INKONEL
INKONEL — asosini nikel tashkil qilgan issiqbardosh qotishma. Tar-kibi: 0,15% uglerod, 75—76% nikel, 12—15% xrom, 6—9% temir, 1% cha marganes, 0,5% cha kremniy, 0,5% cha mis. Qotishma 900° gacha t-rada yuqori mustahkamlikka va zarbiy qovushoqlikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Inkoneldan yasalgan buyumlar yaxshi pay-vandlanadi. Inkonelga titan, molibden va alyuminiy qoʻshib (jami 14% chamasi-da), yanada mustahkam qotishma olinadi. Inkonel kimyo va oziq-ovqat sanoati apparatlari, aviatsiya dvigatellari, gaz turbinalari, reaktiv dvigatellarda ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
INKONEL