INGLIZ TILI

INGLIZ TILI

INGLIZ TILIhind-yevropa tillari oilasining gʻarbiy german tillari guruhiga mansub. Ingliz tili BMTning rasmiy ish yuritish tillaridan biri, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shim. Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Osiyo va Afrikadagi koʻpgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda yer yuzidagi 400 mln. dan ortiq kishi gaplashadi (1992). Buyuk Britaniya va Shim. Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada (fransuz tili bilan birga), Irlandiya (irland tili bilan birga), Hindiston va 15 ta Afrika davlati (JAR, Nigeriya, Gana, Uganda, Keniya, Tanzaniya va b.)da rasmiy til sifatida qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
INGLIZ TILI