Innovatsion faoliyat to‘g‘risida to’liq malumot oling
Innovatsiya — fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanma.
Innovatsion faoliyatning asosiy printsiplari:
innovatsion faoliyatning erkinligi;
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdan teng foydalanilishini ta’minlash;
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning oshkoraligi va aniq yo‘naltirilganligi;
raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish;
axborotni erkin almashish;
innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish;
fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zarar etkazmaslik.
Innovatsiyalarning turlari
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi sub’ektlar uchun zarur huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish, innovatsion loyihalar hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlar takliflari asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Innovatsion loyihalarni innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasi doirasida amalga oshirishning eng ko‘p muddati 2 yildan oshishi mumkin emas.
Innovatsion faoliyat sub’ektlari quyidagilardan iborat:
innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar;
innovatsion faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar;
tashkiliy-huquqiy shaklidan va mulkchiligidan qat’i nazar, yangi ishlanmalarni yaratadigan, joriy etadigan va innovatsiyalardan foydalanadigan ilmiy, ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim, ishlab chiqarish tashkilotlari va boshqa tashkilotlar;
innovatsiyalar ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari;
innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan va foydalaniladigan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquq egalari;
innovatsion faoliyatga investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investorlar va tadbirkorlik sub’ektlari.
Innovatsion faoliyat sub’ektlarining huquqlari
Innovatsion loyihalarning texnik va ilmiy ekspertizalari innovatsion loyihalarning amaliy ahamiyatini, ilmiy-texnologik darajasini hamda iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash, ularni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi va hajmi to‘g‘risida tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi.
Foydali Maslahatlar
Innovatsion faoliyat to‘g‘risida