Ingliz tili xonasini bezatish
Har yili o’quv yilini boshida maktablarda o’qituvchilar xonasini bezatish masalasida izlanib qoladi. O’quv yili boshidan ingliz tili atmosferasi yaratishga harakat qilib, sinfxonalarini qanday bezash mumkinligi to’g’risida bosh qotirib qoladi. Shunday ustozlarni og’irini yengil qilish maqsadida bir necha bezatilgan ingliz tili xonalarining tayyor suratlarini taqdim etaman. Ushbu suratlar orqali o’zingizga mos kelganlarini tanlab xonalaringizni bezatishda foydalanishingiz mumkin
Sinf xona devoriga inglizcha ranglarning nomlari, vaqtlar va hafta kunlarini chiroyli qilib ilib chiqsangiz bo’ladi.
Bu kabi devoriy ko’rgazmalar orasida eng a’lochi va yaxshi natija ko’rsatayotgan o’quvchilarning suratlarini joylab borishingiz, o’quvchilarga yaxshi motivatsiya beradi.
Sinfxona qoidalarini tuzib ilib qo’yish ham zarar qilmaydi.
English classroom decoration
Agar sinfxonangizni ingliz ramzlari va boshqa har xil ko’rgazmalar bilan bezamoqchi bo’lsangiz bu ham yaxshi fikr. Quyida @eduprint tomonidan taqdim etilgan ko’rgazmalar bilan tanishingiz mumkin.
Ushbu rasmlar namuna uchun taqdim etildi. Esingizdan chiqarmang, sinfxonani bezatishga siz majbur emassiz. Oladigan oyligingiz 100 foiz mehnat qilganiz va dars o’tganiz uchun beriladi. Hech kim sizdan o’z yoningizdan xonangizni bezatishingiz, remont qilishingizni so’rashga haqli emas!
Agar sizga ingliz tilidan xona bezash uchun tayyor ko’rgazmalar va kitoblar kerak bo’lsa telegramdan @eduprint kanaliga obuna bo’ling
Ko’rildi: 6 782
Sinf xona devoriga inglizcha ranglarning nomlari, vaqtlar va hafta kunlarini chiroyli qilib ilib chiqsangiz bo’ladi.
Darsliklar
Ingliz tili xonasini bezatish