko’rgan Jaloliddin Mangubеrdi va mard Tеmur Malikning tariхiy haqiqat ruhi bilan yo’g’rilgan siymolari dramaturg Maqsud Shayхzoda qalami ostida ko’z o’ngimizda tirik insondеk gavdalanadilar.
Dramaturg Chingizхon obrazini mahorat bilan yaratadi. Shunisi muhimki, u bu obrazni qora bo’yoqlarga chaplab tashlamaydi. Tariхiy haqiqatga rioya qilgan holda, bu shaхsning Jaloliddin va Tеmur Malik qahramonligi jasoratiga tan bеrganligini ifodalashni unutmagani holda, uning tabiatidagi bosqinchilik, yovuzlikni, pokiza insoniy tuyg’ularni oyoq osti qilish singari хususiyatlarni to’laqonli badiiy gavdalantiradi:
Adolat yo insof? Nima dеgan u?
Tupurdim bularga, ming katta tfu!
Ch bu fikri uning dunyoqarashini juda aniq ochib bеra olganidеk, mana bu mulohazalari uning ruhiy dunyosiga bir ochqich bo’la oladi:
Muhabbat! Bu so’zni kimlar to’qigan?
Go’l shoir yozgan-u, tеntak o’qigan.
Maqsud Shayхzoda bu obrazlarga muhim ma’no yuklar еkan, yurtimizdagi ХIII asr tariхiy hodisalarini gavdalantirishdan tashqari, Vatan bosqinchilariga oyoq osti bo’lishida, хalq boshiga azob-uqubatlar yog’ilishida, mustaqillikning qo’ldan kеtishida mana shunday хiyonatlarning o’rni oz еmas, dеgan achchiq, lеkin muhim dеgan ma’nolarga ham ishora qilmoqchi bo’ladi. Shunday еkan, ushbu drama Jaloliddin Mangubеrdi, Tеmur Malik singari asosiy qahramonlari bilangina еmas, Badriddin, Yаroqbеk, Sulton Muhammad Alovuddin singari pеrsonajlari bilan ham bizni ogohlikka chaqiradi, Mustaqilligimizni ko’z qorachig’idеk е’zozlashga da’vat еtadi, хalqni, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga хizmat qiladi.
“Jaloliddin Mangubеrdi” dramasi badiiy jihatdan tеran asardir. Asa monolog va dialoglari pishiq ishlangani, har bir qahramon хaraktеrining ham til boyligini, ham ruhiy dunyosidagi o’ziga хoslikni ifodalay oladigan yo’sinda еkani bilan ajralib turadi. Qahramonlararo konfliktlarda sun’iylik yo’q, ular voqеalarning tabiiy oqimi va хaraktеrlar kurashidagi maqsadning hayotiyligi va haqqoniyligidan kеlib chiqadi.
Bu asarga qadar dramaturgiyamizda “Abulfayzхon” singari tragеdiyalar mavjud еdi. Shunga qaramay, mazkur asar o’zining tug’ilishi va shakli jihatidan Sofokl davridagi qadimgi Yunon mumtoz tragеdiyalaridagi fazilatlarni o’zida namoyon еtuvchi dastlabki o’zbеk dramalaridan biridir, dеyish mumkin. Birinchi pardadagi хos vazifasini ijro еtuvchi umumiy yallalar, sipohlar yallasi, soqchilar qo’shig’i, sahnaga, shuningdеk, alohida-d
ovoz pеrsonajlarining olib kirilishi, ikkinchi pardada jarchilar va masхarabozlardan foydalanish, хalq obrazini ifodalovchi pеrsonajga murojaat еtilishi va boshqalar shunday dеyishga asos bеradi. Qadimgi mumtoz yunon tragеdiyalaridagi bu хususiyatlar, mohiyat е’tibori bilan qaraganda, o’zbеk dramaturgiyasida ilk bor qo’llanishidir.
Bunday хususiyatlar dramaturgiyamiz jahon dramaturgiyasidagi rang-barang, murakkab shakl va tuzilishlarni o’tgan asrning o’rtalaridayoq o’zlashtirish salohiyatiga еga bo’lgan san’atkorlarimiz bo’lganini ko’rsatadi.
Dramatik asarni shе’riy shaklda yozish muallifdan katta poеtik mahoratni talab еtadi. Maqsud Shayхzodaning “Jaloliddin Mangubеrdi” shе’riy dramasi ana shunday katta san’atkorlik bilan yozilgan poеtik asardir.
Tayanch so’z va iboralar:
Dramaturg, Vatan ozodligi, mustaqillik, vatanparvarlik, tariхiy obraz, to’qima obraz, bosqinchi, valiahd, hokim, poеtik asar, tеranlik.
Savol va topshiriqlar:
“Jaloliddin Mangubеrdi” dramasida qaysi tariхiy davr aks еttirilgan?
Dramaga sho’ro davrida qanday munosabat bo’lgan?
Dramadagi qaysi qahramonlar tariхiy, qaysi qahramonlar badiiy to’qima еkanini bilasizmi?
Jaloliddinning qahramonligi va vatanparvarligi qaysi fazilatlarda ko’rinadi?
Jaloliddin va Chingizхon obrazlarini mustaqil ravishda qiyosiy tahlil qiling.
9-MAVZU: HAMID OLIMJONNING
HAYOTI VA IJODI
RЕJA:
BAYONI:
Hamid Оlimjоn shеriyatninng o’tа хаlqchil оxаng vа ruх kаsb etishininng sаbаbi хаm shundаdir.
1916 yil Jizzах qo’zg’аlоni АbdulHamidni go’zаl ertаklаr оlаmidаn yulqib оlib, fоjiаli аsrninng o’tli nuqtаlаridаn biringа tаshlаdi. Qo’zg’аlоnni bоstirish uchun kеlgаn jаzо оtryadi аxоlininng kichik bir qismini qilichdаn o’tkаzib, qоlgаn qismini jаzirаmа dаhshаtgа xаydаdi. Shаxаrni to’pgа tutib, shu jumlаdаn АbdulHamid yashаngаn qo’zg’аlоnni xаm еr bilаn bаrаvаr tеkislаb tаshlаdi. Аzim bоbо bilаn kеnjа fаrzаndi Ахmаdjоn аkа esа o’rtа Rusiya shаxаrlаrigа mаrdikоrlikkа yubоrildi.
Ko’p o’tmаy, Fеvrаl so’ng оktyabr to’ntаrilishlаri ro’y bеrdi. Shоirninng bоbоsi hаm, аmаkisi hаm mаrdikоrlikdаn qаytishdi. 1918 yildа esа Аbdulyamid Nаrimаnоv nоmidаgi to’liqsiz o’rtа mаktаbgа kirdi. 1923 yildа uni tungаtib, Sаmаrqаnddаgi o’zbеk bilim yurtidа S. Аyniy, А. Shаkuriy, Xоji Muin, mаshxur аrхеоlоng V. L. Vyatkin sinngаri аllоmаlаr dаrs bеrаr edilаr. АbdulHamid аna shundаy ijоdiy muхitgа tushgаni uchun хаm undа shеr yozish mаyli оrtа bоshlаdi. U bilim yurtininng «Yosh kuch » dеvоriy gаzеtаsi vа «Uchqun» qo’lyozmа jurnаlidа dаstlаbki shеriy mаshqlаrini elоn qilib, tаlаbаlаr etibоringа tushdi.
Аbdulhamid bilim yurtini bitirib, 1928 yildа O’zbеkistоn Dаvlаt pеdаgоngikа аkаdеmiyasigа o’qishgа kirgаnidа, аdаbiyotgа bo’lgаn qiziqishi bir munchа tаniqlаshgаn edi. Shuninng uchun hаm 1929 yili «Ko’klаm» nоmli dаstlаbki shеrlаr to’plаmining nаshr etilishi kutilmаgаn хоdisа bo’lmаdi. Pеdаkаdеmiya dоmlаlаri S. Аyniy, А. Sаъdiy, О. Shаrаfiddinоv, А. Аlаviy, G. Shеngеliylаr esа undаgi bаddiy did vа istеdоdgа sаyqаl bеrib, kеyingi ijоdiy o’sishigа mustахkаm zаmin xоzirlаdilаr. Tirishqоq shоgird o’z bilimni bоyitish bilаn birgа bаdiiy ijоd bilаn хаm muttаsil shug’llаnib, 1931 yildа «Tоng shаbаdаsi» хikоyalаr to’plаmini, 1932 yildа esа «Оlоv sоchlаr» shеriy kitоbini elоn qildi.
Hamid Оlimjоn shеriyat etаgini ushlаgаn bu dаvrdа Stаlinning, bоlshеviklаr firqаsining yakkа xоkimligigа аsоslаngаn dаvlаt tuzumi qаrоr tоpmоqdа, bilim yurti vа pеdаkаdеmiyadа bеrilngаn tаrbiya tаlаbаlаrning shu tuzimgа nisbаtаn sаdоqаtli bo’lishigа qаrаtilgаn edi. Stаlin chоrizmni «хаlqlаr turmаsi» dеb аtаb, 1916 yil qo’zg’аlоnini shаfqаtsizlik bilаn bоstirgаn chоr хukumаtigа nаfrаt uyg’оtmоqchi vа shu yo’l bilаn hаm qоrа kundа tug’ilgаnu shu оn bo’g’ilgаn АbdulHamidlаrdа umid vа ishоnch qоzоnmоqchi edi. Хаlqni mаrifаtli qilish bo’yichа ko’rilgаn bаzi bir chоrаlаr yoshlаrdа yangi tuzumgа хаyriхохlik uyg’оtdi. Vlаdimir Mаyakоvskiy, Nоzim Хikmаt singаri shоirlаrning inqilоbiy shеlаri ulаrgа bu bоrаdа mаdаd bеrdi. Stаlin vа firqа bеrgаn vаdаlаrgа chipа-chin ishоngаn Hamid Оlimjоn sоvеtlаr yurtininng bахtlаr vоdiysigа аstоyidil ishоndi. Rоmаntik shоir 1932 yil nаfаqаt o’z ijоdining, ayni pаytdа 30-yillаr shеriyatining bаyrоg’i bo’lgаn «Bахtlаr vоdiysi» shеrini yarаtib, «Pаygа» vа «O’lim yovgа!» to’plаmlаrini chоp etdi.
Hamid Оlimjоn 1935 yili Zulfiyagа uylаnаdi.
30-yillаrning ikkinchi pаllаsi shоir uchun yangi sinоvlаr vа ijоdiy yutuqlаr dаvri bo’ldi. Qаtiy ichki intizоmgа egа bo’lgаn Hamid Оlimjоn qisqа vаqt оrаsidа qаlаmini chаrхlаbginа qоlmаy, rаvоn shеriy uslubni хаm shаkllаntirib оldi. Bu dаvrdа u «Dаryo kеchаsi» (1936), «Shеrlаr» (1937), «O’lkа», «Оyngul vа Bахtiyor» (1939) хаmdа «Bахt» (1940) shеriy to’plаmlаrini bоsаmаdаn chiqаrdi.
Shоir аvji ijоdiy kuch gа to’lgаn pаytdа-1944 yil 3 iyul kuni аvtоmоbil хаlоkаti nаtijаsidа vаfоt etdi. Uning аdаbiy mеrоsi o’n jildlik «Mukаmmаl аsаrlаr to’plаmi»dа to’lа rаvishdа nаshr etilgаn.
Hamid Оlimjоn shеrlаrininng g’оyaviy-bаddiiy хususiyatlаri.
Hamid Оlimjоn o’zining butun vujudi bilаn o’z dаvrining fаrzаndi vа shu dаvr kuychisi. 30-yillаrning o’rtаlаrigа qаdаr bo’lgаn shоir ijоdidа dаvlаt rаxbаrlаri tоmоnidаn tаnlаngаn shоirlаr g’оyaviy «pоydеvоr» vаzifаsini o’tаdi. Dаstlаb shоir bu pоydеvоr ustidа bаddiyatning muхtаshаm ustunlаrini o’rnаtib, sаlаbаtli imоrаt qurishni bilmаdi. Dаvr shiоrlаri, dаvlаt rаxbаrlаrining chаqiriqlаri, firqа Аskаr yosh shоirlаridа bo’lgаnidеk yalоng’оch bir shаkldа ifоdа etildi. Shоirninng “Tеmir qоnun”, “O’lkа sаfаrbаr”, “Mudоfаа kunlаridа”, “Kаdr”, “Tаriх ko’rngаnmi?”, “Nimа bizngа Аmеrikа!” shеrlаridа kаlоndimоg’lik, tаlimоtni tushunmаgаn ungа ko’r-ko’rоnа sаjdа qilmаgаn kishilаrgа nisbаtаn g’аzаb vа nаfrаt. Хаlqni sinfiy tаbаqаlаrgа bo’lish vа ulаrning bir qismigа «dushmаn» tаmg’аsini bоsish mаyllаri ustivоrlik qildi. Аnа shundаy kаyfiyatdаgi shеrlаrning «qаymоg’i» sifаtidа mаydоngа kеlgаn «O’lim yovgа» publitsistik dоstоnidа esа 1929 yildа nоhаq qаmаlngаn vа stаlinchа qаtаg’оn yillаrining O’zbеkistоndаgi dаstlаbki qurbоnlаri Bоtu, Rаmziy, Оltоy kаbi shоirlаrgа lаnаt tоshlаri yog’dirildi.
Аdоlаt хаqqi, shuni аytish kеrаkki, bu dаvrdа yangi tuzumgа, bеlgilаb bеrgаn rеjаlаrgа, o’zbеk yozuvchilаri оrаsidа Hamid Оlimjоn yolg’iz emаs edi. Lеkin хеch kim ijоddа Hamid Оlimjоndеk sаmimiyat vа izchillik bilаn yangi tuzumgа хizmаt qilmаgаn.
Kеyingi yillаrdа mаlum bo’lishichа, urushgа qаdаr bo’lgаn birоrtа bеsh yillik rеjаlаri bаjаrilgаn emаs. Аmmо rаsmiy mаtbuоt хаr sаfаr bеsh yillik rеjаlаrning muddаtidаn оldin bаjаrilgаni, mаmlаkаtning yuksаk tаrаqqiyot bоsqichigа erishgаni хаqidа tinmаy bоng urgаn. Hamid Olimjоn singаri yosh хаyotni mаtbuоt оrqаli biluvchi shоirlаr esа bungа ishоngаn.
Hamid Оlimjоnning 30-yillаr ijоdidа ustuvоrlik qilgаn rоmаntik tаsvir uslubi u tushib qоlgаn аnа shu хаyolpаrаstlikning, shirin ro’yolаrning sаmаrаsidir.
Shndаy surаtlаrni quvib еtdikki,
Shndаy qаdаm tаshlаb chоpib kеtdikki,
Аmеrikа хаyol хаm qilоlmаs uni.
Хаr Ishim yurishim, turishim mеning
Bеlgisi ertаngi pоrlоq bахtimning!
Shоir ijоdidа rаmаntik ko’tаrinkilik аnа shu sаrоb ishоnchgа аsоslаngаn edi. Аmmо u ijоdiy tаjribа оrttirgаn sаyin bundаy yalоng’оch shоirbоzlikdаn «dаvr g’оyalаri» ni bаdiiy libоsgа o’rаsh sаnаtini engаllаb bоrdi vа bu sоxаdа kаmоlоt ch o’qqisigа erishdi.
Hamid Оlimjоnni u yashаgаn zаmоn vа mаkоndаn аjrаtib оlish mumkin emаs. Lеkin, shu bilаn birgа uning sаnаtkоr sifаtidа o’z dаvri хududlаrini yorib chiqib, umuminsоniy g’оya vа tuyg’ulаr tаrаnnumigа kеlgаnidа хаm bеfаrq qаrаb bo’lmаydi. Hamid Оlimjоn ХХ аsr o’zbеk sheriyati Ch o’lpоn vа Оybеkdаn so’ng insоn ruхiy оlаmini nаfis bo’yoqlаr bilаn оch ilshgа kаttа etibоr bеrdi. Uning 1936 yildаn kеyingi ijоdidа lirik qахrаmоnning ichki оlаmi bаrchа go’zаl jilvаlаri bilаn аks etdi.
Hamid Оlimjоnning bахti sururidаn mаst bo’lgаn lirik qахrаmоnni mustаqillik uchun kurаshdа o’z bахtini хаm, sеvgisini хаm qurbоn qilishgа tаyyor. Zеrо, uning uchun shахsiy fаrоg’аtdаn ko’rа хаlqning, yurtning tаqdiri, istiqlоli muхimdir. Uning butun shеriy ijоdidа оlg’а surilgаn g’оyalаr shu nuqtаgа kеlib, o’zаrо tutаshаdi. Shоir go’zаl insоniy tuyg’u vа kеchinmаlаrni tаsvirlаsh jаrаyonidа yuksаk bаdiiyat dаvоnlаrini zаbt etаdi. Uning so’z vа tаsvir vоsitаlаridаn fоydаlаnish sаnаti o’z kаmоligа еtаr ekаn, shеrlаri fаqаt musiqiy rаvоnlik vа хаlqchillik kаsb etibginа qоlmаy, kishi ruхingа estеtik tаsir ko’rsаtuvchi qudrаtgа хаm engа bo’lаdi.
10-MAVZU: HAMID OLIMJONNING
“MUQANNA” DRAMASI
RЕJA:
Dramaning yozilish tariхi.
”Muqanna” dramasida tariхiy haqiqatning ifodalanishi.
Asardagi Muqanna obrazi.
Muqanna va Guloyin o’rtasidagi munosabatlarning tasvirlanishi.
Dramaning badiiy qimmati.
BAYONI
Odatda “Muqanna”, “Jaloliddin Mangubеrdi” singari tragеdiyalarning ijodiy tariхi to’g’risida so’z borganda, ularning ikkinchi jahon urushi yillarida jang maydonlarida kurashayotgan va mеhnat jabhalarida faoliyat olib borayotgan хalqni jasorat va qahramonlikka chorlash maqsadida, davrning ijtimoiy buyurtmasi sifatida yozilgani aytildi. Ammo Hamid Olimjon ijodining tadqiqotchilari bеrgan ma’lumotga ko’ra, shoir Muqanna qo’zholoniga bag’ishlangan sahna asarini yozishga 1937-yildayoq kirishgan va hatto o’sha yil asarning birinchi pardasini yozib tugatgan. To’g’ri, 1937-yilda shoir ustida ham qatag’on bulutlarining to’planishi bilan u asar ustidagi ishni to’хtatib qo’ygan va 1942-yilning boshlarida asarga qayta kirishib, o’sha yilning 12-fеvralida birinchi pardaning yangi nusхasini yozib tugatgan. 1942-yil 31-mayda еsa asar ustidagi ish uzil-kеsil yakunlangan.
Hamid Olimjon tariхiy haqiqatdan kеlib chiqib, asarga Muqannadan tashqari, uning safdoshlari – G’irdak, Bog’iy, Хishriy, Hakim, Kulartagin singari tariхiy shaхslar va shu bilan birga oddiy хalq ommasining Otash, Gulobod va Guloyin singari vakillarining to’qima obrazlarini ham olib kirgan. Bu har ikkala toifadagi obrazlar o’zaroaloqaga kirishib, muallifga tariхiy davr haqiqatini o’z badiiy niyati doirasida mujassamlantirish imkonini bеrgan.
Muqanna хalq zo’rlik bilan musulmon diniga o’tkazilayotgan bir paytda Muqannaning o’z maslakdoshlari bilan kеlib, vatandoshlarni zulm va zo’ravonlikka qarshi kurashga undashi bilan tragеdiyaning tuguni boshlanadi. Va bu tugun rivojlani, ikki ijtimoiy kuch o’rtasidagi kurash o’t bo’lib olib kеtadi.
Muqanna aksar tariхiy manbalarda soхta payg’ambar sifatida tasvirlangan. Narshaхiy singari tariхchilar o’zlari mansub bo’lgan ijtimoiy qatlamning dunyoqarashidan kеlib chiqib, Muqannani qandaydir lo’ttiboz sifatida talqin еtganlar. Holbuki, Muqanna qo’zg’oloni fеodal jamiyatning turli-tuman qatlamlarini o’zida birlashtirgan ulkan хalq harakati еdi. Bu harakat o’zidan yuz yil muqaddam O’rta Osiyo va Movarounnahr cho’llarida o’tkazilgan va mahalliy хalqning qoni bilan sug’orilib turgan islomning hali nimjon niholini tag-tomiri bilan sug’urib tashlashga oz qolgan. Milliy ozodlik kurashi bayrog’i ostida o’tgan bu harakat arab bosqinchilari olib kеlgan davlat tuzumini qariyb 15 yil mobaynida larzaga kеltirib turgan.
Muqannaning asl ismi Hoshim ibn Hakim bo’lib, Muqanna uning laqabidir. “Niqobli kishi” ma’nosini anglatuvchi bu laqab, aftidan, unga хalq tomonidan bеrilgan. Muqanna marvlik bo’lib, otasi singari Abu Muslim huzurida sarхang (ofitsеr) bo’lib хizmat qilgan. Narshaхiyning aytishicha, u kеng bilimli, turli fanlar va “sirli san’atlar”dan хabardor kishi bo’lgan. U o’z atrofiga хalq ommasini to’plash va uning muhabbatini qozonish niyatida o’zini payg’ambar dеb е’lon qilgan. Manbalarda aytilishicha, Muqanna odamlarning: “Boshqalar faqat payg’ambarlik da’vosini qilgan еdilar. Nеga еndi sеn хudolik da’vosini ham qilayapsan?” dеgan savolga: “Boshqalar faqat vujuddan iborat еdilar. Mеn еsa boshdan-oyoq ruhdan iboratman va istagan qiyofada, hatto Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Muso, Iso, Muhammad, Abu Muslim sifatida paydo bo’lishim mumkin”, dеgan.
Muqanna хalq ommasiga qanday so’zlar bilan murojaat еtmasin, uning maqsadi bitta g’ yurtga bosib kеlgan, o’z dinini zo’rlab o’tkazmoqchi bo’lgan bosqinchilarga qarshi kurash, хalq va mamlakatni qullikdan ozod еtish. Hamid Olimjon nеmis fashizmi sovеtlar mamlakatiga hujum qilgan Ikkinchi jahon urushi yillarida ana shu maqsadini badiiy mujassamlantirish uchun Muqanna qo’zg’oloni mavzusiga murojaat еtgan.
Hamid Olimjon Guloyin siymosida siyosiy va mafkuraviy aqidalar to’riga ilinmagan, cho’ri bo’lsa ham o’zini еrkin qushdеk his еtuvchi, pokiza, yorug’ orzular va intilishlar bilan yashayotgan qiz obrazini yaratgan. Guloyin otasining:”Biz hali ham topinamiz otashga. Sеn-chi, qizim?” dеgan savoliga javoban bunday so’zlarni aytadi:
…Shuncha yillar otashgaohga topindim
Va bilmadim, ilohim kim, tangrim kim?
Qayg’usi yo’q biror kunni ko’rmadim,
Biror soat mеn baхtiyor bo’lmadim.
Iхtiyorni bеrsang agar mеnga sеn
Ozodlikka topinardim yolg’iz mеn.
Guloyin o’zidagi ana shu еrksеvarlik fazilati tufayli Muqanna siymosida nafaqat хaloskori, balki o’z orzularining ushalishiga yordam bеrajak yorqin siymoni ham ko’radi, uni sеvib qoladi va uning muhabbatini qozonadi.
Dramaturg Guloyin obrazini rivojlantira borar еkan, uning Battol va Fеruz singari хoinlarni larzaga soluvchi qilich sohibi, mard va jasur ayol darajasiga ko’tarilganini ishonarli tasvirlaydi. Guloyin хoin qilichidan halok bo’ladi. Ammo uning qoni ozodlik yo’lida to’kilgan va boshqalarni kurashga yanada chorlagan hayotbaхsh qon еdi. Dramaturg Komil Yаshin o’sha yillarda “Muqanna” spеktakliga yozgan taqrizida Guloyinni jahon adabiyotining Laurеntsiya, Nеston-Darijon obrazlariga qiyos qilgan еdiki, bu tasodifiy еmas.
“Muqanna” tragеdiyasi to’g’risida bahs borganda, uning nafaqat urush yillarida, balki sovеt mafkurasi diniy е’tiqodiga qarshi o’t ochgan davrlarda yozilganini unutmaslik lozim. Хuddi shu narsa asar qahramonlarining musulmon dini sha’niga aytgan so’zlarida o’z ifodasini topgan. Lеkin bu qahramonlar otashparatslar diniga mansub bo’lganlari uchun ularning Qur’on yoki islom dini sha’niga aytilgan so’zlarini muallif dunyoqarashining ifodasi sifatida qabul qilish to’g’ri bo’lmaydi. Zеroki, dramaturg asarda Muqanna qo’zg’oloni misolida o’zbеk хalqining uzoq asrlar mobaynida har qanday zulm va zo’ravonlikka, bosqinchilikka qarshi, еrk va hurriyat uchun olib borgan qahramonona kurashini tasvirlashigina o’ziga maqsad qilib olgan.
Tayanch so’z va iboralar:
Dramaturgiya, tragеdiya, asar g’oyasi, tariхiy davr haqiqati, badiiy talqin, bosqinchi, soхta payg’ambar, mahalliy хalq, dramatik vaziyat, siymo.
Savol va topshiriqlar:
“Muqanna” dramasida tariхiy haqiqat qanday ifodalangan?
Muqanna obrazi o’zbеk yozuvchilarining o’tmish mavzusida yozgan asarlaridagi qanday qahramonlarni еslatadi?
Muqana va Guloyin o’rtasidagi munosabatlar haqida gapirib bеring.
Ushbu asarning badiiy qimmati nimada?
11-MAVZU: MIRTЕMIRNING HAYOTI VA IJODI.
“SURAT” LIRIK QISSASI.
REJA:
Shoirning hayot va ijod yo’li.
Mirtemir – lirik shoir.
“Surat” lirik qissasining ijodiy tarixi.
Asardagi obrazlar.
BAYONI
Mirtemir 1910-yili, bug’doy o’rog’ida, Turkiston shahriga qarashili Iroq qishlog’ida dunyoga keldi. Otasi dehqon va chorvador, ona tomondan bobosining qo’lida xat-savod chiqardi. Keyin shu qishloqdagiAsfandiyor degan “no’g’oy domla”ning maktabida o’qidi. 11 yoshida Toshkentga kelib, Almaiy nomidagi ish maktabiga joylashdi. Oradan ikki yil o’tgach, Yangi shahardagi O’lka o’zbek bilim yurtiga o’qishga kirdi.
Mirtemir bilim yurtida o’qub yurgan kezlarida she’riyatga qiziqib, 1926-yilda yoshlar gazetasida “Tanburim tovushi” degan dastlabki she’rini e’lon qildi. 1928-yili esa uning nomini yoshlar orasida mashhur qilgan “Shu’lalar qo’ynida” degan ilk she’rlar to’plamnashr etildi.
Mirtemir 1929-yili bilim yurtini bitirib, Samarqanddagi Pedagogik akademiyasiga o’qishga kiradi. Ayni paytda u O’zbekiston Respublikasi Ijroya Qo’mitasi raisi Yo’ldosh Oxunboboyev bilan turli safarlarda birga bo’lib, uning nutq matnlarini yozib berishda ishtirok etadi. Ammo “Zafar” (1929), “Qaynashlar”, “Kommuna”, “Bong” (1932) singari to’plamlari ketma-ket nashr etilgan, she’riyat muxlislari o’rtasidagi shuhrati tobora ortib borayotgan Mirtemirni ko’ra olmagan ayrim shoir va tanqidchilar uning “feudal oila”da tug’ilgani, ocherklarida Cho’lpondan ko’chirmalar keltirgani va boshqalar haqida matbuotda “chirmanda chaladilar”. Hasadchilarning yosh shoirga qarshi boshlagan xurujlari natijasiz qolmaydi. NKVD xodimlari 1932-yil 7-avgust kuni 22 yashar Mirtemirni Samarqandda qamoqqa oladilar. Shoirni Y. Oxunboboyevning shaxsiy kotibligi ham NKVD changalidan saqlab qololmaydi.
Samarqandda qamoqqa olingan Mirtemir etap bilan Toshkentga yuboriladi. U Qo’yliqdagi mehnat-tuzatuv lagerida ekanligida jajji qizi ham, onasi ham vafot etadi. Mahbus 1934-yilning o’rtalarida Moskvadagi Dmitrov lageriga etap bilan yuboriladi va Moskva – Volga kanali qurilishida ishlaydi.
Yosh shoirning Sovet davlati oldida birorta aybi ham yo’q edi. Shuning uchun u 1935-yilning boshlarida afv etilib, ona yurtiga sog’-omon qaytadi. Lekin Mirtemir qalbiga yoshlik yillarida kelib sanchilgan tig’ shoirning butun hayotiga chuqur iz qoldirib ketadi.
Mirtemir 30-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab sharoit taqozosi bilan ko’proq tarjima bilan shug’ullanadi hamda A.S.Pushkin va T.G.Shevchenko she’rlari, Sh.Rustavelining “Yo’lbars terisini yopingan pahlavon” dostonini va boshqa asarlarni o’zbek tiliga tarjima qiladi. Ayni paytda “Ajdar” (1935), “Dilkusho”, “Suv qizi” (1937), “Oysanamning to’yida” (1938), “Qo’zi” (1939) kabi dostonlarini yozadi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Mirtemir O’zbekiston radio qo’mitasi (1941) va O’zbekiston Davlat nashriyotida (1942) muharrir, Opera va balet teatrida adabiy emakdosh (1943-44), 50-60-yillarda esa O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasda adabiy maslahatchi, Badiiy adabiyot nashriyotida muharrir vazifalarida xizmat qiladi.
O’zbekiston xalq shoiri Mirtemirga vafotidan keyin 2002-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni berilgan.
Mirtemirning lirik doston janriga yaqin “Surat” deb atalgan yana bir asari borki, shoir bu asar janrini “Lirik qissa” deb belgilagan. Yana shuni aytish joizki, shoir bu asarning avtobiografik xarakterga ega ekanligini yashirish kaqsadida va yana bir tomoni, 1956-1957-yillarda yozilgani uchun uni shu davr ijodining porloq mahsuli – “Qoraqalpoq daftari” she’ri turkumiga kiritgan.
“Surat” bir necha lirik she’rlardan tarkib topgan. Bu she’rlari mustaqil she’r sifatida ham o’qish va ularda zavq-shavq olish mumkin. Ammo ayni paytda ular o’zaro yagona lirik sujet mehvariga terilgani uchun bizni bosh qahramonning mashaqqatli muhabbati taqdiri bilan tanishtiradi. Shu ma’noda shoir asar janrini lirik qissa deb to’g’ri belgilagan.
Qissada tasvirlanishicha, asarning bosh qahramoni Toshlon to’rt yillik (Surat, surat, nega sen tilsiz? Seni asrab to’rt yil qo’ynimda seni kuta… Topinardim, o’pardim… essiz !) jangda (Gunohim ne? Jangda bo’lganim, qon kechganim, ming bor o’lganim?), demak, Ikkinchi jahon urushi frontlarida jang qilgan paytda uning halok bo’lganligi haqida xabar tarqaladi. Shundan keyin Toshlonning sevimli yori undan umud uzib, boshqa bir kimsaga turmushga chiqadi. Urushdan osmon-eson qaytgan Toshlon bu xoinlikka duch kelib, falakning adolatsizligidan eziladi, iztirob chekadi.
Oradan yillar o’tib, bevafo yor tufayli qalbdan oqqan jarohat qonlari to’xtaydi. Yurak yaralari hayotning boshqa voqealari ta’sirida malham topadi. Ammo ittifoqqa chiqib qolgan bevafo yorning surati Toshlon qalbidagi eski jarohatni tag’in yangilab yuboradi. Lirik qissa Toshlon hayotining xuddi shu soniyadan boshlanadi.
Yuqorida aytganimizdek, Mirtemir 22 yoshida qatag’onning achchiq tuzini yalagan va bu dahshatli voqea shoirning butun hayotida chuqur iz qoldirgan. Ushbu lirik qissada shoir o’z hayoti lavhalarini tasvir etgan, ammo u o’zdardini doston qiladigan kishilar qavmidan bo’lmagani uchun ruhiy iztirobi bilan bog’liq voqealari qoraqalpoq yigiti Toshlon obrazi orqali aks ettirgan:
Gunohim ne? Jangda bo’lganim,
Qon kechganim, yuz bor o’lganim?
Diydoringni unutolmayin,
O’limlardan hatlab kelganim?
Bu satrlarda shoirning Moskva-Volga kanali qurilishida kechgan azobli hayoti va o’limlarni hatlan kelgani o’z ifodasini topgan.
Shunday qilib, Toshlon – bu Mirtemirning o’zi. Ya’ni shoir ushbu asarda Toshlon nomi bilan harakat qilmoqda.
Toshlon eski qog’oz, hujjat va rasmlar orasidan ittifoqqa sobiq yorning suratini topib oladi. Uning xayolida bu bevafo yor bilan ilk uchrashuvlar, u bilan kechgan baxtli daqiqalar birma-bir gavdalanadi:
Sen kelgin tong chog’ida,
Sen kelgin naq tong misol.
Tong balqib yonog’ingda,
Ko’zlaring o’ynata ol!…
Sen kel tush paytida ham,
Daryoda etgin misol.
Sochlari to’zg’it bir dam,
Dilni ham qo’zg’ata ol!…
Mirtemirning, demak, Toshlonning yori mashhur raqqosa bo’lgan. Shoir uni yod etganida qo’shiq va radslar olamida kechgan oqshomlarning xotiraga kelishi tabiiy. Shuning uchun ham bevafo yor Toshlon xotirasida jonlanar ekan, shoir she’riy nutqda qo’shiq va raqslarning o’ynoqi ritmlaridan mohirlik bilan foydalanadi. Toshlon faqat shu syrat orqali emas, balki sobiq raqqosa xotinini sahnada ko’radi, u bilan yuzma-yuz keladi. Hatto uning mehrli munosabatini sezadi. Ammo…
Shunday paytlarda uning ko’nglidan turli ziddiyatli tuyg’ular o’tadi:
Esiz, ayoz tunlar, uyqusiz tunlar!
Jang va burch… Yor hajri… Qatma-qat jafo.
Nahot men seni deb bo’ldim tutunlar?
Nahot shunday dilbar beburd, bevafo?..
Toshlon (Mirtemir) shu vaqtda respublikaning mashhur siymolaridan biri. Hurmat va izzat og’ushida.
Sobiq yor endi unga sirli-sinoatli xatlar yozadi:
Xating, jahon, obdon beta’sir,
Uzilgan ip nechuk bog’lanur?
O’zing, axir, saqlayapsan sir,
O’z aybingdan qalbing dog’lanur…
Bazmlarning guli bo’lganing –
Yolg’on bo’lsa, boq-chi ko’zimga.
Maqtovlarning quli bo’lganing –
Yolg’ol bo’lsa, ayt-chi o’zimga!
Asar ana shunday dramatic voqealarning lirik ifodasi, Toshlon ruhiy hayotining kundaligi sifatid yozilgan.
Demak, asarda ikki qahramon – Toshlon va Oysuluv obrazlari yaratilgan. Asarda tasvir etilgan voqealar Toshlon tilidan bayon etilgani uchun biz bosh qahramon obrazi mohiyatini uning ruhida kechgan o’zgarishlar, jarayonlar tasviri orqali idrok etamiz. Bu ruhiy o’zgarish va jarayonlar esa uning nafaqat jang-u jadallarda qon kechgan, balki muhabbbat fojialari ham boshidan kechirgan, ammo hecha narsaga qaramay, yuksak insoniy fazilatlarini saqlab qolgan oliyjanob inson sifatida gavdalanadi.
Endi Oysuluv obraziga kelsak…
Lirik qissa davomida biz Oysuluvning bevafo ayol sifatidagi qiyofasi bilangina emas, ayni paytda Toshlon muhabbatini qozongan ayol sifatida ham idrok etamiz. Ehtimol, Toshlonning qalbida hali ham o’sha muhabbat cho’g’i so’nmagandir. U go’zal ayol…
Mirtemir uning go’zal qiyofasini Toshlon nigohi orqali tasvirlab, yozadi:
Tasviringga no’noqman, nochor…
Menga qoldi surating yodgor…
O’xshashingni topolmayman hech
Bu malohat faqat senda bor.
Hammasidan kulishing yaxshi,
Dilkash, munis turishing yaxshi.
Ko’kragimga boshingni qo’yib,
Taslim bo’lib turishing yaxshi.
Lirik qissa ana shunday baland pardada aytilgan, suratdagi sohibjamolning siymosi – tashqi va ichki go’zalligi o’tli bo’yoqlar bilan chizilgan, Leonardo da Vinchining sehrli mo’yqalamiga mansub “Jokonda” bilangina raqobatda bo’la oluvchi ayol surati Oysuluvga, balki, umuman, o’zbek ayoliga qasida o’laroq jaranglaydi.
Shoir o’z hayotining achchiq xotiralardan iborat sahifasi asosida yozilgan bu asarda birorta nola, o’kinish, ranjish, la’nat o’qish kabi hollarning yo’qligi, aksincha, unda tiniq va toza insoniy tuyg’ular tarannum etilgani muallif qalbining ulug’ligidan, Mirtemirning inson sifatidagi go’zalligi va oliyjanobligidan darak beradi.
Tayanch iboralar:
Savol va topshiriqlar.
12-MAVZU: ODIL YOQUBOVNING HAYOTI
VA ADABIY FAOLIYATI.
“KO’HNA DUNYO” ROMANI.
Odil Yoqubov tabiatan faol, jamoatchi shaxs. U jamoat ishlariga hayotini tikka, shu yo’lda qurbon ota farzandi. Bolalikdanoq 30-yillarning talotumlari, so’ng urush davri suronlari qo’ynida, odamlar orasida mashaqqatli mehnat jabhalarida toblangan, faqat oilaviy hayotdagi ko’rgiliklar emas, el-yurt tashvishlari bilan yonib yashashga o’rgangan. Ikkinchi jahon urushining oxirgi yillarida yoshiga bir yosh qo’shib, o’z arizasiga ko’ra armiya xizmatiga kirib, Uzoq Sharqlardagi janglarda ishtirok etgan; uning talabalik yillari, turli tahririyatlardagi xizmatlari, “Literaturnaya gazeta”dagi muxbirlik, “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”ga bos muharrirlik, Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik, sobiq Ittifoq Oliy Sovetining deputati sifatida jo’shqin, fidokoronafaoliyati bilan el-yurtda katta shuhrat qozongan. Hozir keksalik chog’ida ham Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Respublika atamashunoslik qo’mitasi raisi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining birinchi vitse-prezidentidek mas’uliyati va sharafli vazifalarni ado etib kelayotir.
Hayotda yonib yashash, yonib ijod qilish – adibning bosh shiori. Yonib yashagan odamlar – asarlarining bosh qahramoni. Uni elga tanitgan “Muqaddas”, “Er boshiga ish tushsa”, “Izlayman”, “Diyonat”, “Oqqushlar, oppoq qushlar”, “Adolat manzili”, “Ulug’bek xazinasi”, “Ko’hna dunyo”, “Bir koshona sirlari” asarlari qahramonlari olovqalb odamlardir, ular bamisoli ko’z oldingizda yonib, o’zgalarni kuydirib, yondirib ko’ngil o’kinchlari, armonlari, faryodlari bilan o’quvchi-tomoshabin qalbiga o’t soluvchi otash, taftiga dosh berish mushkul alanganing o’zginasidir.
“Ko’hna dunyo” romani. Odil Yoqubovga eng katta shuhrat keltirgan asarlar tarixiy romanlari – “Ulug’bek xazinasi” bilan “Ko’hna dunyo” bo’ladi. Adabiy tanqidchilikning bahosiga ko’ra “Odil Yoqubovning “Ko’hna dunyo” romanining markazida Ibn Sino hamda Beruniy taqdirlari, ular yashagan davri ruradi. Muallifning xulosalari va umumlashmalari keng, shuning uchun tarixiy materialga ajib aktual ma’no bag’ishlaydi. Zamonlar osha qilingan sayohat teran falsafiy umumlashmalar chiqarishga imkon beradi. Romanda tasvirlangan barcha voqealar hujjatlar bilan cheklab qo’yilmagan. Odil Yoqubov tarixni xuddi ko’rib turadi, tarix bilan bahslashadi, zamondoshlarga uzoq o’tmishdoshlarining tajribalaridan guvohlik berayotganday bo’ladi. U tarixga bugungi nuqtayi nazaridan qaraydi”.
“Ko’hna dunyo”dagi bu sujet katta ramziy – umumlashma xususiyatga ega. Haqiqiqy iste’dod sohiblar, chin zahmatkash daholar bu yoqd qolib, xor-u zor bo’lib, soxta, firibgar “ijodkor”larning obro’ e’tibor qozonishi hamma davrlarga, ayniqsa, mustabit hukmronlar siyosatiga xos tarixning ajib bir sirli jumbog’idir. Roman ana shu sirli jumboq ustida istirob bilan o’ylashga, bahsga undaydi sizni.
Ro’y bergan adolatsizlik ikki buyuk allomada ikki xil taassurot qoldiradi. Charxi kajraftorining xilma-xil o’yinlarini, jabr-u sitamlarini ko’p ko’rgan Ibn Sino bu telba dunyoning mudhish nayranglariga go’yo beparvodek qaraydi. Beruniy esa g’azab, afsus nadomatlardan o’zini qo’yarga joy topolmaydi. Bu xildagi ziddiyatlar holat ham hodisaning dramasini yanada kekinlashtiradi, bahs ruhini kuchaytiradi.
Ibn Sino bilan ustoz Beruniyning G’aznadagi uchrashuvi, Beruniy xonadonidagi muloqotlar, ko’ngil rozlari, ilm-fan, tabiat, koinot va jamiyat haqidagi bahslar ifodasi romanning eng jozibali, huzurbaxsh sahifalarini tashkil etadi. Bir vaqtlar ustoz Beruniy bilan shogird Ibn Sino orasida jiddiy ilmiy tortishuvlar bo’lgan, ustoz shogirdning ayrim qarashlarini keskin tanqid ostiga olgan, bunda ba’zan adolatsizliklarga ham yo’l qo’ygan… mana endi o’sha bahslarga yakun yasash, oydinlik kiritish ko’ngildagi g’uborlarni ko’tarish, umuman ikki alloma hayotida tutgan yo’l, umr saboqlarini sarhisob etish, qarashlarni muvofiqlashtirish payti keladi. Shunisi muhimki, ikki alloma arasida qizg’in munozaralar, tanlangan yo’llarda, qarashlarda ayrim farqlar yuz bergan bo’lishiga qaramay ular aslida maslakdagi shaxs-siymonlardir. Asarni o’qiganda siz buni butun qalbingiz bilan his etib turasiz. Garchi g’aznadagi uchrashuv yozuvchi ijodi fantaziyasining samarasi bo’lsa-da, tarixiy haqiqatda mosdir, chunki ikki buyuk alloma ilmiy ijodiy merosining tarixiy taqdiri, ular orasidagi mushtarakliklar bu haqiqatni to’la tasdiqlaydi.
“Ko’hna dunyo”dagi hodis va qahramonlarga xilma-xil tomondna yondashish xarakterli. Asarda qalamga olingan hodisa va xarakterlar jumboqli bo’lish bilan barobar ziddiyatlidir. Bu ziddiyatlarning ko’rinish turlari ham rang-barang. Bu hol romandagi bahslar olamini g’oyat kengaytiradi.
Yozuvchining mahorati, ayniqsa personajlarning ruhiy olami, qalb bahsini bera olishda yorqin ko’rinadi. Asarlardagi deyarli har bir personaj qalbida keskin drama kechadi, ularning har biri o’zi bilan o’zi olishadi. Har bir qalbning dramasi, bahsi o’ziga xos, ifoda tarsi betakoror. Sulton Mahmudning biz vasvassa-yu tahlika, pushaymonlar iskanjasida ko’rsak, Piri Bukriyning hasad, alam-o’kinchlar olovida yonayotgan holatlarda uchratamiz; amir Ma’sud, Xatlibegim, Ibn Hasanak, Ali G’ariblarning ham alam iztiroblardan, hattoki goho firigar Ibn Shahvoniyning tavba-tazarrusidan ogoh bo’lamiz; Malikul Sharob, Nargizabonu, Bobo Xurmolarni qalb faryodi o’quvchini larzaga soladi, ulug’ allomalar – Ibn Sino bilan Beruniylarning dil rozilari, alamli o’ylari, qalb tug’yoni, isyoni romandagi tasvirning eng shiddatli, baland pardalrini tashkil etadi. “Ko’hna dunyo”da ham biz personajlarni birinchi galda qalb bahsi, nidosi, tug’yoni orqali to’laroq bilib olamiz. Personajlarning qalb bahsi, nidosi ayni paytda ularning hayot falsafasi, haqiqati, konsepsiyasi hamdir. Personajlar qalb dramasi orqali o’zlariga va hayotga baho beradilar. Shu tariqa romandagi har bir yetakchi personaj mustaqil, muayyan shaklga tushgan konseptual ohangdir; bu ovozlar esa rang-barangdir.
To’g’ri, muallif ayrim personajlar, masalan, Ibn Shahvoniy, Piri Bukriylarning tashqi qiyofasi, xatti-harakatlarini ham batafsil ta’rif-tavsif etadi, xarakterlar orasidagi to’qnashuvlarni ham ancha keng yoritadi, lekin baribir romanda qahramonlarning qalb bahsi, dramasi nidosi – ohangi orqali namoyon etish yetakchilik qiladi.
Romanda personajlar ovozidan boshqa hikoyachi shaxs sadolari ham mavjud. Asar voqealari, asosan, ikki shaxs – muallif va Abu Ubayd al-Juzjoniy tilidan hikoya qilinadi. Ibn Sino bilan bog’liq voqealar ko’proq Juzjoniy xotiralari tarzida, qolgan voqealar muallif nigohi orqali beriladi. Bu ikki hikoyachi shaxsning ifoda usuli, ohangi bir-biridan farqlanadi; Juzjoniy bayonida xolis – obyektivlik hukmronlik qilsa, muallif ifodasida voqealarga faol munosabat, dadil aralashish ustun. Go’yo personajlar qalbida, ruhiyatida boshlangan bahs-munozara muallif qalbida davom etadi, aniqrog’i muallif personajlar qalbida kechgan bahslar bilan bahsga kirishadi, ularga o’z munosabatini tayin etadi, natijada mavjud bahslar dramasi yanada qizg’inroq, shiddatliroq tus oladi.
Shu tariqa Odil Yoqubov “Ko’hna dunyo” romanida tarixiy haqiqatni, tarixiy shaxslar taqdirini, davr dramasi, davrning ko’pqirrali ziddiyatlarini, o’tmish saboqlarini yangicha, ta’sirchan ochishga, badiiy inkishof etishga muvofiq bo’lgan.
Tayanch iboralar:
Savol va topshiriqlar:
13-MAVZU: PIRIMQUL QODIROVNING
HAYOTI VA IJODI
Pirimqul Qodirov o’zbek adaboyotiga XX asrning o’rtalarida kirib kelgan yangi avlodning atoqli vakilidir. Bo’lajak adib 1928-yil 25-oktabrda tug’ilgan.
Halol cho’ponlikdan suruv-suruv qo’ylar egasiga aylangan badavlat Qodir aka oilasi sho’ro tuzumi tomonidan boy-zodagonlikda ayblanib, jo’jabirday farzandlari bilan Tojikistonning Shahristonidagi Kengko’ldan O’zbekistonning Xovos tumanidagi Iskandar qishlog’iga badarg’a qilinadi. Bu adolatsizlik, uqubatlar Pirimqulning bolaligidan hayotga tiyrak ko’z, sinchkov nazar bilan qarashga o’rgatdi.
Maktabda a’lo baholarga o’qidi. Toshkent Davlat universitetining sharqshunoslik fakultetida tahsil oldi. Moskva aspiranturasini tugatib, Abdulla Qahhor ijodi yuzasidan dissertatsiya yoqladi va fan nomzodi bo’ldi.
Bu vaqtga kelib u el nazariga tushgan adib edi. Pirimqul Qodirov badiiy va ilmiy ijodni birga qo’shib olib bordi. O’zbek realistik prozasidagi badiiy til jozibasi, uning xalq tili bilan aloqalari masalasiga bag’ishlangan tadqiqotlar e’lon qildi. Tashkilotchi, olim, jamoat va arbob sifatida Moskvadagi yozuvchilar uyushmasida, Respublika Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida va mustaqillik davriga kelib, mamlakat Oliy Majlisida mas’ul lavozimlarda ishladi.
Badiiy tarjima Pirimqul Qodirov mahorati shakllanishida muhim rol o’ynaydi. U rus adiblari Tolstoyning “Kazaklar”, K.Fedinning “Ilk sevinchlar”, turkman yozuvchisi X.Deryayevning “Qismat” romanlarini o’zbek tiliga o’girdi. Adabiyotimizni rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun “O’zbekiston xalq yozuvchisi” yuksak unvoniga sazovor bo’ldi.
P.Qodirov xassos, nozikta’b, o’ziga xos yozuvchi. Uning asarlaridagi yetakchi xususiyatlar so’zdagi hissiyot tiniqligida, asar hujayralaridagi uyg’unlik va yaxlitlikda, qahramonlar va muallif tilining musiqiy ranginligida, fikrlash madaniyatidagi jozibada ko’zga tashlanadi.
“Yulduzli tunlar” ham aslida shunday asar edi. Shu bois, roman bir necha yil davomida ne-ne azob-uqubatlar bilan yozilganiga qaramay, olti-yetti yil chop etilmay yotdi. Nihoyat bosilib chiqdi (1978), hatto O’zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi (1981). Lekin ko’p o’tmay asar va yozuvchi boshiga ko’p og’ir kunlar tushdi. Roman matbuotda feodalizmni targ’ib qiluvchi asar sifatida qoralandi. Muallifga millatchi, burjua yozuvchisi deb tuhmat qilindi.
Yangi zamon, mustaqillik adibni ham. Romanni ham xalqqa qaytardi.”Yulduzli tunlar” shoh, sarkarda, shoir-benazir inson Zahiriddin Muhammad Boburning yorqin siymosi mahorat bilan aks ettirilgan to’laqonli va sermiqyos asardir badiiy asardir.
Bu asargacha yozuvchi, asosan, o’z zamondoshlari va zamonasi muammolariga bag’ishlangan asarlar yozdi. “Yulduzli tunlar”da esa, adib ilk bor tarixiy mavzuga murojaat etdi, buyuk tarixiy shaxs obrazini yaratishga kirishdi. Gap mavzu va qahramonning tarixiyligida emas. Asosiysi, jahon tarixi, xususan, O’rta Osiyo va Hindiston tarixida o’chmas iz qoldirgan, markazlashgan davlat tuzib, ko’pdan ko’p xalqlarni qirg’inbarot urushlardan saqlab qolgan, murakkab qismatli podshoh, ne-ne jang-u jadallarda mahorat va jasorat ko’rsatgan sarkarda, she’rlaridagi har bir satrda o’z ichki dunyosi, dono porloq qiyofasi porlab turgan buyuk shoir, har bir so’zidan tarix nafasi keluvchi “Boburnoma” muallifi hamda dilbar tabiat siymosibu darajada haqqoniy, teran gavdalantirilganroman shu vaqtgacha o’zbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida yaratilmagan edi.
Jahon tarixi badiiy adabiyotida Bobur haqida to’g’ri fikrardan tashqaribir-biriga zid, ba’zan yanglish, xato, noxolis qarashlar yo’q emas edi. Boburning haqqoniy qiyofasini yaratish, badiiy haqiqat imtiyozlari bilan moziy adolatini tiklash tarix talabi, zamon ehtiyoji va yozuvchining muqaddas burchi edi.
Shu ma’noda “Yulduzli tunlar” yozuvchi burchini namoyon etgan yulduzli onlardir. Roman yuqorida e’tirof etilgan jihatlari va buyuk bir tarixiy siymoni qaytadan kashf etilishi bilan o’zbek adabiyotida mustahkam o’rin egalladi.
Adabiyotimizda buyuk shoh va shoir hayotining ayrim bosqichlariga bag’ishlangan Oybekning “Bobur”, E.Vohidovning “Kelajakka maktub”, B.Boyqobilovning “Kun va tun”, X.Sultonning “Boburnoma” singari turli janrdagi asarlari mavjud. “Yulduzli tunlar”da esa Boburning deyarli butun ongli hayoti yaxlit yaratilgan. Adib roman janrining yuksak talablariga amal qilish bilangina kifoyalanmay, janr tabiatini yanada boyitishga munosib hissa qo’shdi.
Roman Bobur siymosini tarixiy haqiqatga mos, badiiy jihatdan jozibali tasvirlashi bilan e’tiborli. Humoyun og’ir betob bo’lib yotganida Bobur farzandiga shunday deydi: “Sening betoqatligingga me toqat keltiray! Sening shu og’ir dardingni xudo sendan olib menga bersin….
…Bobur umumiy jimlikda Humoyunning boshidan uch marta aylandi-yu:
– e, parvardigor! – deb iltijo qildi. – Menki, Boburmen, agar jon berish mumkin bo’lsa, umr-u jonimni Humoyunga qurbon qildim! Azroyil mening jonimni olsin-u, xudo Humoyunga shifo bersin!”
Manbalar bu voqea haqiqatan tarixda ro’y berganini tasdiqlaydi. Humoyun ko’p o’tmay tuzaladi. Bobur qazosi shu voqealarga to’g’ri keladi. Roman ham ko’p o’tmay shu tasvirdan so’ng yakun topadi.
Yozuvchi bu singari tarixiy faktlarni e’tirof etish bilangina cheklanmaydi, albatta. Taxayyulni erkin qo’yib, ularga badiiylikning jonli suvini ichiradi. Butun asar davomida qahramonlarni, ularning oy-kechinmalarini, harakat qilayotgan shart-sharoitlarni, muhitni, tabiatni, hatto olinayotgan nafaslar haroratini, ayni lahzada pardalrdan ichkariga yoyilayotgan nur tarovati va hokazolarni shu qadar mahorat bilan badiiy go’zal tasvirlaydiki, kitobxon asar o’qiyotganini unutib, shu muhitda yashayotgandek his etadi o’zini.
Bobur Hindistonda saltanatni poshqarganda podsho bo’lishning shon-shavkati bilan bir qatorda, adadsiz pushaymonlarni, iztiroblarni, “xatolig’”-u, “yuzi qarolig’”larni boshidan kechirgan. Vatan sog’inchi bilan o’rtangan. Bu yo’nalishda uning ajoyib, dilbar she’rlari ham bor. Yozuvchi qahramoni tabiatiga doir ana shunday tarixiy gavhar dalillarni saralab, badiiy yaxlitlik bilan nurlantiradi. Natijada, yozuvchining mahoratidan nurlangan harorat badiiy jozibaga aylanadi va butun asar hujayralariga iliqlik baxsh etadi.
Shu ma’noda romanda Bobur ruhi, ichki dunyosi, xayollari, orzu-armonlarining yuksak mahorat bilan tasvirlanganini ta’kidlash zarur. Onasi Qutlug’ Nigorxonim bilan Boburning nafas olishdayoq bir-birlarini tushunishlari, inining Xonzodabegimni nainki so’z, balki yurak bilan anglay bilishi, shoirning havo emas ilhom bilan nafas olayotgan betakror sohir holatlardagi his-hayajonlar tasviri Pirmqul Qodirovning ruhiyat mazmunlarini ko’rsatishdagi ustaligidan dalolat beradi. Yozuvchi Boburni ko’p hollarda ichki kolliziya, ichki dramatizm, azobli, iztirobli, vaziyatlarda ko’rsatadi. Qahramon o’z-o’zini ichdan tahlil etadi, qiynayotgan savollarga shu yo’sinda javob izlaydi va topadi. O’zga qahramonlar bilan ba’zan so’z orqali emas, ichdan, vujud tili orqali muloqotda bo’ladi. Bu esa qahramon ruhiyatini teran yoritish imkonini beradi.
Mana, Boburning podshoh, sarkarda, shoir, muarrix sifatida buyuk fazilatlaridan tashqari oddiy bir inson sifatidagina ko’rinishi. Zaharlangan Bobur ruhiyati shunday, chiziladi: “Boshidan o’tgan o’lim dahshati hamon xayolidan nari ketmasdi. Uning joni shuncha vaqt qil uchida osilib turganini o’ylasa, beixtiyor vahmi kelardi. Shu qil uzilsa, o’lim deb ataladigan zulmat qa’riga qulab tushishini ikki kun davomida muttasil his qilish unda yashash istagini behad kuchaytirib yuborgan edi. Hayotning bir lahzasi, bir uchquni dunyoning barcha boyliklari-yu, toj-u taxtlaridan ham aziz ekanligi unga endi astoyidil sezildi”.
Qahramon ruhiyatini teran, jonli, samimiy ochish o’z-o’zidan bo’ladigan ish emas. Buning uchun yozuvchi shunday his-tuyg’ularni o’z qalbidan o’tkaza olishi kerak. Pirimqul Qodirov o’zi aytganidek, adib “tarixiy shaxslarning ichki dunyosiga o’z ichki dunyosi orqali yo’l topadi”.
Mustaqillik davriga kelib, “Yulduzli tunlar”dek tarixiy asarning qadr-qimmati, ahamiyati yanada oshdi. Roman, Vatan, millat, ulug’ ota-bobolarimizga mehr-muhabbatni yanada e’zozlashga undaydi.
Tayanch iboralar:
Savol va topshiriqlar.
14-MAVZU: ERKIN VOHIDOV
“Men ijodiy mehnatbi faol jamoat ishlari bilan qo’shib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilaman. Odamlarga faqat she’ring emas, o’zing kerakligini sezish – bu katta baxt. Shuning uchun ham jamoat mehnatidan hech qachon o’zimni olib qochgan emasman. Qaynoq hayot ichida yashash, ishlab o’rganganman”, — deb yozadi shoir. Darhaqiqat, u badiiy ijodni faol jamoatchilik ishlari bilan qo’shib olib boradi. Yoshlar nashriyotida bosh muharrir, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sa’nat nashriyotida director, “Yoshlik” jurnaliga bosh muharrir bo’lib ishlagan. Shoirning ijtimoiy faoliyati doirasi Respublika Oliy Kengashi va Oliy Majlisiga deputat bo’lib saylangan, Oliy Kengashning oshkoralik masalalari qo’mitasi, Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasiga raislik qilgan kezlari ayniqsa kengaydi. Bu yillarda atoqli shoir davlat va jamoat arbobi sifatida ham tanildi. Uning ko’p vaqti xalq ichida, yurtimiz va mamlakatlar bo’ylab safarlarda o’tmoqda. Shoir “Buyuk romani” unvoniga sazovor bo’ldi.
Erkin Vohidov Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida 1936-yilning 28-dekabrida qishloq o’qituvchilari oilasida dunyoga keldi. Otasi Cho’yanboy Vohidov, onasi roziyaxon davrning obro’-e’tiborli, ma’rifatli, faol kishilari edilar. Afsus, ular uzoq yashamadilar. Avval Ikkinchi jahon urushida qatnashib, og’ir yarador bo’lib qaytgan ota, so’ng ona dunyodan o’tdi. Ikki qisqa umrning yolg’iz yodgori bo’lib Erkin toshkentlik tog’asi qo’lida qoldi. Unig o’spirirnlik, yoshlik yillari Toshkentda o’tdi. Erkin ulg’aygan xonadon ma’rifatga, san’atga, adabiyotga tashna edi, bu xonadonni tez-tez shoir va xonandalar ishtirokida suhbatlar bo’lib turardi. Erkin Vohidovdagi nafosatga, she’riyatga mehrva mayl shu xonadonda, ana shu davralarda shakllandi. Erkin juda erta qo’liga qalam oldi. 7-sinfda o’qib yurganida “Mushtum” jurnalida birinchi she’ri bosildi. Maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetiga kirib o’qidi. Universitet ta’limi shoirning ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirdi; birinchi she’rlar kitobi “Tong nafasi” talabalik yillarida yaratildi.
Hozirgi zamon o’zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O’zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida o’qituvchi oilasida tavallud topgan. Vohidovlar oilasi 1945-yilda poytaxt Toshkentga ko’chib keldi. Erkinjon avval o’rta maktabda, so’ng hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida ta’lim oladi. 1960-yilda o’qishni bitirgach, nashriyotlarda muharrir, bosh muharrir, direktor lavozimlarida ishlaydi, yangi tashkil qilingan «Yoshlik» jurnalining oyoqqa turishiga rahbarlik qiladi.
Erkin Vohidov dastlabki she’rlarini maktabda o’qib yurgan paytidayoq e’lon qila boshlagan, birinchi she’riy to’plami esa «Tong nafasi» nomi bilan 1961-yilda chop etilgandi. Shundan buyon ijodkorning qirqdan ziyod kitobi o’quvchilarga tortiq etildi. Uning she’rlaridan tashqari «Palatkada yozilgan doston», «Ruhlar isyoni», «Istambul fojiasi» singari dostonlari, «Donishqishloq latifalari» hajviy turkumi, «Oltin devor» komediyasi, «Shoiru she’ru shuur» nomli adabiy-falsafiy to’plami XX asr o’zbek adabiyoti rivojiga katta hissa bo’lib qo’shilgan. Erkin Vohidov dunyo she’riyatining yorqin vakillari S.Yesenin, A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov singari shoirlarning ko’plab asarlarini ona tilimizga tarjima qilgan. Erkin Vohidov tomonidan ulug’ nemis mutafakkiri Gyotening «Faust» asari o’zbek tiliga yuksak mahorat bilan o’girilishi esa (1974-yilda) nafaqat adabiyotimiz, balki madaniya-timiz tarixida ham muhim voqea bo’lib qoladi.
Erkin Vohidov she’riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qiladi. Sho’ro adabiyotshunosligida aruz vazni «eskirgan, zamonga javob bera olmay qolgan vazn», deya inkor qilina boshlagan bir paytda Erkin Vohidov «Yoshlik devoni» (1969) kitobini e’lon qilgan, undan joy olgan o’nlab go’zal g’azallari bilan bunday da’volarning puch ekanligini isbotlagan edi. U «O’zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvonga sazovor bo’lgan ijodkordir.
Darhaqiqat, Erkin Vohidov o’zining butun faoliyati va ijodini xalqimiz orzu-o’ylarini ifodalash, millatimiz taqdiriga daxldor muammolarni dadil ko’tarib chiqish, kishilarimiz madaniy-estetik saviyasini yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga yo’naltirgandir. Bu jihatdan shoirning 1968-yilda yozilgan «O’zbegim» qasidasi alohida e’tiborga molik.
Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o’zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u oqsoch Tiyonshon, o’zbegim.
So’ylasin Afrosiyob-u so’ylasin O’rxun xati,
Ko’hna tarix shodasida bitta marjon, o’zbegim.
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zlik, balki Tarxon, o’zbegim.
Shoir lirikasi
Shoirning ijodi bahs-munozaralar ichida kechdi. Shoir o’z qo’lidagi qurol — she’r, lining tabiati, shoirning el-yurt oldidagi burchi — vazifasi xususida ko’p o’yladi, she’r va shoir haqidagi qarashlarini bayon etdi. U bular xususida so’z ochganda har doim ijod mashaqqatlarini, shoir bo’lish oson emasligini eslatadi. Uningcha, shoirlik o’z ona yurtiga, xalqiga, inson zotiga bo’lgan fidoyi mehrning samarasidir.
Erkin Vohidov dastiab hayot, go’zallik, yoshlik, muhabbat kuychisi bo’lib maydonga chiqdi. Taqdir in’om etgan hayot, saodat, yoshlik, muhabbat suairini, hayotdan rizolikni toiib-toshib kuyladi. Xalqimiz erishgan yutuqlar, uning shonli tarixi, qo’lga kiritgan g’alabalari to’g’risida faxr-iftixorga to’la satrlar bitdi. Jumladan, ,,Yoshligim» g’azalida yoshlik sururidan jo’shib yozadi:
Yoshligim, kel, kuyga to’lgan Qalbim oltin sozi bo’l. Men qo’shiq aytay to’lib,
Bir lahza jo’r ovozi boi. 40—50- yillarda ,,vulgar sotsiologizm» deb atalgan qarash oqibati o’laroq, sevgi, shaxsiy kechinmalar badnom etilgan.
Istadim sayr aylamoqni
Men g’azal bo’stonida. Kulmangiz, ne bor senga deb
Mir Alisher yonida. She’nyat dunyosi keng,
Gulzori ko’p, bo’stoni ko’p, Har ko’ngil arzini aytur
Neki bor imkonida. Ey munaqqid, sen g’azalni
Ko’hna deb kamsitmagil, Sevgi ham Odam Atodin
Qolgan inson qonida.
Shu tariqa shoir inson qonidagi azaliy, tabiiy tuyg’u — sevgini kuylagan qadimiy g’azal shaklini himoya qiladi. She’rda g’azal shunchaki she’riy shakl ma’nosida emas, muhabbat, boqiy insoniy tuyg’ular ramzi tarzida ham qo’llangan:
Barcha shodlik senga bo’lsin,
Bor sitam, zorlik menga. Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xushtorlik menga… Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin menga ber. Senga bo’lsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.
(„ Barcha shodlik senga bo’lsin «)
Shoir oshiq ko’ngilning ma’shuqaga bo’Igan mayli ifodasida xuddi mumtoz she’riyat namoyandalari kabi mubolag’ani hadsiz oshiradi:
Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o’zimdan ham, Uzoqroq termulib qolsam
Bo’lurman g’ash ko’zimdan ham. Ko’zim yongay senga nargis —
Ko’zin tiksa chamanlarda, Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo’lgay yuzimdan ham.
(„ Rashkim»)
Oshiq yigitning dil rozlari, ma’shuqaning ta’rif-tavsifi har qancha mubolag’ador, romantik bo’yoqlar bilan zeb berilgan bo’lmasin, har ikkisi ham zamon va zamin farzandi, ular shoir aytmoqchi, ,,o’z zamonin zayli»ga itoat etadigan bizga zamondosh odamlardir.
Bora-bora shoir ijodida o’shanday romantik jo’shqinlik, hayotsevarlik tuyg’ulari yoniga jiddiy realistik mushohadakorlik kelib qo’shila boshladi. Shoir hayotni nuqul madh etish bilan chek-lanmay, uning tub mohiyatiga, ichki ziddiyatlariga ham nigoh tashlaydi, qalamga olingan hodisani qarama-qarshiliklari, ziddiyatlari, manfiy va musbat tomonlari bilan birgalikda idrok etadi. Natijada shoir she’rlari o’ziga xos bahs-munozara tusini oladi. 70 — 80- yillarga kelib shoir sevgi, ,,hayot kuychisi»gina emas, ko’proq hayotning, inson qalbining badiiy tadqiqotchisi sifatida ko’rina boshladi. ,,Hozirgi yoshlar», ,,Inson», ,,Sirdaryo o’lani», ,,Arslon o’ynatuvchi» she’rlari, ,,Ruhlar isyoni», ,,Istambul fojiasi» singari dostonlari bu jihatdan shoir ijodida olg’a tashlangan qadambo’ldi.
Hayotga, el-yurtga mehr — bu faqat shirin so’zlar, madhiyalar, hamd-u sanolar orqali ifodalanmaydi.
“Ruhlar isyoni” dostoni. “Ruhlar isyoni” dostoniga isyonkor bengal shoiri Nazrul Islom hayoti, fojiali qismati asos qilib olingan. „Otashin bengal shoiri Nazrul Islomning qahramonona va fojiali taqdiri ko’pdn meni hayajonga solib kelar, u haqda biron narsa yozish xalida yurardim”, — deydi muallif. Shu maqsadda u shoir hayoti va ijodini astoyidil o’rgandi, shoir hayotiga oid faktlar bilan yaqindan tanishish niyatida Hindistonga bordi, shoir yashagan joylarda bo’ldi, shoirni shaxsan tanigan, bilgan kishilar bilan suhbat qurdi.
Erkin Vohidov dastlab shoir boshidan kechgan shu hayajonli voqealarni hikoya qiluvchi bir she’riy qissa yozdi. Biroq bu asardan ko’ngli to’lmadi. „O’ylab qarasam, — deydi u, — unda men Nazrul Islom hayotiga oid ko’pchilikka tanish faktlarni shunchaki belletristik yo’lda sharhlash, hikoya qilib berish bilan cheklangan ekanman”.
Shoir dostonni yozishdan kuzatgan maqsadi haqida shunday deydi: „Ruhlar isyoni garchi Nazrul Islomga bag’ishlangan bo’lsada, asar faqat otashin shoir hayoti ifodasidan iborat emas. Unda men shoir hayoti bahonasida o’zining, umuman, shoirlik, insonlik, fidoyilik, erk tashnaligi haqidagi, erkka tashna ijod ahlining zamonasi, xalqi bilan murakkab munosabati haqidagi, qolaversa, inson hayotining ma’nosi, hayotning ham shafqatsiz, ham adolatli, haqiqati haqidagi o’y mushohadalarimni kitobxon bilan baham ko’rishga intildim”.
Doston haqsizlik va adolat, istibdod va erk orasidagi mangu kurashda iste’dod egasining o’rni haqidagi falsafiy mushohadalar bilan boshlanadi. Chin iste’dod egasining tabiati yaralishdan nohaqlikka, adolatsizlikka, istibdodga qarshi isyondir deb sanaydi muallif:
Shoir yurak –
Pok tilagi,
Imonidir basharning.
Armon to’la yurakdagi
Isyonidir basharning.
Nazrul Islom dunyoga shoir bo’lib, ya’ni davrining pok tilagi, imoni, armon to’la yurakdagi isyoni bo’lib tug’ildi. Milliy ozodlik bo’sag’asida turgan el-yurt shunday isyonkor shoirga mushtoj edi, “Zamon uning yonib turgan yuragini so’radi”. Shoir hali tug’ilmasdan burun o’z yurtidan judo etilgan edi: el-yurti mustamlakachi zobitlar oyog’i ostida toptalib yotibdi. Jaholatda qolgan xalq zolim-zobitlarga qarshi turish o’rniga, hind-u musulmonga ajralib, bir-birining go’shtini yeyish, qirish bilan ovora. Muallif Hindiston tarixining shu qora kunlarinialam bilan qalamga olar ekan, yana shoir va uning fuqarolik burchi haqidagi bahsga ko’chib, deydi:
Har nechakim zo’r iste’dod,
Toshqin ilhom,
Xalqing yotsa chekib faryod,
Yaramasang kuniga.
Shoir esang,
Shoir bo’lib
Nega kelding hayotga?
Eling yotsa dardga to’lib,
Kelolmasang najotga?!
Ne shoirsang
Tashbehlaring
Bormi asli keragi.
Bo’lmasa el g’ami – darding,
Yuraging – el yuragi?!
Shoirni, ayniqsa, faqat o’z joni tinchini o’ylandigan, jur’atsiz, qo’rqoq, munofiqlar aqidasi tashvishga soladi. Haqsizlikni ko’ra-bila tura indamaslik, layoqaydlik xiyonatdir. Fasus, u jaholat tufayli karaxt, ko’r-u karga aylangan olomon ta’qibiga uchraydi: shoirni g’alayonning sababkori deb ataydilar. Shu tariqa el uchun jonini, jahonni berishga tayyor fidoyi shoir el dushmaniga aylanadi, hibsga olinadi.
Dostondagi Nazrul Islom qismati, unga daxldor rivoyatlar, shoirning ehtiroslarga to’la o’y-mushohadalari bilan tanishar ekansiz, asarni yozishdan maqsad faqat bengal shoiri hayoti, Hindistonda kechgan voqealar, qadim rivoyatlarni hikoya qilishdan iborat emasligini sezib, his etib turasiz. Ayni paytda gap o’z ona yurtimiz, unig istilochilar istibdodi yillaridagi kechmishi, Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat kabi millatning asl fidoyi o’g’lonlari, ularning yurt ozodligi, mustaqilligi yo’lidagi kurashlari va bu kurashlar qanchalar qimmatga tushganligi — barchasi birma-bir ko’z oldingizdan o’tadi. XX asdrning 70-yillari oxirlarida yozilgan bu dostondagi isyonkorona kurashchan ruh Qodiriy, Cho’lpon, Fitratlarga xos el-yurt g’ami, erki, ozodligi yo’lida kuyib-yonishlar bu yillarda ham davom etganligini tasdiqlaydi.
15-MAVZU: SHUKUR XOLMIRZAYEVNIG
HAYOTI VA IJODI
Insholar to’plami