Ingliz tili grammatikasi test javoblari
Must you go there?
— U yerga borishingiz shartmi?
IELTS reading: test formati, ko’p uchraydigan xatolar va 8+ ball olish sirlari
Ko’pchilik test topshiruvchilar IELTS testining reading qismidan yuqori ball olishga qiynalishadi. Shaxsiy tajribamdan bilamanki, readingda 7.5 gacha yetish nisbatan osondek tuyiladi va ozgina mehnat qilinsa, 6dan oshmayotgan ballarni, shunchaki e’tiborliroq bo’lib ham 7 ga chiqarib olish mumkin. Ammo nega 8 dan oshirishga bunchalik qiynalamiz? Ushbu maqola aynan shu haqida: nega IELTS reading’dan past ball chiqadi va uni qanday ko’tarish mumkin?
Test formati bilan tanish bo’lsangiz, “skimming” , “scanning”, “paragrafni boshini o’qish”, “keywordlarni belgilash” va shu kabi vaqtni tejash uchun qo’l keladigan boshqa ko’plab usullar haqida eshitgan bo’lsangiz kerak. Lekin bu usullar shunchaki asosiy bilimni ko’rsatib bera olish va vaqt kabi til bilishga aloqador bo’lmagan faktorlarni sizning natijangizga ta’sir qilishiga yo’l qo’ymaslik uchun zarur.
Demak, noldan boshlaymiz.
IELTS testining ikki xil turi mavjud: Academic Module va General Training. O’zbekistonda IELTS o’qishga kirish uchun ko’proq topshirilgani bois academic module kengroq tarqalgan.
Academic module reading testining formati
Reading’da sizga ilmiy ingliz tilida yozilgan 3 ta matn beriladi. Matnlar odatda qiziqarli va informativ ruhga ega bo’lib, turli ilmiy yoki ommabop nashrlardan olingan maqolalar bo’ladi. Uchchala maqolaning ma’no jihatdan bir-biriga aloqasi yo’q. Test uchun 60 daqiqa beriladi, bu vaqt ichida test topshiruvchi 40 ta savolga javob topishi kerak. Har bir matnga asoslangan savollarga javoblar turli usullar bilan topiladi. Test so’nggida javoblarni tekshirish va javoblar varaqasiga yozish uchun qo’shimcha vaqt berilmaydi, shuning uchun 60 daqiqa ichida barcha javoblarni ko’chirishga ham ulgurish zarur. Test oxirida javobni ko’chirishga ulgurmaslik natijasida juda past ball olish hollari tez-tez uchrab turadi, shuning uchun har bir matn uchun tahminan 15 daqiqadan sarflab, oxirgi 15 daqiqani javoblarni tekshirish, ko’chirish va qolib ketgan qiyinroq savollarga sarflash tavsiya etiladi.
Baholash tizimi
Baholash tartibi quyidagicha:
Reading’dagi savollarning qanday turlari bor?
IELTS reading testida beriladigan savollar quyidagi turlarga bo’linadi:
- Short answer questions. Bunday savollarga yoziladigan javob hajmi chegaralangan bo’ladi. Javobga ko’pi bilan nechta so’z yozish mumkinligi savolda aniq qilib yozib qo’yiladi. Test topshiruvchilar eng ko’p yo’l qo’yadigan xato esa nechta so’z yozish mumkin ekanligiga e’tibor bermaslik. Javobga bitta so’z yozish kerak vaziyatda, “car” so’zi javob bo’lib turib, “a car” deb yozsangiz ham javobingiz xato hisoblanadi.
- Multiple choice. Bunday savollarning javobi variant ko’rinishida beriladi. Test topshiruvchi duch keladigan eng katta muammo esa barcha variantlar to’g’ri, barchasi xato yoki to’g’ri javob bittadan ko’p tuyilishi mumkin. Buning sababi shundaki, test tuzuvchilar test topshiruvchilar matnni o’qishga kam vaqt ketsin deb ishlatadigan “siyqasi chiqib ketgan” usullarni yaxshi bilishadi va ataylab shunday variantlar berishadiki, har bir variantda matnda uchraydigan qandaydir so’z yoki ma’lumot qatnashadi. Natijada, matnni to’liq tushunmaydigan yoki o’qimagan test topshiruvchi adashib ketadi.
- Summary completion. Bunday savollarda odatda test topshiruvchiga butun matnning yoki matnning ma’lum qismining qisqacha xulosasi yana bir kichik matn ko’rinishida taqdim etiladi. Bu matnda ba’zi so’zlar tushirib qoldirilgan bo’ladi va test topshiruvchi shu so’zlarni topib javoblar varaqasiga yozishi kerak bo’ladi. Bu turdagi savollarga javob berishni qiyinlashtiradigan faktorlardan biri matnni yaxshi o’qimaslik va umumiy mazmunga tushunmaslik. Xulosani to’ldirish uchun original matnni ikki barobar yaxshi tushunish zarur.
- Matching sentence endings. Bunday savollarda test topshiruvchiga bir ustunda turli tugallanmagan gaplar va ikkinchisida boshlanishi berilmagan chala gaplar beriladi. Gaplar sonlar va harflar orqali birlashtirib yoziladi. Bu turdagi savollarga to’g’ri javob berish uchun ham matnni yaxshi tushunish kerak, ham qaysi ma’lumot qayerda joylashganini tez topib, tekshirib ko’rish kerak. Bir necha ming so’zli matn o’qib aynan qaysi gapda nima ma’lumot borligini eslolmasligingiz mumkin, vaqt yo’qotmaslik uchun savoldagi g’oya haqidagi qismni matndan tez topib, shu ma’lumotni o’qib chiqish kerak. Butun gapni tushunmasdan turib uning hamma so’zlari perefraza qilingan ikkinchi yarmini topa olishdan umid qilmang. Javob tanlayotganda gapning grammatik jihatdan to’g’ri ekanligini ham tekshirib qo’yish zarur.
- Sentence completion. Bunday savollar ham summary completionga o’xshab ketadi. Faqat bunda qisqacha matn emas, shunchaki gap beriladi va unda tushirib qoldirilgan so’zlarni matndan topish so’raladi. Bunday savollarga javob topishda matnning qayerida sizga kerakli ma’lumot borligini topa olish tezligi muhim rol o’yaydi. gapni to’ldirganda u grammatik jihatdan to’g’ri ko’rinishga kelishiga ham e’tibor qaratish kerak.
- True, False, Not given. Bunda test topshiruvchiga argumentlar, ya’ni gaplar beriladi va u shu gapning to’g’ri, xato yoki matnda berilmaganini topishi kerak bo’ladi. Bunday savollar test topshiruvchilarni eng ko’p qiynaydi. Ko’pchilik True va False’ni topadiyu, False bilan Not given’ning farqini bilolmaydi. Bunday savollarga javob topishda advokatlardek fikrlash qo’l keladi. Jinoyatchining aybini bo’yniga qo’yish uchun har bir gapiga e’tiborli bo’lish kerak. Agar u qandaydir mashina qizil rangda, degan bo’lsa (ya’ni matnda shunday yozilgan bo’lsa), va berilgan gapda ham shunday yozilgan bo’lsa, demak gap To’g’ri (True). Agar matnda mashina qora rangda, deb yozilgan bo’lsa, demak savolda ko’rsatilgan gap Xato (False). Agar jinoyatchi bir chiroyi mashina ko’rgandim, degan bo’lsa, ya’ni matnda mashina haqida gap bo’lsayu, rangi haqida gap bo’lmasa, demak Berilmagan (Not given). Shunchaki, shunday ayblovni birovning bo’yniga qo’ya olarmidim, degan savol, o’zini advokat deb tasavvur qilgan test topshiruvchiga juda katta yordam beradi. “Men unday deganim yo’q” degan e’tirozga o’rin qoldirmaslikni maqsad qilish kerak.
- Matching headings. Bunday topshiriqlarda odatda matndagi har bir paragrafga sarlavha qo’yish kerak bo’ladi. Bunda kalit so’zlar yordam bermaydi. Sarlavhaga oid savollarga javob berish uchun paragrafning umumiy mazmunini juda yaxshi tushunish kerak.
- Matching names. Bunda odatda test topshiruvchiga matnda keltirilgan shaxslar ismi va ularning xususiyatlari yoki qilgan ishlari aralash qilib beriladi. Javob berish uchun kim nima ish qilganini topish va ism bilan ma’lumotni bir-biriga tushirish kerak bo’ladi. Bunday savollarga javob topish nisbatan qulay, chunki ismlarni perefraza qilish qiyin, matnda sizga kerakli qandaydir Jon “manaman” deb turadi. Shu qismni topib, yaxshilab o’qib chiqasiz.
- Matching information to paragraphs. Bu Matching Headings topshirig’ining teskarisi. Headings’da sizga bir ro’yxat qilib sarlavhalar yozilgan bo’ladi, sizda bor sarlavhani qaysi paragrafga mos ekanini topish kerak bo’ladi. Ma’lumotni paragrafga tushirishda esa sizga biror ma’lumot berib qo’yiladi va shu ma’lumot qaysi paragrafda berilganini topish so’raladi.
- Labeling a diagram. Bunda sizga matnda tasvirlangan biror sxema vizual ko’rinishda beriladi va odatda shu sxemaning turli qismlari chizilgan bo’ladi. Sizning vazifangiz qaysi qism nima deb atalishini yoki boshqa ma’lumotlarni yozish. Bunday savollarga to’g’ri javob berish uchun matnni juda yaxshi tushunib olish kerak, ayniqsa ta’riflashda ishlatiladigan so’zlarni.
Reading testida yuqoridagi 10 xil savol turlarining barchasi tushmaydi, lekin tushgan savollarlar albatta shu ro’yxatdagi tiplarga mansub bo’ladi.
Savollarga to’gri javob berish uchun nima qilish mumkin?
Birinchi o’rinda matnni tushunish kerak. Reading testida ingliz tili lug’at boyligi nihoyatda muhim rol o’ynaydi. Qisqasi, yangi so’zlarda qochib qutulishning iloji yo’q. Agar matnni tushunmasangiz, yuqorida keltirilgan maslahatlarning sizga foydasi yo’q. Xo’sh, matnni tushunish uchun nima qilish kerak?
Buning uchun matnni nega tushunmasligimizni tahlil qilaylik. Agar test topshiruvchi 6 yoki 7 balldan ko’tarilolmayotgan bo’lsa, katta ehtimollik bilan unda quyidagi muammolar mavjud:
- Birinchidan, test topshiruvchi ingliz tilidagi so’zlarni yaxshi bilmaydi. Buni to’g’rilash uchun so’z yodlash kerak. IELTS reading uchun turli lug’at kitoblardan so’z yodlash aqlli qaror emas. Agar testgacha ko’p “practice test” yechsangiz va har biridagi har bir ko’zingiz tushgan yangi so’zni yodlab ketaversangiz sizga boshqa hech qanaqa lug’atning keragi bo’lmaydi. 8 balldan yuqori natijaga erishgan barcha test topshiruvchilarning lug’at boyliklari juda yaxshi ekaniga ko’p guvoh bo’lganman.
- Ikkinchidan, test topshiruvchi umrida ilmiy ingliz tiliga shunchalik kam to’qnash kelganki, matndagi shundoq ham qiyin so’zlar u umrida ko’rmagan qiyin grammatik strukturalar orqali bog’langan. Bu grammatikani yaxshi bilmaslik va ingliz tilidagi matn va gaplarga yetarlicha ko’z o’rganmaganidan kelib chiqadi. Natijani 8 balldan oshirishning yagona yo’li grammatikani Advanced darajagacha, C1 va C2 gacha to’liq o’qib chiqish va tushunib olish, hamda shu grammatikaning amalda ishlatilishini bilish uchun ko’p o’qish kerak.
Testning nomi “reading” – “o’qish” imtihonidan 8+ ball (ya’ni “besh”) olish uchun o’qishni bilish kerak. O’qish testi avvalo test topshiruvchining ingliz tilidagi matnni qanchalik yaxshi tushunishini tekshiradi. Bor yo’g’ri 60 daqiqa berilishining sababi esa yaxshi “reader”lar tez o’qiy oladi. Demak, tezlikka erisha olmagan bo’lsangiz, vaqtdan yutqazish hisobiga ham yuqori ball ololmaysiz.
Nima qilish kerak?
O’zingizga qoida qilib oling:
- Men bundan keyin hech qachon biror yangi so’z ko’rganimda shuni lug’atga yozmay va yodlamay o’tib ketmayman. Ishoning, bu prinsip hayotngizni o’zgartirib yuboradi.
- Men har kuni o’zimga qiziq qandaydir mavzuda nimalardir o’qiyman. Har kuni ingliz tilida kamida 5 varaq matn o’qiyman, tushunmagan so’zlarimni esa yodlab boraman.
- Har safar “practice test” ishlaganimda, nechta xato qilgan bo’lsam, hammasini nega xato chiqqanini tushunib, “aha!” deb qolmagunimcha tahlil qilaman. Agar o’zim baribir tushunmasam, tushunadigan odan so’rayman. Baribir bilmagan so’z, tushunmay qolib ketgan xato orqada qolishiga yo’l qo’ymayman.
Yuqorida keltirilgan prinsiplar a’lo darajadagi natijalarga erishishingizda sizga yordam beradi. IELTS testga tayyorlanayotganda maqsad umumiy bilim va ko’nikmani oshirishga qaratilishi kerak ekanligini unutmang. Agar siz har qanday ilmiy maqolani muammosiz tushinar darajaga yetsangiz, 40 ta savolning barchasga to’g’ri javob topishda sizga boshqa “usul”larning keragi bo’lmaydi. Agar ketma-ket uchta practice test’da bir xil ball olayotgan bo’lsangiz, demak yuqoridagi prinsiplarga amal qilmayotgan bo’lasiz. Agar nimadir o’xshamayotgan bo’lsa, “nega?” deb so’rang va albatta javob toping. Hech qanday xatoni yoki muammoni orqada qoldirib ketmang. Unutmang, olmaning to’kilganini hamma ko’rgan, faqat Nyutongina “nega?” deb savol bera olgan.
Keyingi maqolalarda IELTS testining boshqa qismlariga ham batafsil to’xtalamiz. Biz bilan bo’ling!
Ingliz tili grammatikasi test javoblari
Ingliz tilini va IELTS-ni noldan boshlab bepul organing❗️
Istalgan kitobizni topib beradigan bot:
@Finder_Booksbot
Murojaat va shikoyat uchun
✔️Reklama xizmati:
✅ @Rek_Info
About
Blog
Apps
Platform
INGLIZ TILI GRAMMATIKASI & IELTS
43K subscribers
4. The boss was good enough to . my mistake.
Anonymous Quiz
(b) overtake
(d) overlook
563 voters 3.0K views Mr Kevin , 07:34
5. It is always . when you misunderstand the customs of other countries.
Anonymous Quiz
(a) embarrassing
(b) peculiar
(c) singular
(d) attitude
568 voters 3.1K views Mr Kevin , 07:34
Ingliz tilida “Menga farqi yo’q”
so’zi qanday tarjima qilinadi?
Uzoq kutilgan Reading webinar!
Bugun soat 19:00 da siz bilan IELTS reading haqida batafsil gaplashib undan keyin muammolaringizga yechim beramiz.
✅Webinar davomida True/False/Not Given savol turi uchun eng oson texnikalardan birini o’rgatamiz. Daftar-Ruchkani tayyorlab qo’ying!
❇️Webinargacha ham siz bilan foydali postlarni va IELTS reading ga kerak bo’ladigan lug’atlarni bo’lishamiz!
⏰Webinar vaqti: Bugun soat 19:00 da
Webinar manzili: Telegram va YouTube kanallarimizda.
Har bir harakatim, menga ishonganlarni eng yuqori natija ko’rsatishlari uchundir.
IELTS reading haqida gaplashamiz!
40 daqiqada 40 ta to’g’ri javob sirlari!
✅Bu uchun quyidagi vazifalarni bajarishingiz kerak!
1. IELTS reading savol turlarining strategiyasini o’rganing. Ko’plab strategiyalar o’xshash, ammo siz qaysi savolda qoqilishingizga qarab harakatni kuchaytiring.
2. Eng asosiy savol turlari: True/False/Not given, Yes/No/Not given va Completion savol turlarida master bo’ling.
3.IELTS C1 lug’atlarini muntazam ravishda yodlab boring!
Shundan keyingina Full Practice ga o’ting!
⚫️Step small, Result big!
@Ingliz_tili_grammatikasi
Vocabulary_Files_C1.pdf
Men tavsiya bergan C1 vocabulary.
Buning tarjimalarini lug’atlar yordamida chiqarib olasiz!
✅Ushbu lug’atdan har 2 kunda 1 ta Unit yodlasangiz ham ancha ijobiy natijalar ko’rasiz IELTS reading qismida.
⚫️Step Small, Result Big!
Kaminadan tuhfa!
Sizga tushunarli bo’lishi uchun “C1 vocabulary files” birinchi unitni tarjima qilib, tushuntirib berdim.
✅Agar siz ushbu kitobdagi barcha 15 ta unitni barcha so’zlarini yodlab olsangiz, IELTS readingni tushunish ancha oson bo’ladi!
❇️Agar sizga ushbu kitobdagi 15 ta unitni barchasini “Audio” shakldagi tarjimasi kerak bo’lsa @Mironshohxon akkauntiga murojaat qilishingiz mumkin.
❗️Ushbu kitobning mashqlarini ishlasangiz, readingni yanada tezroq tushunishingiz taminlanadi!
⚫️Step small, Result big!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xushxabar, Oʻzbekistonda ilk bor Mustaqil ravishda IELTS va CEFR ga tayyorlanish !
❄️☃️Sovvuq Qishli kunlarda, uyda o’tirib ham IELTS 7+ yoki CEFR C1 sertifikatini olmoqchimsiz?
LEKIN Oʻquv markazlariga borishga vaqt ajrata olmayapsizmi?
Bu muammoni yechishda “Easy IELTS” toplami sizga komaklashadi!
Batafsil ma’lumot uchun
UZB boʻylab dastavka hizmati bepul !
Live stream scheduled for Feb 13 at 14:00
Quyidagi link orqali YouTubeda koʻrishingiz mumkin
IELTS READING FOR 9
Forwarded from HardWorkELC
Ertalabki guruhlarga qabul boshlandi!
Ertalabdan «свежий» miyyaga ingliz tili o’rganishga nima yetsin
✅ Bizda darslar haftasiga 7 martadan malakali o’qituvchilar tomonidan olib boriladi!
Oylik to’lov: 400 000 so’m
“HardWork” — tanlovda adashmang!
Bizning manzillar:
1️⃣ Chilonzor metrosi, “Integro” biznes markazi, 7 va 8- qavat!
998874003
932444448
@hardwork_integro
@Xolmirzayev571
2️⃣ Beruniy metro, Bellissimo pizza 2-qavat
911801999
@axiy1020
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
2.3K views Reklama menejer , 13:59
Live stream started
Live stream finished (42 minutes)
Forwarded from IELTS WITH EXPERTS (8.5/8) ( Shahzod )
IELTS 1 MONTH ☝ READING FREE COURSE
Get FREE READING LESSONS with Mr. Alex (BAND 8.5 NATIVE SPEAKER) for AN ENTIRE MONTH!!
30 FULL READING MOCKS (DAILY)
5 LIVE LESSONS by Mr. Alex with:
BAND 9 TECHNIQUES
BAND 9 LEARNING STRATEGIES
TOP READING VOCABULARY
MR. ALEX’S TOP 10 READING TIPS
TO JOIN:
1) Subscribe to @AlexNativeIELTS and @IELTSwithExperts
2) Send this post to 3 English groups + 15 Friends who speak English (it has to be seen!)
3) Send screenshots to @Readingonline21 to get a link to a private group!
4) The course starts on FEB 15
ALL THE IELTS READING MATERIALS YOU NEED, WITH A NATIVE SPEAKER
2.3K views ᴀⷽᴢᷦɪͥᴢᷦʙⷡᴇⷷᴋⷦ مسلم , 14:59
Bugundan qoldirmang!
Bilim olishning kechi yo’q, lekin MrNiner ning online kursiga bugun ham yozilishga ulgirivolmasangiz, aniq ko’p narsadan qolib ketasiz!
Sizni ikklanishlardan qutqaruvchi kafolatlarni sizga taqdim etaman:
1) Kursda oʻzingizni 3 dars ichida bemalol sinab koʻrishingiz mumkin, 3 dars ichida agarda kurs sizga manzur kelmasa bir ogʻiz soʻzsiz soʻlovingiz 100% qaytariladi!
2) Agarda kursni toʻliq muvaffaqiyatli yakunlab, sizga berilgan kafolatdagidek natijaga erisha olmasangiz ham 100% pul qaytirib beriladi, yoki kafolatdagidek natijaga erishishganingizcha bepul qayta tayyorlanishingiz imkoniyati bor!
3) Darslarning sizning vaqtingiz asosida rejalashtirilishi va siz bilan kamida 2 ta Mentor sitqi-dildan ishlashi va natijaga birgalikda harakat qilishga undashi kafolatlangan!
Darslarga yozilish va qo’shimcha ma’lumot olish uchun shunchaki @IV_Niners ga “+” qoldiring yoki quyidagi +998915390920 raqamga murojaat qiling.
➡️ 119-dars.
Modal Verbs – Modal fe’llar (davomi)
Modal Verbs – Modal fe’llar
✓ Must – qilish shart, kerak
✓ Can – qila olmoq
✓ Should – qilish kerak, qilish lozim
✓ May – qilish mumkin
✅ Misollar
Must
I must learn English.
— Men ingliz tilini o’rganishim shart.
We must respect our parents.
— Biz ota-onalarimizni hurmat qilishimiz kerak.
You mustn’t park here. It is forbidden.
— Siz bu yerda to’xtab tura olmaysiz. Bu ta’qiqlangan.
Must you go there?
— U yerga borishingiz shartmi?
You must tell me!
— Siz menga aytishingiz kerak!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Join: @Ingliz_tili_grammatikasi
Har qanday kitobni topib beradigan botimiz @Finder_Booksbot
Qiziqarli malumotlar
Ingliz tili grammatikasi test javoblari