Insho Abdulla Oripov ijodida Vatan talqini haqida to’liq ma’lumot oling

Insho Abdulla Oripov ijodida Vatan talqini haqida to’liq ma’lumot oling

Mundarija скрыть
Insho Abdulla Oripov ijodida Vatan talqini haqida to’liq ma’lumot oling
Insho Abdulla Oripov ijodida Vatan talqini
Reja:
  1. Kirish. Mehrga muhtoj qalblar kuychisi.
  2. Asosiy qism: a) shoir she`riyatining qudrati – yuksak darajadagi badiiyligidadir.
b) O`zbek xalqi qaddini yana bir rpog`ona ko`targan qasida.
d) Shoir yangilagan ko`hna muhabbat.
3. Xulosa. Abdulla Oripov ijodini o`rganib kamol topamiz!
Temur kabi sohibi zamonlar qilichi yetmagan yerlarni qalam bilan
olishga Alisherni qodir qilgan qudrat she`riyatdir. She`riyatni
“Onajonim” deb ulug`lagan va chindan ham she`riyatga fidoiy
Farzand bo`lgan Abdulla Oripovning she`ri kirib kelmagan birorta
xonadon O`zbekistonda topilmasa kerak.
Maqsuda Ergasheva.
O`zbek xalqi azaldan shoirtabiat xalq, uning tuprog`idan tortib yaprog`igacha shoirdir. Shuning uchun ham u farzandlariga she`riyat kabi teran, she`riyat kabi serma`no, bir-biriga uyqash ismlar qo`yadi. U to`y qilsa, shodliklarini she`rga solib “Yor-Yor” aytadi. Hattoki, azada ham hasratlarini she`rga aylantirib bo`zlaydi…
Besh asrkim nazmiy saroyni
Tiratadi zanjirband bir sher.
Temur tig`I yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher…
deb yozgan edi, o`zbek xalqining sevimli farzandi, shoir Abdulla Oripov. Abdulla Oripov she`riyatining qudrati yuksak darajadagi badiiyligidadir. Lekin uning she`rlarida sun`iy badiiylik, zo`rma-zo`raki o`xshatishlar, mantiqqa zid bo`lgan jonlantirishlar orqali badiiyat yaratilmaydi. Uning har bir iborasi, har bir tashbehi ayni haqiqatdir. Abdulla Oripov dono xalqimiz yaratgan maqol va matallardan, iboralardan juda oqilona va san`atkorlik bilan foydalanadiki, natijada shoir tilga olgan maqollaridan qayta boshdan she`riy umrini boshlaydi. Abdulla Oripovning har bir se`ri, har bir misrasining o`z ohangi bor, uni sira boshqa ohangda aytib bo`lmaydi. Shoir she`riyatining o`ziga xosligi shundaki, u behad o`ziga xos shoir. U sevsa yonib, o`rtanib sevadi, agar nafratlansa, sevgisi darajasidagi kuchli dard, armon bilan nafratlanadi. U har bir mavzuda o`rtanib, qalamni taroshlab, avaylab, yonib ishga soladi, ayniqsa, bu mavzu Vatan mavzusi bo`lsa…
Abdulla Oripov – o`zbek xalqi qalbida sermazmun she`rlari bilan chuqur iz qoldirgan, o`z ijodida Vatanga bo`lgan muhabbatni tarannum etgan vatanparvar shoirdir. Shoir she`rlarida vatanparvarlik, Vatanga sadoqat ruhi ufurib turadi. Xalq ruhida ozodlik, vatanparvarlik tuyg`ularini singdirishda she`riyatning roli va o`rni beqiyosdir. She`riyat o`ziga xos, timsollar, ramz va istioralar, ohanglar orqali kishi ruhida shunday buyuk tuyg`ular uyg`otadiki, ularni qilich va qurol kuchi bilan ham yo`q qilib bo`lmaydi. Sevimli shoirimizning “Yurtim” she`ri xuddi shunday ijod mahsulidir. Ushbu qasida o`zbek xalqining buyuk tarixini, o`zligini, milliy g`ururini o`zida mujassam etganyuksak ijod namunalaridanbiridir. She`rning ilk satridanoqVatanga, o`zbek xalqiga, uning buyuk tarixiga bo`lgan muhabbat, hurmat, ehtirom, g`urur va iftixor tuyg`ulari yaqqol sezilib turadi:
Yurtim, senga she`r bittim bu kun,
Qiyosingni topmadim, also…
O`zbek xalqi qaddini yana bir pog`ona ko`targan, mashhur qilgan bu she`r barcha o`zbekning or-nomusiga aylandi. Chindan ham Abdulla Oripovning she`rlari mohiyat e`tibori bilan voqe` bo`lgan she`rlardir… Xulosa o`rnida aytish mumkinki, qalbida Vatanga bo`lgan muhabbati cheksiz bo`lgan insonning farovon hayotini har narsadan ustun ko`radigan, shuningdek, muhabbat borasida dengizday qaysar, ummondek cheksiz, tog`lardek ulug`vor bo`lgan insonni o`z umrining qahramoni deyish mumkin. Abdulla Oripov ham ana shunday insonlardan desak, yanglishmagan bo`lamiz. Mustaqillikka erishibo`zligini, o`zbegini yaratayotgan xalqimiz bunday insonlarni ulug`lashi tabiiy. Abdulla Oripovning hayot yo`li, yaratayotgan asarlari va ulardagi yetakchi g`oyalar harbir inson qalbida ezgu fikrlarga yondosh tarzda yashshiga ishonamiz.biz uchun shoir bir yurt bo`lgan. O`zbekiston uchun shoir ham, she`rlari ham hamisha ardoqlidir!

Malumotlar
Insho Abdulla Oripov ijodida Vatan talqini