Ingliz tili video darslik
7) Inglizcha qo‘shiq tinglang
Ingliz Tili Video Darslik 1 Qism Alphabet – Скачать mp3 бесплатно
Для вашего поискового запроса Ingliz Tili Video Darslik 1 Qism Alphabet мы нашли 50 песен, соответствующие вашему запросу. Теперь мы рекомендуем загрузить первый результат Ingliz Tili Video Darslik 1 Qism Alphabet который загружен Tezkor Kurslar размером 6.78 MB, длительностью 5 мин и 9 сек и битрейтом 192 Kbps.
Обратите внимание:
Перед загрузкой вы можете послушать любую песню, наведите курсор и нажмите «Слушать» или «Скачать» для загрузки mp3-файла высокого качества. Первые результаты поиска – с YouTube, которые будут сначала преобразованы, после чего файлы можно загрузить, но результаты поиска из других источников могут быть сразу же загружены в MP3 без какого-либо преобразования.
Слушают сейчас
Ingliz Tili Video Darslik 1 Qism Alphabet
Ivoxygen Young Kid Speed Up
Чок Чок Iseul Чок Чок Айсеул
Russian Mega Mix 2023
Dj Rzza Ft Mirqasim Gagam Gagam
Шахриёр Давлатов Бас Дигар
Сборник Песен Эдуарда Хуснутдинова
2Rbina 2Rista Loveporn
Хожу Хмельной Айдамир Эльдаров
James Galway The Black Gate Opens
Полматери Типичная Рэперская Песня Speed
Do St Deb Yurgan Mening Do Stlarim Maftun Guruhi
Крутая Музыка В Машину 2021
Бегает По Полю Весело Кабанчик Trap Remix By Dj Crab1K
Chitti Gul Bulbulcha Raqs Guruhi
Гибли Мы Танцуя Танец Смерти
Юрий Шатунов 2019
Ariana Grande Vevo Present
Скачивают
Lady Gaga Applause Sped Up
Шабнами Сурайе Туёна Суруди Нав 2018 Shabnami Surayo Tuyona New Music 2018
Lumi Athena Jnhygs Smoke It Off 8D Audio
Не Доверяй Никому Speed Up
Chainsaw Man Ending 7 Full Chu Tayousei By Ano Lyrics Kan Rom Eng
Вот Это Песня Послушайте Вернётесь С Победой
Мавлави Ахмад Мавлави Ахмад Фируз 2022 Амри Маъруф 2022 Амри Маъруф
Бахтавар Сборник Лучших Хитов Хиты Востока
Лучшие Хиты Недели Лучшие Песни 2023 Лучшие Новинки Недели Хиты Февраль 2023
Милые Добрые Взрослые Отмените Войну До Слез
Ingliz Tilidan Video-Kurs
Siz hech o’ylab ko’rganmisiz, nega O’zbekistonda oylab o’quv kurslariga qatnashgan odamga nisbatan Buyuk Britaniya yo’ki AQSHga (ingliz davlatlariga) bir necha oy ishlab kelgan odam ingliz tilida mukammalroq gaplashadi? Shubhasiz, ingliz tilini muloqot qilib o’rgangan samaraliroq. Kuniga kamida bir soat butunlay ingliz tilida suhbatlashing va bir necha oyda birinchi yutuqlaringizni qarshi olasiz. Sizga shunday sharoitni yaratish niyyatida ‘Ingliz Tilidan Ekspress Video-Kurs’ ni ishlab chiqdik.
UNGA:
1) 40dan ziyod har hil mavzudagi dialoglar
2) 100dan ortiq eng muhim Grammatik Mavzularga oid Video-Darslar
3) 60dan ortiq har bir grammatik darsga va dialogga oid test sinovlari
4) 56ta Karaokelar kiradi
Xorijiy tilni o’rganishda kerak bo’ladigan barcha nozikliklar ushbu video-darslikda hisobga olingan.
Masalan:
• Qiynalmasdan, erkin suxbatlashishingiz uchun Karaokelar beriladi.
• Hayotdagi real xolatlarda qanday gaplashishni bilishingiz uchun Dialoglar beriladi.
• Xorijiy tilda xatolarsiz gaplashishingiz uchun eng kerakli Grammatik Darslar beriladi.
• Xar bir darsdan so’ng olgan bilimingizni tekshirishingiz uchun Testlar beriladi.
Ko’rib turganingizdek, bu video-darslikimiz haqiqiy o’qituvchini o’rnini bosadi. Real o’qituvchi kabi siz bilan muloqot qiladi, suxbatlashadi, grammatikani tushuntiradi va oxirida bilimingizni tekshirib baxo beradi. Shu barchasiga siz bir marttalik to’lov amalga oshirasiz. Va umrbot shaxsiy o’qituvchingizga ega bo’lasiz.
100 ming so’m
(PayNet, Click, PayMe, Naxt)
Video-Kursimiz hozir yakuniy tekshirishda. Taxminan 1-2 oylardan so’ng chiqadi. Ungacha buyurtma qoldirish imkoniyatingiz bor. Hozir buyurtma qoldiradiganlarga 20% CHEGIRMA taqdim e’tiladi. Imkoniyatingizni qo’ldan chiqarmang.
Ingliz tilini to‘g‘ri o‘rganish bo‘yicha 12ta ko‘nikma
O‘qish mahoratini rivojlantirish, grammatika va til qurilishini anglash, so‘zlarni yodda saqlash, ularning ifoda hamda talaffuzini o‘rganish muhim ahmiyatga ega. Bu ko‘nikmani egallash uchun quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin.
1) Inglizcha kitob, jurnal, gazeta o‘qing
Xorijiy til o‘rganishning oltin qoidasi – ko‘p o‘qishdir. Unutmang: bu ko‘nikmaga ega bo‘lmay turib, og‘zaki va yozma sinovlarda yetarli darajada muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Modomiki, til o‘rganish masalasida qat’iy fikrda ekansiz, internetdan o‘zingizni qiziqtirgan mavzudagi biron kitob, jurnal, gazetani topib, muntazam o‘qib boring.
- onlinenewspapers.com
- gutenberg.org
2) Qo‘l telefoningiz va kompyuteringizning tilini inglizchaga o‘tkazing
Telefoningiz, kompyuteringiz dasturini inglizchaga o‘zgartirish, bajaradigan amalingizni ma’lum bir so‘z bilan bog‘lash va buni har kuni bajarish so‘z boyligingizni orttiradi. Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar tilini ham o‘zgartirish yangi bilimlar o‘rganishingizda yordam beradi.
3) Mobil ilovalardan foydalaning
Mobil jihozlar va ilovalar ingliz tilini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun cheksiz imkondir. Texnika taraqqiyoti yashin tezligida ildamlab borayotgan bir vaqtda bu imkondan foydalanish tamoman sizning ixtiyoringizda. O‘qishdan yoki ishdan uyga qaytar ekansiz, telefonga yuklangan bir qancha bepul ilovalar yordamida so‘z yodlashingiz o‘qish va anglash ko‘nikmangizni orttiradi.
- learnenglishbritishcouncil.org
- duolingo.com
- busuu.com
YoZISh
Inglizcha yozish o‘zlashtirilishi eng qiyin malakalardan biridir. Odatda, xorijiy oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlardan esse, motivatsion maktub yozish talab qilinadi. Yozish davomida qisqa ifodalar o‘rniga bog‘lovchilar va yordamchi jumlalarni qo‘llash, fikrni kengaytirilgan holda ifodalay olish juda muhimdir.
4) Blog yozing
Bugungi kunda blog yozish, fikrlar, qiziqishlar, biror mavzu yuzasidan mulohazalarni bildirish keng tarqalgan. O‘zingiz uchun inglizcha bir blog oching. Boshida qiynalishingiz tabiiy, ammo xotirangizdagi so‘zlarni «uyg‘otish» uchun bu usul juda katta yordam beradi.
5) Yangi so‘zlarni e’tiborda tuting
Bu sizga anchayin tanish usul. Yangi so‘zlarni yozilgan qog‘oz parchalarini tez-tez ko‘zingiz tushadigan yerga yopishtiring va ularni har kuni o‘qib boring. Buning natijasini esa bir necha kunda o‘zingiz ko‘rasiz!
6) Forumlardagi bahslarda ishtirok eting
Tasviriy san’at, musiqa, teatr, adabiyot kabi san’at turlari, shuningdek, siyosat, texnologiya, moda olami, pazandachilik kabi mavzularga qiziqishingiz bo‘lsa, demakki, forumlar aynan siz uchun. Qiziqishlari sizga yaqin bo‘lgan insonlar bilan bu mavzular haqida fikr almashish, bahslashish yangi so‘zlar va iboralarni qo‘llashingizga turtki beradi.
TINGLASh
Bu ko‘nikmani rivojlantirib borish muhim hamiyatga ega. Ayniqsa, xorijda ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlar borgan mamlakatlarida qiynalmasliklari, darslar, seminarlar yoki bahslarda faol qatnashishlari uchun bu ko‘nikmani rivojlantirishlari lozim.
7) Inglizcha qo‘shiq tinglang
Xorijiy tilini rivojlantirmoqchi bo‘lganlarga ilk tavsiyalardan biri o‘rganayotgan tillarida ko‘p qo‘shiq eshitishdir. Bu esa ham so‘zlarni, ham ularning talaffuzini o‘rganishingizda, shuningdek, qulog‘ingiz notanish so‘zlarga moslashishida asqotadi. Qo‘shiqni tinglar ekansiz, uning turiga, oson tushunilishiga, qo‘shiq matnining qancha qismini qog‘ozga tushira olishingizga ham diqqat qilib boring.
8) Inglizcha TV-kanallarini tomosha qiling
Amerika va Angliya TV kanallarida efirga uzatiladigan seriallarni, shoularni, xabarlarni, filmlarni ko‘rish eng foydali usullardan biridir. Dastlabki bosqichda subtitr bilan tomosha qilib, keyin yozuvsiz holda anglashga urinib ko‘ring.
9) Musobaqalarda qatnashing
Turli millatga mansub nomzodlar qatnashuvchi simpozium va musobaqalarda ishtirok etib, tajriba orttiring. Talaffuzingiz tozalanib borishiga e’tibor qarating.
10) Podkast tinglang
Podkastlar muayyan bir mavzudagi ovozli yoki tasvirli materiallardir. Internet – podkastlariga osonlik bilan yetishishda asosiy vosita. Sevgan mavzularingizdagi efirlarni tinglash asta-sekin bu boradagi mahoratingizni oshiradi, sizga motivatsiya beradi.
MULOQOT
«Tushunaman, ammo gapira olmayman» degan gaplar bot-bot qulog‘imizga chalinadi. Xorijdagi ish beruvchi tashkilotlar ham TOYeFL yoki IYeLTS kabi sinovlardan olgan sertifikatlaringizga emas, nutq mahoratini qay darajada egallaganingizga e’tibor qaratadi. Demak, bu muhim.
11) O‘zingiz gaplashing va yozing
Muloqot qilish mahoratini rivojlantirish uchun eng samarali usullardan biri so‘nggi paytlarda mashhur bo‘lgan onlayn va bepul ovoz yozish dasturlaridir. Nutqingizni yozib olib, ona tili inglizcha bo‘lgan do‘stingizga tinglatishingiz, xatolaringiz bo‘lsa, ulardan yordam so‘rashingiz mumkin.
- Online Voice Recorder
- Voice Spice Recorder
12) Inglizzabon do‘stlar orttiring
Muloqot qila olish mahoratingizni rivojlantirish uchun inglizzabon do‘stlar orttiring. Internetdagi ko‘plab saytlar madaniyatlar bilan tanishuv, xorijiy til o‘rganish, dunyoning turli mamlakatlaridan do‘st orttirish uchun mo‘ljallangan platformalardir. Shuningdek, Telegram, WhatsApp, Skype kabi ilovalar yordamida o‘rtoqlaringiz bilan jonli suhbat qurish imkoningiz bor.
Otabek Tillayev tayyorladi
Qiziqarli malumotlar
Ingliz tili video darslik