Ingliz tili grammatikasi word
Qattiq tayyorlaning deganimning sababi – bu imtihonning narxi qimmatroq, uni har doim shunchaki topshira olmaysiz. Shunday ekan, bu imkoniyatni qo’ldan boy bermaslikka harakat qiling.
Ielits imtihoniga qanday tayyorlanish va topshirish mumkin. Ingliz tilini o’rganish haqida nimalarni bilishingiz kerak
Salom do’stlar! Bu maqolamizda biz, Ielts haqida gaplashamiz, chunki, bugungi kunda internet orqali masofadan turib chet el kompaniyalarida ishlash, yoki aynan chet ellarda ishlash uchun hech bo’lmaganda ingliz va rus tillarini bilish talab qilinmoqda. Shunday ekan, har bir boshqa mamlakatlarda ishlashga qiziqayotgan odam birinchi navbatda yuqoridagi tillarni bir oz bo’lsada bilishi kerak.
Siz rus tilini bir oz bo’lsada bilishingiz tabiiy hol albatta. Agar bilmasangiz tezroq o’rganishni boshlang. Lekin, hozirgi kundagi yaxshi daromad qilishimizni to’sib turuvchi eng asosiy narsa bu – ingliz tilini bilmaslikdir.
Shunday ekan, bugungi maqolamda ingliz tilini o’rganish va ielts haqida ma’lumotlar berib o’taman. Eng asosiysi, qanday qilib IELTS imtihoniga yolg’iz o’zingiz tayyorlanishingiz mumkinligini bilib olasiz. Va ingliz tilini onlayn, uyingizdan chiqmagan holda o’rganish uchun bir nechita onlayn maktablar ro’yxatini keltirib o’taman.
Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )
- Ingliz tili va ielts haqida
- ILETS nima?
- Menga nima uchun kerak
- IELTS imtihoni haqida
- Imtihon topshirish uchun ro’yxatdan qanday o’tish mumkin
- Imtihonga tayyorgarlik va onlaym maktablar ro’yxati
- Xulosa
Ingliz tili va ielts haqida
Sizga ingliz tilini o’rganish hozirgi kunda juda zarur. Chunki bugungi kunda pul topish mumkin bo’lgan internet saytlarining aksariyati ingliz tilida yuritiladi. Siz ingliz tilini o’rganishni boshlang. Buni o’rganish siz o’ylaganingizdan ko’ra osonroq.
Lekin aytib o’tishim kerak, har bir sohani o’rganishning o’ziga yarasha qiyinchiliklari bo’ladi albatta. Kerakli bilimlarni olib, til bo’yicha mahoratingizni oshirib olganingizdan keyin, IELTS testini topshirishga tayyorlaning va test topshirib ma’lum bir darajangiz haqida sertifikatga ega bo’ling.
ILETS nima?
IELTS – bu ingliz tili bo’yicha topshiriladigan xalqaro testdir.
Hozirgi kunda ,dunyo bo’yicha 140 mamlakatdagi hukumat muassasalari, ta’lim berish maskanlari va ish buyuruvchilar ja’mi 10 000 dan ortiq tashkilot va korxonalar IELTS ga ishonishmoqda.
Bundan ko’rinib turibdi-ki, IELTS testini topshirib yuqori ballga ega bo’lganlarga talab yuqori. Keyin esa, bu sertifikatga ega bo’lgan odam qaysidir bir tashkilotga ish qidirib borsa, ular bu odamni qabul qilish foizi ko’proq bo’ladi.
Menga nima uchun kerak
IELTS xalqaro sertifikati ingliz tili rasmiy til bo’lgan mamlakatlardagi, shuningdek, boshqa davlatlardagi ta’lim ingliz tilida olib boriladigan xalqaro oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish imkonini beradi.
Shunday ekan, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarga immigratsiya qilmoqchi bo’lsangiz, siz ham IELTS shartlarini bajarib, test topshirishingiz lozim bo’ladi. Sizning testingiz maxsus kengash tomonidan tekshirilib baholanadi. Qancha yaxshi topshirgan bo’lsangiz, shuncha yuqori ballga ega bo’lasiz.
IELTS imtihoni haqida
IELTS imtihoni 2 moduldan iborat:
- Academic IELTS. Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatdagi kollejlar va oliy o’quv yurtlariga hamda boshqa mamlakatlarning ingliz tilida ta’lim beriladigan o’quv yurtlariga o’qishga kirish uchun qo’llaniladi;
- General training IELTS. Yuqorida aytib o’tganimdek, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarga kasbiy immigratsiya yo’nalishi bo’yicha immigratsiya qilmoqchi bo’lgan insonlar uchun majburiy shartlardan biri hisoblanadi.
Bu imtihon test tarzida topshiriladi.
Imtihon topshirish uchun ro’yxatdan qanday o’tish mumkin
Registratsiya jarayoni juda oson va tushunarli. Buning uchun pasportingiz raqami kerak bo’ladi. Bu osonlik bilan amalga oshiriladi:
- Britaniya Kengashining rasmiy ro’yxatdan o’tish sahifasiga kirasiz; uz
- Britaniya Kengashida hisobingizni yaratasiz;
- O’zingizga eng yaqin test markazini topasiz;
- IELTS imtihoniga ro’yxatdan o’tasiz va onlayn to’lov o’tkazasiz
Siz 18 yoshdan kichik bo’lsangiz, ota-onangiz orqali amalga oshirasiz. Shundan so’ng, test markazi sizga IELTS imtihonining sanasi va vaqti haqida yozma tasdiqni yuboradi.
Testni topshirish uchun bo’sh o’rinlar mavjud bo’lsa, istalgan payt ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Siz test qachon bo’lishini yangiliklar 2020 dan bilib oling va imtihonga 5-6 hafta qolganida ro’yxatdan o’tganingiz ma’qul (shaxsiy maslahat).
Xo’sh siz ro’yxatdan otdingiz. Endi esa siz imtihon kuniga qadar ingliz tili kurslarida o’rgangan darslaringizni boshidan oxirigacha takrorlab turing. Faqatgina bular bilan cheklanib qolmasdan, turli kitoblar o’qib, bilimingizni yanada oshiring.
Qattiq tayyorlaning deganimning sababi – bu imtihonning narxi qimmatroq, uni har doim shunchaki topshira olmaysiz. Shunday ekan, bu imkoniyatni qo’ldan boy bermaslikka harakat qiling.
Imtihonga tayyorgarlik va onlaym maktablar ro’yxati
Imtihonga tayyorlanishda o’qituvchi bilan yoki o’zingiz mustaqil ravishda tayyorgarlik ko’rishingiz mumkin. Agar buni mustaqil ravishda amalga oshirmoqchi bo’lsangiz, Britaniya Kengashi saytida buning uchun ko’plab materiallar mavjud. Misol uchun, IELTS Prep App, IELTS WORN POWER va turli xil mobil ilovalar mavjud. Sizdan talab qilinadigan narsa, shularni telefoningizga o’rnatib olib tayyorlansangiz bas.
Qolaversa, siz Play Market yoki App Store ilovalari orqali juda foydali dasturlarni topib, bilimingizni oshirishingiz mumkin. Bundan tashqari onlayn maktablarda o’z bilimingizni oshirishingiz mumkin. Quyida shunday onlayn maktablar ro’yxatini keltiraman, bu maktablarda darslar rus tilida olib boriladi. Bu bilan ingliz tilini o’rganish jarayonida sizga rus tilini ham o’rganish imkoniyati tug’iladi:
- Онлайн-школа английского по Skype и Zoom – Skype va Zoom orqali onlayn ingliz tili maktabi
- Kamida 5 yillik tajribaga va maxsus ma’lumotga ega o’qituvchilar.
- Barcha o’quv materiallari Shaxsiy xonangizda bo’ladi.
- Shaxsan o’zingiz yoki guruh bilan birga mashg’ulotlarni onlayn o’tishingiz mumkin .
Xulosa
Maqolam o’z nihoyasiga yetdi. Bugungi maqoladan foydali ma’lumotlar olgan bo’lsangiz men juda ham hursandman. Saytning yangiliklariga obuna bo’lmaganmisiz? Unda hoziroq ro’yxatdan o’tishingizni maslahat beraman. Chunki, foydali maqolalalardan bexabar qolib ketishingizni xohlamayman.
Maqola sizga yoqqan bo’lsa, ijtimoiy tarmoqlar orqali do’stlaringizga ulashing, bizni kuzatishda davom eting. Xayr, salomat bo’ling!
Ingliz tili grammatikasi word
Ingliz tili Kurs +
Mavzu: INGLIZ TILI – Articles – a, an | Artikllar
Matn: Artikl haqida umumiy tushuncha 1. Artikl otlar oldida ishlatiladigan maxsus so‘zlardir. O‘zbek tilida artikl mavjud emas. Artiklning alohida tarjimasi yo‘q. Ot oldida artiklning
ishlatilishi va ishlatilmasligining ahamiyati katta.
2. Ingliz tilida ikkita artikl bor: Noaniq artikl (The Indefinite Article) va aniq artikl (The Definite Article).
3. Noaniq artiklning ikkita shakli bor: a va an. An shakli unli tovushlar bilan boshlangan otlar oldida keladi: an opera, an apple, an hour. Qolgan hollarda artiklning a shakli ishlatiladi: a pen, a book, a student.
4. Aniq artiklning bitta shakli bor: the.
5. Noaniq artikl eski ingliz tilidagi ān (bir) so‘zidan kelib chiqqan, shuning uchun ham u faqat birlikdagi otlar oldida ishlatiladi.
6. Aniq artikl eski ingliz tilidagi the (u, o‘sha) ko‘rsatish olmoshidan kelib chiqqan bo‘lib, ba’zi hollarda hozir ham dastlabki ma’nosini saqlab qolgan.
7. Noaniq artikl ishlatilganda otning biror turga (sinfga) mansubligini bildiradi.
8. Aniq artikl otni boshqa shu turdagi otlardan ajratib ko‘rsatganda ishlatiladi.
NOANIQ ARTIKL
- a va an birlikdagi ot oldida ishlatiladi. Ular “bitta” degan ma`noni anglatadi.
- a odatda undosh bilan boshlanuvchi so`zlar oldida ishlatiladi.
a boy, a bad day, a cat, a pencil.
- an odatda a, e, i va o unlilari bilan boshlanuvchi so`zlar oldida ishlatiladi.
- an apartment, an angry man, an elephant, an empty room
- Agar birlikdagi otdan oldin sifat kelsa, (masalan, small, old) a yoki an
sifatning oldida keladi.
I have a small apartment. Menda kichik kvartira bor.
I live in an old building. Men eski binoda yashayman.
- U harfi bilan boshlanuvchi so`zlarda:
(1) Agar u unli bo`lib kelsa, an ishlatiladi:
an umbrella, an uncle, an unusual day.
(2) Agar u undosh bo`lib kelsa, a ishlatiladi:
a university, a unit, a usual event.
- H harfi bilan boshlanuvchi so`zlarda:
(1) Agar h talaffuz qilinmasa, an ishlatiladi:
an hour, an honor, an honest person
(2) Agar h talaffuz qilinsa, a ishlatiladi:
a holiday, a hotel, a high point.
He will arrive in an hoor. U bir soatda qaytadi.
New Year’s Day is a holiday. Yangi yil kuni bayram.
ANIQ ARTIKL
Aniq artikl (The Definite article) – the – that (o`sha) ko`rsatish olmoshidan kelib chiqqan. U birlik va ko`plikdagi donalab sanaladigan hamda donalab sanalmaydigan otlar oldidan ishlatiladi.
- Nomlar bilan THE artiklining ishlatilishi va ishlatilmasligi:
THE unvonlar nomi bilan ishlatilmaydi.
Noto`g`ri: The President Ruslan has been in the news
Geografik nomlar bilan artiklning ishlatilishi:
Geografik nomlar bilan artiklning ishlatilishi ma`lum qoidalarga ega. Masalan, aniq artikl daryolarning nomi bilan ishlatilgan bir paytda ko`llar nomi oldidan qo`yilmaydi. Bitta tog` (yoki bitta orol)ning nomi artiklsiz ishlatilsa, tog`lar tizmasi nomi oldidan, albatta, aniq artikl qo`yilishi shart.
Qit`a va geografik joylar
THE ARTIKLI ISHLATILMAYDI:
America, North America, South America, Latin America, Europe, Asia, Africa, Australia, Antarctica; Northern Africa, Eastern Europe, Western Europe, Central Europe, Central America, Southern Asia, South Asia, Southeast Asia.
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
the Western Hemisphere, the Eastern Hemisphere, the Arctic, the Antarctic, the North, the East, the Southwest, the Far East, the Middle East, the North Pole.
Okean, Dengiz, daryo, kanal, sharshara, ko`l nomi oldidan the artikli ishlatilishi va ishlatilmasligi:
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
the Atlantic Ocean, the Pacific Ocean, the Arctic Ocean, the Indian Ocean;the Mediterranean Sea, the Baltic Sea, the Black Sea, the Caspian Sea; the Amazon, the Mississippi, the Nile, the Volga, the Amu Darya; the Panama Canal, the Suez Canal, the English Channel, the Victoria Falls, the Niagara Falls, the American Falls, the Canadian falls
THE ARTIKLI ISHLATILMAYDI:
Lake Baikal, Lake Ontario, Lake Michigan, Lake Geneve, Crater Lake; biroq: the great Salt Lake, the Great Lakes.
Orollar
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
the British Isles, the West Indies, the Kuril Islands, the Bahama Islands, the Azores, the Canary Islands, the Philippines.
Tog`, Vulqon, Tepalik nomlari oldidan
THE ARTIKLI ISHLATILMAYDI:
Everest, Fuji, Kilimanjaro, Elbrus, Mount Whitney.
Capitol Hill, Telegraph Hill
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
the Himalayas, the Rocky Mountains, the Caucasus, the Ural Mountains, the Paamirs, the Andes, the Alps.the Black Hills, the Berkshire Hills.
Cho`l, vodiy nomlari oldidan
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
the Sahara, the Kalahari Desert, the Arabian Desert, the Kara Kum the Ruhr Valley, the Nile Valley, the Central Valley, the Valley of the Kings
Biroq: Death Valley, Silicon Valley.
Yarimorol, burun
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
the Kamchatka Peninsula, the Indochinese Peninsula, the Balkan Peninsula, the Iberian Peninsula.
Biroq: Kamchatka, Indochina.
THE ARTIKLI ISHLATILMAYDI: Cape Horn, North Cape, Cape Canaveral, Cape Chelyuskin.
Mamlakat, davlat, shtat nomlari oldidan
THE ARTIKLI ISHLATILMAYDI:
England, Great Britain, Ireland, Holland, France, Denmark, Belgium, Spain, Luxembourg, Switzerland, Germany, Poland, Russia, Hungary, Greece, America, Canada, Mexico, Australia, New Zeland, Saudi Arabia, Israel, Egypt, Morocco, Iran, Turkey, UZBEKISTAN.
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
the United States of America, the United Kingdom, the Russian Federation, the Netherlands, the Philippines, the Federal Republic of Germany, the Republic of Cuba, the Kingdom of Denmark, the Kingdom of Spain, the State of California.
Shaxar nomlari oldidan
THE ARTIKLI ISHLATILMAYDI:
Amsterdam, Barcelona, Berlin, Cairo, Delhi, Lisbon, London, Los Angeles, Madrid, Moscow, New York, Tennessee, Ohio, Texas, Tashkent, Rome.
Biroq: the Hague.
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
the City of Athens, the City of Moscow, the City of New York, the City of Oslo, the City of Tokyo
Ko`cha, prospekt, yo`l nomlari oldidan
THE ARTIKLI ISHLATILMAYDI:
Main Street, Wall Street, 42nd street, Oak Alley, maple Boulevard, Fifth Avenue, Sixth Avenue, Lexington Road, Highway 66
Biroq: the Arbat, the Mall
Ingliz tili grammatikasi kitob
Kitob o’zida nafaqat grammatik qoidalarning nazariy jihatlari, balki ularni tushuntirishning 12 yil davomida sinovdan o’tgan .
Ingliz tilini 0 dan MUSTAQIL o’rganish uchun KITOBLAR
Просмотров 25 тыс. Год назад
Kitoblarni Telegram kanalimizdan yuklab oling: t.me/EnglishPlatform t.me/EnglishPlatform_Library Agarda siz .
INGLIZ TILINI 0 DAN UYDA, MUSTAQIL O’RGANING! Barcha kitoblar va ish tartibi! Bepul yuklab oling!
Просмотров 342 тыс. Год назад
Bu videoda sizlar bilan ingliz tilini 0 dan o’rganish haqida gaplashamiz! Mening sahifalarim: Instagram: @linguabarno.
INGILIZ TILINI MUSTAQIL O’RGANISH | TOP-5 KITOBLAR
Просмотров 28 тыс. 2 года назад
Assalomu Alaykum! Bugun sizlarga INGILIZ TILINI MUSTAQIL O’ZINGIZ O’RGANISHINGIZ UCHUN TOP-5 KITOBLARNI AYTIB .
Ingliz tili 1-dars.Ingliz tili grammatikasi,ingliz tilini tez va oson o’rganish!
Просмотров 1,2 млн 2 года назад
ingliz tili tv, ingliz tilini o’rganamiz, ingliz tilini tez o’rganish, ingliz tili grammatikasi, ingliz tilini o’rganish, ingliz tilini 0 dan o’rganish .
Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha 10 ta maslahat
Ko`pchilik til o`rganuvchilari qanchalik ko`p ingliz tilida so`z yodlasam, yoki gramatika zo`r o`qib tugatib yuborsam zo`r bo`ladi deb o`ylashadi. Ba`zilar o`z ustilarida qattiq ishlab, kunni tunga ulashsa mana shunday natijalarga erishib ketishadi. Ammo oddiy o`rganuvchilarchi? Ular shunchaki alohida darslarga borib kelishadi holos. Yoki bo`lmasam kuniga 1 varoq test yechib qo`yishadi. Bularning bari albatta shaxsiy fikrlarim. Hozir men aynan shu davrgacha o`zim o`rgangan hamda boshqalardan olgan tavsiyalarimni sizlar bilan ham ulashmoqchiman. Albatta bularga yaxshi amal qilsangiz, natija siz kutganingizdan ham ko`ra a`lo bo`ladi.
1 – Turli xil tayyorlov kurslariga boring.
Tayyorlov kurslarining bir afzallik tomoni bor. Eng asosiy foydali tomoni shundaki siz u yerda so`zlarning o`qilishi, gramatik ketma ketliklarni o`rganib olib, so`zlarni yaxshi o`qishni o`rganishingiz, jumlalarni tuzishni o`rganishingiz mumkin bo`ladi. Bundan tashqari u yerda raqobat muhiti bo`ladi. Do`stlaringiz bilan bellasha olasiz. Hamda pul to`layotganingiz uchun sizni dangasaligingiz tutib qolmaydi. Men adashmasam 3- yoki 4-sinfligimda “Ingliz tili bolalar uchun” kitobining rus tilidagi holatini yarimini 3 oylarda tugatganim esimda. Shu joyga qadar 800 dan oshiq so`zlarni yodlaganman. Hozirda esa bularning barchasi foyda bermoqda. Ammo lekin kichik bir fakt. Shundan buyon hali o`quv kurslariga borganimni eslay olmayman.
2 – So`zlarni yangi metodlar yordamida yodlang.
Aslida so`zlarni tarjimasiz, ularning o`xshatishlari bilan yodlagan maqsadga muvofiq. Ammo lekin yangi o`rganuvchilar uchun bu qiyinlik qilishi mumkin.Hamma yangi so`zlarni quyidagi usulda yodlaydi UZB/ENG.Transkripsiya. Shu usldan foydalanib so`zni yodlab, yonini berkitib yana qaytarib yodlashadi. Aslida bunday usulda so`z yodlash unchalik samara bermasligi mumkin. Aynan ushbu usul bilan o`rganuvchi soatiga 10 yoki 20 dona so`z yodlashi mumkin holos. Men hozir sizga kursdoshim bilan foydalanayotgan bir usul haqida aytib o`tmoqchiman. Ushbu usul yordamida soatiga 100-150 dan oshiq so`zlarni be`malol yodlashingiz mumkin bo`ladi. Ya`ni bu so`zlarni boshqa so`zlar bilan eslab qolish metodi. Bu qanday bo`ladi? deysizmi?
Opportunity (oppotyuniti) – imkoniyat: (Oppoq, tyulen) Tasavvur qiling, sizni oppoq tyulen ushlab oldi, so`ng yemoqchi bo`ldi, siz esa undan yemasligini yolvordingiz, so`ng u sizga imkoniyat berdi, ya`ni qo`yib yubordi;
Mana shunga o`xshash va hakazo. Asosan bu metodda siz so`zlarni tanlab olib ularni o`xshatib chiqishingizga to`g`ri keladi. Ammo lekin bunday qilmaslikning ilojisi bor. Ya`ni bu kitob sotib olish. Ya`ni siz *”Life in Progress” tomonidan tayyorlangan “5000 words in a month” deb nomlangan kitobni sotib olishingizga to`g`ri keladi.
3 – Tarjimalarni esdan chiqaring.
Men piyoda yurishni yaxshi ko`raman. Sababi ko`plab insonlarni ko`raman. Ularning holatidan kelib chiqib to`g`ri xulosalar qabul qilishga harakat qilaman. Ingliz tilini kichik bolalarga o`xshab o`rganishni boshlaganimdan so`ng juda ham e`tiborli bo`lib qoldim. Ya`ni ko`chadagi ko`rgan, yoki jamoat transportidagi onalar yoki buvilarning qizlari, o`g`lilariga qanday qilib so`zlashishni, gapirishni o`rgatishayotganini ko`rib ularni taxlil qila boshladim. Ya`ni aytmoqchimanki tarjima deyarli bizga kerak emas, sababi siz boshqalar bilan gaplashganda hech qachon tarjimalardan foydalanmaysiz. Faqat o`sha tilda fikrlashingiz, o`ylashingiz kerak bo`ladi. Bizning miyyamiz shunday ishlaydi. Ba`zida boshqalar ustimizdan kulib ham qo`yishadi. “Ingliz tilini o`rganayapsanmi?”, – “Ha”, – “Unda ….. so`zning tarjimasi nima bo`ladi?” yoki “manabu nima degani” deb so`rab asabimizni buzib qo`yishadi. Aslida bundaylarga ham e`tibor qaratmaslik kerak hamda ingliz tiliga o`rganiladigan fan sifatida emas balki ko`kikma sifatida qarash kerak. Fikrlar olasizmi, ingliz tilida boshqalarni tushunasizmi? unda shuning o`zi sizga yetib ortadi. Boshlanishiga tarjimasiga e`tibor bermay gaplar tuzing, audio holatida yozib olib qayta eshiting, sekin sekin barchasi to`g`rilanib ketadi.
4 – Mobil dasturlardan foydalaning.
Mobil dasturlarning afzallik tomonlari shundan iboratki, ko`plab ma`lumotlarni o`zida jamlay oladi hamda kitoblardan bir necha barobar qiziqroq o`rganasiz. Misol uchun Learn English Vocablulary – 6,000 words dasturi orqali so`zlarni rasmi bilan solishtirib yodlashingiz mumkin bo`ladi. Bundan tashqari Speedy English degan dasturni maslahat bergan bo`lar edim. So`zlarni kelishtirishni, aytilishini hamda sodda usullar bilan grammatikani o`rganishingiz mumkin bo`ladi.
5 – Maqsad bilan o`rganing.
Agarsa siz ingliz tilini (umuman olganda boshqa tillarni ham) aniq bir maqsad bilan o`rgansangiz, o`ylagan natijangizga tezroq erishasiz. Sababi bu yo`ldan sizni hech nima qaytara olmaydi. Hamda ushbu maqsad kunlik tarzga aylanadi. Maqsad qanday bo`lishi mumkinligi haqida o`ylanayapsizmi? Til o`rganishdagi maqsad quyidagicha bo`lishi mumkin: Men agarda ingliz tilini o`rgansam mana shu kitoblarni o`qiy olishim mumkin. Agarda men ingliz tilini o`rgansam boshqalar ham meni tushuna oladi, ular bilan bemalol suxbatlasha olishim mumkin, va hakazolarni misol qilib aytish mumkin.
6 – Hayotingizning bir bo`lagiga aylantiring.
Ushbu jarayon shunday bo`lsinki hattoki hayotingizning bir bo`lagi. Yoki bo`lmasam butun qismi bo`lsin. O`rganganlaringiz bo`yicha o`zingizga savollar bering, yo`llarda yurganda gaplar tuzib tahlil qilib ko`ring. Do`konga kirayotganda ingliz tilidagi jumlalarni tuzing (sotuvchi bilan gaplasha olmasangiz ham). Bundan tashqari pullarni yoki shunga o`xshash narsalarni ingliz tilida sanang. Qisqaroq qilib aytganda ovqatlanish va uxlash kabi odatlar safiga buni ham qo`shing.
7 – Ko`proq yozing.
Har kunlik o`rgangan yangi so`zlaringizdan, jumlalaringizdan foydalanib kichik kundaliklar yozing. Bu siz uchun juda ham foydali bo`ladi. Sababi fikrlashingiz, o`ylashingiz ancha rivojlanadi. Keyinchalik yozganlaringizni o`qituvchingizga ko`rsatib xatolaringizni aniqlab olsangiz ham bo`ladi. Agarda siz bilan til o`rganayotgan do`stingiz bo`lsa u bilan ham ingliz tilida xabarlar almashsangiz ham bo`ladi. Bu narsa sizning aynan o`sha tilda fikrlash hamda o`ylash qobilyatini rivojlantirishga katta yordam bo`ladi.
8 – Musiqa tinglang.
Ko`plab so`zlarni ancha tushuna oladigan bo`lganingizdan keyin musiqalar tinglashni boshlasangiz bo`ladi. Boshlanishiga sodda hamda sekin aytilgan musiqalarni eshitib uni tushunishga harakat qiling. Ilojisi bo`lsa yozing ham. Musiqa tugagandan so`ng internetdan musiqaning matnini qidirib o`zingiz yozgan so`zlar bilan solishtirib ko`ring. Bu har tomonlama sizga foydali bo`ladi. Musiqa tinglashdagi eng qiziqarli voqea bu siz biladigan so`zlar musiqada yanrasa va siz uni tushunib kulib qo`ysangiz ajoyib hissiyot bo`ladi
9 – Oldin so`zlashuv, keyin grammatika.
Maqolaning boshida tilni bolalardek o`rganish haqida biroz gapirib o`tgan edim. Yaqinda aynan shu haqda ham maqola tayyorlayman. Oldin so`zlashishni, fikrlashni o`rganish jarayoni keyinchalik grammatikani o`rganishda qiyinchiliklar tug`dirmaydi. Sababi siz o`sha tilni bilasiz, hamda tushuna olasiz. Oddiygina kichina bolalarni misol qilib olsak. Tasavvur qilib ko`ring 1-2 yoshlik bolaning qo`lida o`z ona tilisining grammatik kitobi. Grammatika orqali til o`rganayapti. Bu aqlga sig`mas narsa. Siz yaxshi fikrlashni, o`ylashni hamda tushunishni o`rganib olganingizdan so`ng bemalol grammatikani o`rganishni boshlasangiz bo`ladi.
10 – Haqiqiy inglizlar bilan suxbatlashing.
Ushbu maslahatni o`qib turib “Endi haqiqiy inglizlarni qayerdan topaman?” deb o`ylanayapsizmi? Buning qiyin joyi yo`q, turistlar ham kerak emas. Men bundan bir necha hafta oldin aynan ushbu maslahatga oid kichik blog yozgan edim. Ushbu maqolani bu yerda o`qishingiz mumkin.
Faqat ingliz bo`lishi shart emas. Ushbu tilda gaplasha oladigan odam bo`lsa ham siz uchun ajoyib suxbat bo`ladi. Keyinchalik o`zingiz bilan o`zingiz suxbatlashishni o`rganib ingliz tilida savollar tuzib o`zingiz javob bera boshlaysiz.
Qo`shimcha maslahatlar!
Tilni hech qachon faqatgina bir narsa uchun o`rganib qo`ymang. Misol uchun IELTS yoki TOEFL va shunga o`xshash narsalar uchun. Agarda siz shunday qilayotgan bo`lsangiz unda bu siz uchun emas aynan o`sha narsa uchun bo`lib qoladi va ularga erishganingizdan so`ng bu narsalar qolib ketaverasi. Shuning uchun maqsadni yaxshi qilib, qattiq harakat qilib ushbu tilni hayot bilan birga chambar chast bog`lash kerak.
Bundan tashqari yodlangan so`zlarni takrorlashni ajoyib usulini o`rgatmoqchi edim. “5000 words in a moth” kitobida bir usul bor, ya`ni bu TARNADO uslubi. Bu usulda yozilgan so`zlarni tarjimasini yoki ma`nosini yopib olib takrorlashingiz kerak bo`ladi. Agarda biror bir so`zni topa olmasangiz oldiga nuqta qo`yasiz, keyin yana takrorlaysiz. Shu holat takrorlanaveradi. Biz ushbu usulni yana ham soddalashtirdik. Bunda siz oddiygina qaydlar uchun qog`ozlardan foydalanishingiz kerak bo`ladi. Qog`ozning bir tomoniga inglizcha so`z yozsangiz bir tomoniga o`zbekchasini yoki izohini yozishingiz mumkin. Keyin yozilgan 100-200 ta so`zni xonaga sochib yuborasiz. Aynan ushbu vaqtda so`zlar har xil bo`lib polga tushadi. Qaysidur tomoni o`zbekchada, qaysiduri esa ingliz tilida. Keyin sekin astalik so`zlarni qo`lingizga olib qaysi tomoni turgan bo`lsa uni tarjimasini aytib qo`lingizga yig`ib boraverasiz. Tushunmagan so`zingizni esa orqaga otib yuborasiz. Meni aytdi dersiz, aynan ushbu usul sizga juda katta yordam beradi.
Shu o`rinda yana bir gap. Tilni qanday maqsadda o`rganishingizdan qat`iy nazar, dunyoda juda ham ko`plab imkoniyatlar mavjud. U qanday bo`lishidan qat`iy nazar, hoh biznes, ta`lim va hakazo. Deyarli ularning barchasi ingliz tilida. Siz aynan o`sha narsalarga erishaman degan maqsad bilan harakat qilsangiz, albatta o`ylagan maqsadingizga erishasiz.
Qiziqarli malumotlar
Ingliz tili grammatikasi word