INSEKTITSIDLAR
INSEKTITSIDLAR (lot. insectum qasharot va caedo — oʻldiraman) — zararkunanda hasharotlarni yoʻqotish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar. Insektitsidlar yordamida zararkunanda, shuningdek, yuqumli kasalliklar tarqatuvchi hasharotlarga qarshi kurash olib boriladi. Sirtdan (hasharot tashqi qop-lami orqali singadi), nafas olish yoʻllari orqali, ichdan (ozuqa bilan birga oshqozon ichak aʼzolariga kiradi), singib taʼsir qiluvchi (oʻsimlik toʻqi-malariga ildiz va bargdan singuvchi) turlari bor. Koʻpgina Insektitsidlar ham sirtdan, ham ichdan taʼsir etish xususiyatiga ega. Ichdan taʼsir qiluvchi Insektitsidlar zararkunandalarning yegan ovqati bilan oshqozonga tushib, ularni oʻldiradi; nafas yoʻllari orqali taʼsir qiluvchi Insektitsidlar hasharot tanasiga nafas yoʻlidan, sirtdan (teri orqali) taʼsir qiluvchi Insektitsidlar esa terisidan kiradi. Baʼzi Insektitsidlar oʻsimlikka ildizi va bargi orqali kirib, uning shirasini hasharot uchun zaharli qilib qoʻyadi.
Ensiklopediya.uz
INSEKTITSIDLAR